Bug’-gaz va gaz-trubina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari


Download 0.92 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1550482
Bog'liq
Bug’-gaz va gaz-trubina qurilmali issiqlik elektr

Berdaq nomidagi qdu, fizika fakulteti, elektr energetikasi yo’nalishi, 1-kurs talabasi kabilov Avazbekning “yo’nalishga kirishish” fanidan ishlagan slayd ishi Mavzu: Bug’-gaz va gaz-trubina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari

Keyingi yillarda an’anaviy kondensatsion stansiyalarga nisbatan samaradorligi yuqori bo’lgan bug’-gaz va gaz-turbina qurilmali IESlarni qurish, rekonstruksiyalash va ulardan foydalanish ommaviylashgan. Bizning mamlakatimizda ham bir qator mavjud IESlarni shu kabi qurilmalarni o’rnatish hisobiga kengaytirish va rekonstruksiyalash ishlari olib borilmoqda.

  • Keyingi yillarda an’anaviy kondensatsion stansiyalarga nisbatan samaradorligi yuqori bo’lgan bug’-gaz va gaz-turbina qurilmali IESlarni qurish, rekonstruksiyalash va ulardan foydalanish ommaviylashgan. Bizning mamlakatimizda ham bir qator mavjud IESlarni shu kabi qurilmalarni o’rnatish hisobiga kengaytirish va rekonstruksiyalash ishlari olib borilmoqda.

Bug’-gaz qurilmasi (BGQ) tuzilishi bo’yicha ikkita qismlaridan iborat bo’ladi. Bunga mos holda ularda yoqilg’ining yonishida paydo bo’luvchi issiqlik energiyasi ikkita bosqichda elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularda mavjud texnologiya bo’yicha gaz yoki suyuq yoqilg’idan foydalaniladi.

  • Bug’-gaz qurilmasi (BGQ) tuzilishi bo’yicha ikkita qismlaridan iborat bo’ladi. Bunga mos holda ularda yoqilg’ining yonishida paydo bo’luvchi issiqlik energiyasi ikkita bosqichda elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularda mavjud texnologiya bo’yicha gaz yoki suyuq yoqilg’idan foydalaniladi.

Bug’-gaz qurilmali IES ishlash jarayonining prinsipial sxemasi

Bug’-gaz qurilmali IES ning ishlash prinspi quyidagilardan iborat. Yonish kamerasida yonishdan hosil bo’lgan mahsulot gaz turbina va mos holda elektr generatori rotorlarini harakatlantirib, elektr energiya ishlab chiqaradi (1-bosqich). Bunda gaz-turbinaning FIK i 0,3 (samaradorligi 30%) dan ortiqroq bo’ladi. Gaz-turbinadan chiquvchi gaz hali o’zining yuqori haroratini saqlab qolgan holda, issiqlik almashtirgich, ya’ni qozon-utilizator(bug’ generatori)ga yuboriladi. Bu yerda bug’ 500°C gacha qizishi natijasida uning bosimi 80 a.t.m ga yetadi

  • Bug’-gaz qurilmali IES ning ishlash prinspi quyidagilardan iborat. Yonish kamerasida yonishdan hosil bo’lgan mahsulot gaz turbina va mos holda elektr generatori rotorlarini harakatlantirib, elektr energiya ishlab chiqaradi (1-bosqich). Bunda gaz-turbinaning FIK i 0,3 (samaradorligi 30%) dan ortiqroq bo’ladi. Gaz-turbinadan chiquvchi gaz hali o’zining yuqori haroratini saqlab qolgan holda, issiqlik almashtirgich, ya’ni qozon-utilizator(bug’ generatori)ga yuboriladi. Bu yerda bug’ 500°C gacha qizishi natijasida uning bosimi 80 a.t.m ga yetadi

Hosil bo’lgan bunday parametrdagi bug’ yordamida bug’ turbinasi va navbatdagi elektr generatorining rotorlari harakatga keltiriladi (2-bosqich). Bu yerda birlamchi energiyaning 20-30% qismi elektr energiyasiga aylantiriladi. Bug’ turbinasidan chiqqan suv bug’i an’anaviy kondensatsion IESlardagi singari kondensatorda kondensatsiyalanib, qaytadan bug’ generatoriga haydaladi.

  • Hosil bo’lgan bunday parametrdagi bug’ yordamida bug’ turbinasi va navbatdagi elektr generatorining rotorlari harakatga keltiriladi (2-bosqich). Bu yerda birlamchi energiyaning 20-30% qismi elektr energiyasiga aylantiriladi. Bug’ turbinasidan chiqqan suv bug’i an’anaviy kondensatsion IESlardagi singari kondensatorda kondensatsiyalanib, qaytadan bug’ generatoriga haydaladi.
    • Shunday qilib BGQ ning FIK i taxminan 0,6 (samaradorligi 60%)ni tashkil etadi.

BGQning ikkala qismi mustaqil, ya’ni oddiy gaz-turbina qurilmasi va kondensatsion IES sifatida alohida ishlatiishi mumkin. Qurilmaning bunday xususiyatidan uning qismlaridan birini ta’mirlash davrida foydalanish mumkin.

  • BGQning ikkala qismi mustaqil, ya’ni oddiy gaz-turbina qurilmasi va kondensatsion IES sifatida alohida ishlatiishi mumkin. Qurilmaning bunday xususiyatidan uning qismlaridan birini ta’mirlash davrida foydalanish mumkin.

Qo’shimcha issiqlik almashtirgich bilan jihozlangan bug’-gaz qurilmali IES ishlash jarayonining prinsipial sxemasi

  • Bug’ gaz qurilmalarining kamchiligi deyarli yo’q, faqatgina bu yerda yoqilg’i va uskunalarga bo’lgan ma’lum cheklov va talablar haqida gapirish mumkin.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling