Bajardi: Salimov Sardorbek Gurux 710 19 Mustaqil ish Lokal tarmoq topologiyasi. Reja
Download 282.92 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloqa o‘tqazish vaqtini boshqarish bosqichi
- Transport bosqichi
- Kanal bosqichi
- Jismoniy bosqich
Prezentatsiya bosqichi (Presentation, презентативный уровен) yoki axborotni tanishtirish bosqichi, bu bos qichda axborotni aniqlanadi va axborot formatini ko‗rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o‗zgartiradi, ya‘ni tarjimon vazifasini bajaradi. Shu erda axborot shifrlanadi va dishifratsiyalanadi, lozim bo‗lgan taqdirda ularni zichlashtiriladi.
Aloqa o‘tqazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, сеансовый уровень) aloqa o‗tkazish vaqtini boshqaradi (ya‘ni aloqani o‗rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga bog‗lanish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi. Transport bosqichi (Transport) paketni xatosiz va yo‗qotmasdan, kerakli ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. Shu yerda yana uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotni qayta tiklanadi. Tarmoq bosqichi (Network, сетовой уровень) bu bosqich paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga o‗zgartirish, teskariga ham va shuningdek, paketni kerakli abonentga jo‗natish yo‗nalishini tanlashga (agarda tarmoqda bir necha yo‗nalish mavjud bo‗lsa) javobgar. Kanal bosqichi yoki uzatish yo‗lini boshqarish bosqichi (data link), bu bosqich standart ko‗rinishdagi paket tuzishga boshlash hamda tamom bo‗lishni boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. Shu erda yana tarmoq bog‗lanish, uzatishdagi xatoliklarni aniqlash va yana qabul qilish qurilmasiga xato- uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi. Jismoniy bosqich (Physical, физический уровень) – bu modelni eng quyi bosqichi bo‗lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu erda yana ulanish moslamalariga, raz‘emlarga, elektr bo‗yicha moslashtirish va yerga ulanish hamda to‗siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi. Modelni quyi ikki bosqichining (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi (2 bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi). Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot alma shishni boshqarish usuli va paket formati (o‗lchami) ya‘ni tarmoq turiga to‗g‗ri taalluqli ko‗rsatkichlar aniqlanadi (Ethernet, Token-Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholangki 3,4 va 5 bosqichlar qurilma xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar umuman qurilmalarga hech qanday aloqasi yo‗q. Tarmoq qurilmalaridan birini boshqa birorta qurilma bilan o‗zgartirilgan taqdirda ham ular buni hech vaqt sezmaydi. 2-bosqichda (kanal bosqichi) ikkita bosqich osti ajratiladi. Download 282.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling