Bajardi: Sharipov Aziz Tekshirdi: Toshkent 2023


Download 27.31 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi27.31 Kb.
#1351621
Bog'liq
13.Mahsulot sotishdan ko\'rilgan yalpi foyda va unga ta\'sir etuvchi omillar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi





Toshkent Moliya Instituti


MUSTAQIL ISH



Mavzu: Mahsulot sotishdan ko'rilgan yalpi foyda va unga ta'sir etuvchi omillar




Bajardi: Sharipov Aziz Tekshirdi: _______________


Toshkent 2023

Mahsulot sotishdan ko'rilgan yalpi foyda va unga ta'sir etuvchi omillar


Reja:
1.Mahsulot sotishdan ko’rilgan yalpi foyda
2.Mahsulot sotishga ta’sir etuvchi omillar
3.Yalpi ichki mahsulotlar haqida
Asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlarga quyidagilar ki­radi:
undirilgan yoki qarzdor tomonidan ehtirof etilgan jarimalar va penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar. yetkazilgan zararni undirish bo’yicha daromadlar;
hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda;
ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bevosita bog’Iiq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi. xo’jalik subektlari huzu-ridagi oshxonalardan tushumlar. yordamchi xizmatlardan daromadlar:
asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daro­madlar;
3. Xo’jalik faoliyatidan olingan umumiy foyda (umumxo’jalik foy­da) - Uxf:
Uxf-Aff+Mfd-Mfx.
Bu yerda: Mfd - moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar;
Mfx - moliyaviy faoliyat xarajatlari.
Moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlarga quyidagilar kiradi:
olingan royaltilar, sarmoya transferti;
O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik subektlari faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdaii olingan daromad, aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik subektiga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromad­lar;
mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizingto’lovini olish);
valyuta hisobvaraqlari. shuningdek, chet el valutalari operatsiyalari bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari;
sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Moliyaviy faoliyat xarajatlariga yuqorida keltirilgan va ularga o’xshash moliyaviy operatsiyalar bo’yicha tadbirkor (korxona) tomoni­dan qilingan
Favqulodda foyda va zararlar - bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan hodisa yoki xo’jalik subektining odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan kutilmagan foyda va zararlardir
Bu yerda: Fss - foyda solig’i summasi;
Fbst - foydadan to’lanadigan boshqa soliqlar va to’lovlar.
2. Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini baholash
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish - moliyaviy ko’rsatkichlar asosida uning moliyaviy holati, barqarorligi, natijalari va to’lovga qodirligini aniqlash va kompleks baholashdir. Moliyaviy ko’rsatkichlar koeffitsient yoki foiz ko’rinishida ifodalanadi.
Small Business Management in the 21st Century mualliflari tomonidan korxonani moliyaviy faoliyatiga oid quyidagi ma’lumotlar keltirilgan29:
• Albatta qanday biznesni amalga oshirsak uni yaxshi amalga oshishini bilishmiz uchun biznesning moliyaviy hisobotlarni yaxshi tushunish qobiliyatini talab qilinadi.
• Balans- biznes egasi va biznes talablari haqida ma’lumot beradi.
• Kirim xisobotlari Biznes va tadbirkorlik xarajatlarini belgilaydi foyda va daromadlar bayonotni ko'rsatadi.
• Pul oqimlari biznes faoliyatining jon tomiri xisoblanadi.Pul-oqimlari biron-bir biznesni rejalashtirish uchun juda muhim.
• Moliyaviy stavkalari alohida sohadagi boshqa firmalarga nisbatan bir firmaning faoliyatini baholash uchun tashqi baxolash o'tkazishga imkon beradi.
• Taqqoslama tahlil asosida boshqaruv jamoasi tashvish bo'lishi mumkin bo’lgan soxalarni aniqlashda yordam berishi mumkin.
• Boshqaruv jamoasi tomonidan ushbu ko'rsatkichlarni vaqt bo’ylab kuzatishda shuningdek takomillashish yoki kamayish darajasini ustidan kuzatish imkonini beradi.
• Moliyaviy stavkalari besh toifaga bo’linadi. Bular: stavkalari,
Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar, ularni hisoblash yo’llari va me’yoriy darajalari 1-jadvalda keltirilgan. Jadvalda shartli belgilar quyidagilarni ifoda etadilar:
A1, A2, - balans aktiv qismining 1 va 2 - bo’limi;
R1,R2, - balans passiv qismining 1 va 2 - bo’limi;
Bj - balans jami summasi;
Umqk - uzoq muddatli qarzlar va kreditlar;
Mo’dq - muddati o’tgan debitorlik qarzlar;
Pm -pul mablag’lari;
Qq - qimmatli qog’ozlar;
Sdq - sof debitorlik qarzlari;
Qmkq - qisqa muddatli kreditorlik qarzlari;
Mst - mahsulot sotishdan tushum;
Zo’q - zaxiralarning o’rtacha yillik qiymati;
Mtn - mahsulot tannarxi;
Msf- mahsulot sotishdan olingan foyda;
Sf- sof foyda;
Amo’q - aylanma mablag’laming o’rtacha xronologik qoldiqlari.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tadbirkorning o’zi va uning mutaxassislari, korxona rahbari va mutaxassislari baholaydilar. Bunday baholashga tashqaridan maxsus yuqori malakali mutaxassislari jalb qilish ham kengayib bormoqda. O’zbekistonda tadbirkor­lik sub’ektlari (korxonalar) faoliyatini tahlil qilish va baholash bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar - auditorlar va auditorlik firmalari shakllangan.
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining muhim sub’ekti bo’lib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Audit - xo’jalik subektlari (tadbirkorlar) faoliyatini mustaqil ekspertiza qi­lish, moliyaviy hisobotini tahlil qilish va moliyaviy holatini baholash demakdir. Auditning asosiy vazifasi - tadbirkor (korxona)ning moli­yaviy va xo’jalik operatsiyalarining to’g’ri amalga oshirilganligi, to’la-to’kis va aniq rasmiylashtirilganligi, ularning O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga, buxgalteriya hisobini yuritish tamoyillariga muvofiqligini aniqlash hisoblanadi. Tadbirkorlar (korxonalar) ga auditorlik xizmatlarini auditorlik firmalari va auditorlar shartnoma asosida amalga oshiradilar. Auditorlik firmalari, shuningdek, menejment, marketing, huquq, hisob yuritish va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari ham ko’rsatadilar.
SHunday qilib, tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holati yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlar, ularning darajasi va me’yori asosida baholanadi. Mazkur ko’rsatkichlar darajasining belgilangan me’yoriga nisbatan holati va o’zgarishiga qarab moliyaviy holatining yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligi to’g’risida xulosa qilish mumkin va shunga muvofiq harakat qilish kerak bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tadbirkorlikda ham buxgalteriya hisobi yuritiladi va moliyaviy hisobot tuziladi. Buxgalteriya hisobi tadbirkorlik faoliyatining hamma tomonlarini yoppasiga. uzluksiz, asoslangan holda aks ettirish tizimi bo’lib, uni tashkil etish va olib borish tartibi "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunda belgilangan. Kichik tadbirkorlik subektlari buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot tayyorlashning soddalashtirilgan tizimini qo’llaydilar. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi rahbariyatni kerakli moliyaviy axborot bilan ta’minlash hisoblanadi. Yuridik shaxs bo’lgan tadbirkorlik subektlari belgilangan tartibda buxgalteriya balansi. moliyaviy natijalar, xususiy sarmoya, asosiy sarmoya harakati va pul oqimlari to’g’risida hisobotlarni o’z ichiga oladigan moliyaviy hisobot tuzadilar va uning bir nusxasini soliq organiga taqdim etadilar.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foyda yoki zarar bo’lib, uning miqdori va darajasi, o’zgarishi va bu o’zgarish sabablari tahlil qilinadi hamda foydani ko’riladi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydaning bir qator ko’rsatkichlari aniqlanishi va baholanishi kerak:mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyat foydasi, umumxo’jalik foydasi, soliqqa tortilgungacha bo’lgan foyda va sof foyda.
Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish yordamida moliyaviy ko’rsatkichlartizimi asosida uning umumiy moliyaviy holati, moliyaviy barqarorligi va to’lovga qodirligi aniqlanadi va kompleks baholanadi. Bunda mazkur ko’rsatkichlarning haqiqiy darajasi, har bir ko’rsatkich uchun belgilangan me’yori bilan qiyosiy darajasi va yuz bergan o’zgarishlar aniqlanadi va shu tahlil natijalari asosida faoliyat moliyaviy holatini yaxshilash chora-tadbirlari ko’riladi.
Tayanch iboralar
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, xo’jalik faoliyatidan olingan umumiy foyda, soliqqa tortilgungacha bo’lgan foyda, sof foyda,
xodisasidir.
Kichik biznes korxonalarini inqirozga uchrashining asosiy sabablari.
Kichik biznes xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tugatish va qayta tashkil qilish shart – sharoitlari.
1. Bankrotlik - raqobat kurashining ob’ektiv xodisasidir.
Bankrotlik - bu xo’jali sudining qarori bilan kichik biznes sub’ektning iqtisodiy qashshokligi, uni qarz majburiyatlari bo’yicha to’lovga qobiliyatsizligini oshkora ehlon qilinishi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat kurashi natijasida vujudga keladigan oddiy holat bo’lib, unda nochor tadbirkorlik tizimi o’zining xo’jalik faoliyatini to’xtatadi. Kreditorlarga qarzni qaytarish maqsadida bankrotlikga uchragan tadbirkor yoki korxona mulkini sotadi. Hozirgi kunda respublikamizdagi ko’pgina tadbirkorlik tizimlariga bankrotlik og’ir moliyaviy ahvoldan chiqishga, xo’jaliky urituvchi sub’ektlarga yordam ko’rsatishga, avvalgi turg’unlikni tiklashga va yana to’lash qobiliyatiga ega bo’lishiga yo’l ochib bermoqda. Bankrot- bu jismoniy yoki yuridik shaxs (xo’jalik yurituvchi sub’ekt), xo’jalik sudi qarori bilan iqtisodiy qobiliyatsiz korxonani qarzdor deb atalishidir. Ikkinchi variant amaliyotda tadbirkorlik tarkibini sog’lomlashtirish (sanatsiya) usuli sifatida ishlatilishi mumkin. Sanatsiya (lotincha - davolash, sog’lomlashtirish ma’nosini bildiradi) – bu sanoat, savdova boshqa korxonalarini bankrotlikdan saqlab qolish uchun yirik banklar va davlat tomonidan o’tkaziladigan tadbirlar tizimidir. “Iqtisodiy qashshoqlik va bankrotlik haqidagi” qonun bankrotlik jarayonini favqulotda voqea deb qaraydi. Korxonaning fuqaroviy huquqiy majburiyatlarini bajarmasligi, qarzlarini aktivlardan ortiqligi sub’ektni bankrot deb bilishga asos bo’lolmaydi. To’lay olmaslik qobiliyati uzoq muddatli bo’lishi, ayrim sabablarga ko’ra o’zgaruvchan bo’lishi ham mumkin.

Bankrotlik qarzdor va kreditorlar orasida qarzlarni to’lash to’g’risida tinchlik yo’li bilan kelishish imkoni ko’zda tutadi. Tinchlik yo’li bilan kelishuvning qarorini kreditorlarning umumiy majlisida qabul qilinadi va xo’jalik sudi tasdiqlaydi.


Bankrotlik zamini - bu ma’lum haqiqiy holat bo’lib, uni aniq sharoitni hisobga olib baholash zarur. Yomon niyat va qalbaki bankrotlik muammosini qo’shimcha ravishda qayta qo’rib chiqish talab etiladi.
Biroq, hozirgi vaqtda MDH ning bir qator davlatlarida lizing beruvchi mulkni foydalanishga bergan tomonning to’lovga layoqatsizligini aniqlansada, uni faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari to’liq o’rnatilmagan. CHunki, lizing oluvchi tomon bankrot deb ehlon qilinsada, u mulkning haqiqiy egasi hisoblanmaydi va unda to’lovni undirish masalasi to’liq hal etilmagan. Bankrotlik holatida lizing bitimi lizing oluvchining aybi bilan bekor qilingan hisoblanadi, lizing oluvchi lizing beruvchiga bitim buzilganligi natijasida yuzaga keladigan zararlarni to’liq qoplashi shart. Bankrot bo’lgan korxona o’zining majburiyatlarini to’lashda kontragentlari qatoriga lizing beruvchi ham o’ziga to’lovlarni undirishi uchun navbatga, ya’ni ro’yxatga qo’yiladi va o’rnatilgan tartibda to’lov amalga oshiriladi.
2. Kichik biznes korxonalarining inqirozga uchrashi sabablari
Xorijiy davlatlardagi korxonalarning oyoqqa turishi va taraqqiyotiga oid tajribalardan kelib chiqqan holda shuni aytish kerakki, kichik biznes korxonalari moliyaviy krizisi va bankrotligining sabablari -bu talabni qisqarishi, ishlab chiqarish hajmini pasayishi, uni izdan chiqishi va ma’lum boshqaruv tizimining yo’qligidir.
Kichik biznes korxonalari bankrot bo’lish imkonini baholashda quyidagi ko’rsatgichlar nisbatini tahlil qilish zarur:

operatsiyalardan kelib tushadigan naqd pullarni barcha passivlarga nisbati;


sof foyda plus kredit bo’yicha foizni kredit bo’yicha foizlarga nisbati.
Kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot bo’lishi tadbirkorlar, rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yo’l qo’yiladigan bir qator kamchiliklarga bog’liq. SHuning uchun biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy siklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish kerak bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 24 iyun 2005 yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik sub’ektlarining xo’jalik sohasidagi xuquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to’g’risida” Farmonida quyidagilar belgilab qo’yildi – birinchidan, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli, shuning­dek Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar kamroq tushishiga olib kelmaydigan huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda materiallarni sud organlariga taqdim etmasdan faqat mahmuriy javobgarlik choralari ko’llaniladi; ikkinchidan, materiallar sud instansiyalariga topshirilgan hollarda, tadbirkorlik sub’ekti soliqlar, yigimlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganlik uchun sodir etilgan hukukbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o’rnini bir oy mobaynida ixtiyoriy ravishda qoplagan hamda uning oqibatlarini bartaraf etgan, jumladan penya to’lagan tadbirkorlik sub’ekti moliyavii sanksiyalar qo’llanili-shidan ozod etilishi belgilab qo’yildi.
Kichik biznes muvoffaqiyati nimada?
Insonlar orasida biznesning maqsadi nima yoki insonlar muvaffaqiyatga qanday qilib erishadilar, - degan savollar bilan murojaat qilsangiz aksariyat bir xil “bu foyda olib keladigan narsa” degan javoblarga duch kelasiz. Bu javobni kelajakka va hozirga mos keluvchi foydadir degan iboralar bilan to’ldirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Amerikadagi yirik kompaniyalardan birining boshqaruvchisi M.Piterning aytishicha “Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun o’zlari xaridorlarni yaratishlari lozim”., V.E. Dyumingning ta’rifiga ko’ra “...muvaffaqiyat bu xaridorni jalb qilish va rag’batlantira olish biznesning yutug’idir” deyilgan bo’lsa, aktsiyadorlik jamiyatlari xissadorlari “ ...bu aktsiyadorni maksimal darajada boy qilishdir” degan fikrlar berilgan30.
Kichik biznesning muvaffaqiyatlariga berilgan bunday tariflarni hech kim inkor eta olmaydi, lekin biznes egalari uchun muhim kalit bo’lgan erkinlik va mustaqil bo’lishlari kerakligini unutmasliklari lozimligini ta’kidlaydi.bular:
“Agar siz biznesingizni saqlab qolmoqchi bo’lsangiz”- deb ta’kidlaydi muallif, uni muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sabablarini ogohlantiruvchi belgi va havfli xududlar sifatida ko’rsatilgan omillarni hisobga olishingiz zarur va biznes egalari biznes muhitini yarata olmaganliklari oqibati yashirish muammolar keltirib chiqarishi haqida tushunib yetishlari lozim.”
O’rtacha xisobdagi insonning biznesdagi maqsadi nimaning muvoffaqiyati nima bilan belgilanadi va ko’p o’xshash javoblarda bubitta foydani ko’zlaydi. Ko’p takomillashgan javoblarda esa xozirgi va kelajakdagi erishiladigan foydani ko’zlaydi.
Jamoatchilik firmalarini boshqaruvchi moliyaviy bo’limdagi insonning javobida esa eng muximi aksiyadorining sog’ligidir. Ulardan xech qaysisi kichik biznes muvoffaqiyati to’g’risida aniq xulosa berolmadi. Lekin ular kichik biznesning egasiz muvoffaqiyati erkin va mustaqqiligidaligi to’g’risidagi eng muhim elementni unitishdi.
Shunday vaqtlar bo’ladiki, kichik biznes egalari bankrotlikka yuz tutgan firmaning muvoffaqiyatiuning to’xtalishida deb xisoblaydilar. SHunda qachonki kichik biznes kamchilik va bankrotligi tekshirilganda kichik biznes sanoatidagi murakkabliklar ko’riladi. Bankrotlik darajasi turli xil sharoitlar natijasida katta o’zgarishlarga olib keladi. Xizmat ko’rsatish firmalari uchun bankrotlik darajasi elituvchi ( transportda ) firmalarning yarmiga teng edi. Biznesbankrotligi (muvaffaqiyatsizligi) ningturlari:
Kichik biznes muvaffaqiyatsizlak sabablar31
Garvard biznes maktabi o’qituvchisi Harry Lavinsonning ta’kidlashicha biznesda bankrotlikka olib keluvchi sabablaridan biri nizodir. Nizolar boshqaruvda qo’rquvni, g’azabni va buzg’unchi munosabatlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, qarama-qarshi va samarasiz qarorlarni qabul qilishga majbur qiladi va biznesni bankrotlik holatiga tushishiga sabab bo’ladi32.
Sifat bo’yicha ustoz V.E.Dyumingning fikricha biznes xursand (talabchan) xaridorga extiyoj sezadi deb Druker fikriga qarshilik bildirgan33. Biznesda bankrotlikka olib keluvchi sabablardan yana biri sifatsiz maxsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdir. Maxsulotni iste’molchi talabiga muvofiq kelishi, chidamliligi, ishonchliligi, xizmat muddatini uzunligi, estetik va gigienik talablarga mos kelishi kabi xususiyatlari uni sifatini belgilovchi muhim ko’rsatkichlaridir.
3. Kichik biznes sub’ektlarini tugatish va qayta tashkil etish
“Bankrotlik” haqidagi qonun davlat xududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bilan birgalikda ularning mulk shaklidan qathiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy munosabatlariga ta’sir ko’rsatadi.
Bankrotlik deb topilishdan maqsadi iqtisodiy nochorlik belgilarini erta bosqichda aniqlash, kichik biznes korxonalarini sanatsiyalash yoki tugatish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiєishni amalga oshirish yo’li bilan korxonalar bankrot bo’lishining oldini olish va ularning to’lovga qobilligini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.

Iqtisodiy holatiga bog’liq ravishda korxonalar quyidagi guruxlarga bo’linadi:


Barqaror moliyaviy axvolga ega;
Iqtisodiy tavakkalchilikga ega;
iqtisodiy nochor.
Iqtisodiy tavakkalchilik belgilari aniqlanganda korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini soglomlashtirish bo’yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari kerak.
Iqtisodi ynochorkor xonalar qonunga muvofiq bankrotlik to’g’risida e’lon berish yo’li bilan majburan (ixtiyoriyravishda) tugatilishi kerak.
Pul majburiyatlari va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati o’tgan qarzlar qonunga muvofiq majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatlari va pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlarning talablarini bajarish payti kelishi bilan belgilanadi (masalan, soliqlarni byudjetga har oyda yoki har chorakda, hisobot davridan keyingi muayyan sanada to’lash muddatlari).
Qarzlar summasini belgilash paytida muddati o’tmagan, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar va zayomlar, ya’ni to’lash muddati kelmagan uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar va zayomlar summalari chiqarib tashlanishi mumkin.
Muddati olti oydan oshib ketgan qarzlar to’grisidagi ma’lumotlar "Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’grisidagi ma’lumotnoma" degan 2a-Moliyaviy hisobot shaklidan olinadi.
Iqtisodiy nochorlikni belgilash uchun mazkur xujjat bilan tasdiqlangan koeffitsientlarning me’yori yqiymatlar ibarcha kichik korxonalar uchun yagonadir.
O’z xo’jalik faoliyatini davom etirayotgan sub’ektlarini va ularning kreditorlari orasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Qarzdorga (bankrotga) nisbatan xo’jalik sudi tomonidan quyidagi choralar ko’rilishi mumkin: sanatsiya, tugatish, tinchlik kelishuvi. Bu yerda sanatsiya deganda tarkibn uni qayta tuzish tartibi, mulk huquqini o’zgarishi, qarzdorni mulk tomonidan, yok ivakolat berilgan idora, yoki boshq ashaxslar tomonidan ushbu qarzdorni va uning mehnat jamoasini saqlab qolish niyatida moliyaviy qo’llab quvvatlash tushuniladi.
Agar xo’jalik sudi qarzdorni mulki bankrotlik ishi bo’yicha olib boriladigan ishlar harajatiga yetmasligini aniqlasa, unda sud qarzdorni bankrot deb e’lon qiladi va bankrotlik ishinit ugadi deb hisoblaydi. Agar bankrotlik tinchlik kelishuvi tuzish bilan tugasa yoki bankrotlik ishini xo’jalik sudi to’xtatsa, yoki qarzdorda o’z faoliyatini davom ettirish uchun barcha shikoyatlardan so’ng yetarli mulki qolsa unda yuridik shaxs tugatilmaydi. Tinchlik kelishuvi-bu qarzdor va kreditorla rorasidagi qarzlarni to’lash to’g’risidagi kelishuv bo’lib, unda qarzlarni kamaytirish yoki ularni to’lash muddati o’zaytirish va boshqa tomonlarni kelishuvi bilan amalga oshiriladigan shartnomalar ko’zda tutiladi.
Download 27.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling