Bajardi: Salimov Sardorbek Gurux 710 19 Mustaqil ish Lokal tarmoq topologiyasi. Reja


Download 282.92 Kb.
bet2/7
Sana01.03.2023
Hajmi282.92 Kb.
#1240986
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

-Xatolarni to’g’irlash: Ma‘lumot uzatilayotganda turli uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Uzilishlar ma‘lumot uzatishga ta‘sir ko‘rsatuvchi tashki xodisadir. Uzilishni elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuvlar, kontaktlarning uzatilishi, yaqinda joylashgan kuchli magnit maydon manbalari, masalan, konditsioner yoki televizor keltirib chiqarishi mumkin. Ovoz uzatishda ular unchalik unga ta‘sir qilmasa xam uzatish tezligi pasayishi mumkin. Modem o‘zining dasturi bilan birga ishlab uzatishdagi xatolarni tuzatadi va uzilishlarni bartaraf qila oladi.
- Ma’lumotni arxivlash. Albatta xajmi qisqargan (arxivlangan) ma‘lumotni uzatish uchun kamroq vaqt sarflanadi. Bu esa uzatish tezligini oshiradi va ma‘lumot yaxshi saqlanadi. Arxivlash algoritmlarining ba‘zilari bilan siz tanishsiz. Masofadan boshqarish.
Masofadan boshqarish dasturlari bir kompyuterdan turib uzoq masofadagi (bir necha ming kilometrgacha) kompyuterni boshqarishga imkon beradi. Bunday dasturlarning bir qismi siz ishlayotgan kompyuterda, qolgan qismi uzoqdagi boshqarilayotgan kompyuterda bo‘ladi. Bunday dasturlarga Carbon Copy, Norton PC Anywhere, GotoMyPc larni misol keltirishimiz mumkin.
2.Muloqot etalon modeli
Halqaro standartlar tashkiloti tomonidan ISO (International Standards Organization) 1984-yili OSI modeli taqdim qilingan. Shundan beri hamma tarmoq maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo‗pol. Tez o‗zgartirish- larni bajarishi qiyin, shuning uchun turli formalar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilmaydilar.
Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro‗y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi bajariladigan vazifalar
(funksiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo‗lingan (4.9-rasm). Yuqori o‗rindagi bos qichlar ancha murakkab, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun pasdagi bosqichlarni o‗z maqsadlari uchun ishlatib ularni boshqaradilar. Pastda joylashgan bosqichlarning maqsadi – yuqorida bosqichga xizmat ko‗rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko‗rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlarining bajarilish tartibi muhim emas.

4.9-rasm. OSI modelining yetti bosqichi.
Pastda joylashgan bosqichlar ancha sodda, ancha aniq vazifalarni bajaradi. Ideal holda har bir bosqich o‗zidan tepadagi va pastdagi bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan, amaliy masalaga to‗g‗ri kelsa, pastki bosqich esa signalni aloqa kanali orqali uzatishga to‗g‗ri keladi. 4.10rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan bajariladi.
Bir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki u boshqa abonentning xuddi shu bosqichi bilan to‗g‗ri aloqasi bordek, ya‘ni tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari o‗rtasida virtual aloqa mavjud. Bir tarmoq abonentlari o‗rtasidagi real aloqa faqat eng past birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). Axborot uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab pastdagi bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda esa qabul qilingan axborot teskari yo‗nalishda, pastki bosqichdan boshlab yuqori bosqichga harakat qiladi (2-rasm).

4.10-rasm. Axborotni abonentdan abonentga o‗tish yo‗li.

  • Amaliy bosqich (Application, прикладной уровень) yoki ilovalar bosqichi, u quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: foydalanuvchining ilovasini shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari, axborotlar bazasi bilan bog‗lanish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati.

Bu bosqich qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling