Bajardi: Rustamov s qabul qildi: toshkent-2022 Reja


Download 90.07 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi90.07 Kb.
#1060151
1   2   3
Bog'liq
hamkor sugurta

Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-192-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 508-modda)
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish;
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
(61-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonunchilikka muvofiq belgilash;
(61-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
(61-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 11-apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 165-modda)
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonunchilikda va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
(61-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(61-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini qonunchilik talablariga muvofiq ta’minlashi;
(61-modda uchinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestrini yuritishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
(61-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonunchilikda yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi;
(61-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda yetkazishi;
sug‘urta zaxiralarini qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
(61-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunchilikda belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi;
(61-modda uchinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi;

Download 90.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling