Bajardi: Tojiyeva Ma’mura O'zbekistonda oila, davlat va jamiyat munosabat omillari


Download 94.74 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi94.74 Kb.
#1579133
  1   2
Bog'liq
Tojiyeva Ma\'mura




Bajardi: Tojiyeva Ma’mura


O'zbekistonda oila, davlat va jamiyat munosabat omillari.

Oilani muqaddas maskan sifatida e’zozlash, oilada tinchlik-osoyishtalik, farovonlik muhitini qaror toptirish xalqimizga azaldan xos bo‘lgan fazilatlardir. Oila va oilaviy qadriyatlar har qanday inson hayotida quriladigan eng muhim poydevor hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi oilada boshlanadi.Oilaviy qadriyatlar yaxlit tabiatning uyg‘un rivojlanishi uchun zarur ko‘nikmalarni singdiradi.





Oilada eng muhimi nima? Bu savolga hech kim aniq javob bera olishi qiyin. G‘amxo‘rlik va ishonchmi? Fidoyilik va mehnatsevarlik? Oilaviy an’analarga rioya qilishmi? Balkim Sevgidir?
Oila va oilaviy qadriyatlar doimo chambarchas bog‘liq va bir-birisiz mavjud emas. Agar oila bo‘lmasa, oilaviy qadriyatlar tabiy ravishda o‘z ma’nosini yo‘qotadi. An’anaviy oilaviy qadriyatlar g‘amxo‘rlik va sevgiga asoslanadi. Oilaning bosh sarboni ota bo‘lsa, ona oilaning tinchligini mustahkamlovchi, unda voyaga yetayotgan farzandlarlar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi, mehr-muhabbat ulashuvchi muqaddas zot sanaladi. Azaldan oila-muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta sanaladi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. Aksincha, oilalarda parokandalik, buzg‘unchilik bo‘lsa, o‘sha jamiyat buziladi, tichlik, hotirjamlik yo‘qoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi.
Hayot juda murakkab jarayon bo‘lib, unda turli holatlar uchrab turadi. Gohi shodlik, gohi g‘am deganlariday oilada er va xotin o‘rtasida ham turli sabablar ila kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Shoshqaloqlik, jahlning tez chiqishi, qanoatsizlik, manmanlik, tirnoq ostidan kir qidirmoqlik oilaviy munosabatlarga putur yetkazadi. 
Ma’naviy jihatdan bir-biriga sabr qilish lozim bo‘lganiday, moddiy jihatdan ham qanoatli va sabrli bo‘lish juda muhimdir. Oilaning tinch, farzandlarning baxtli bo‘lishligida er-xotinning har ikkisi ham oiladagi o‘z burchlarini astoydil ado etishga intilishlari muhimdir. Mustahkam va saodatli oilada er-xotin o‘zaro totuv yashashi bir-birining yaxshi va yomon jihatlarini ko‘tarishi, ayb va kamchiliklarini kechirishi, tinch va totuv yashashi lozim.
Oilada erkak kishining mas’uliyati alohida qayd etilgan. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas go‘sha sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosidir. 
Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo oilada shakllangan. Bugungi kunda ham ana shu an’analarni davom ettirib, o‘zbek oilalari oilaning sog‘lom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati sharoitida, oila bag‘rida farzandlarini el-yurtining munosib o‘g‘il-qizlari bo‘lib unib o‘sishlarida astaoydil jon kuydirmoqdalar.
Oila jamiyatning quyi asosiy bo'g'inidir. U insonning hayotga kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va farzandlar bo'lishi shart. Uiarning birortasisiz ham oila bo'lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo'ladi. Har bir oila ma’lum xonadonga mos bo'ladi.
Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birgalikda hayot kechirishi va farzand ko'rish hisoblanadi.
Oila o'z ichki munosabatlariga asoslanadi. Oilaning ichki munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi.
H ar qanday jam iyatning m ustahkam ligi, rivoji oilaga bog'liq. Chunki, jamiyatda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi.
Oiladagi kattalarning bir-biri, boshqalar bilan atrof-muhit, molmulkka bo'lgan munosabati yoshlarning shu m asalalarga munosabatini shakllanishi uchun o'rnak bo'ladi. Oiladagi tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o'rgatish, o'qitish, ta ’kidlash bilangina emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o'rnak ko'rsatishi orqali olib boriladi.
Nima mumkin va nima mumkin emasligi, mehnatga, molmulkka munosabat, ovqatlanish, dam olish, kattalarga muomala, hurmat, kichiklarga g'amxo'rlik qilishning dastlabki sabog'i oilada olinadi. Bola boshqa muassasalarga tarbiya, bilim olish uchun berilgunga qadar hayot alifbosi haqida ma’lumotni oiladan oladi.
Oiladagi tarbiya kishilarning axloqiga, xulqiga o'chmas qoidalarni singdiradi. Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar oilaning o'rnini bosa olmaydi. Chunki, u yerdagi tarbiyaga sut, qon singari muqaddas ashyolar ta’sir qiladi. Shularning barchasi e’tiborga olinib, bizning xalqimizga xos oiladagi ijobiy jihatlarni mustahkamlash va rivojlantirishni ta’minlash uchun Konstitutsiyamizda oila uchun maxsus XIX bob ajratildi. Bunday holatni — oilani maxsus bobda ko‘rsatishni boshqa m am lakatlar Konstitutsiyalarida uchratmaymiz. U yerlarda
oilaga ham davlat va jamiyatning munosabati o'zgacha. Bizda oila jam iyatning ajralmas qismi va mavjud bo'lishi shart masala deb qaraladi va albatta, unda ikki jinsning, erkak va ayolning birlashuvi bo'lishi, bu birlashuv orqali dunyoga yangi insonlar kelishi nazarda tutiladi.
Ana shulardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir...”, - degan qoida o'z aksini topgan. Konstitutsiyada oilani jamiyatning bo'g'ini sifatida e’tirof etilishi oilasiz jamiyat kemtik bo'lishini, rivojlanish xavf ostida qolishini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2011-yil dekabr oyida Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan yig'ilishdagi ma’ruzasid 2012-yilni “M ustahkam oila yili” deb e’lon qilar ekan, oila haqida shunday so'zlarni aytdi: “Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki, bu yorug' olamda hayot bor ekan, hayot abadiyligi, bebaho ne’mat bo'lmish farzand bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha kelajagini o'ylab, ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. Yangi yilga mana shunday nom berishimiz azal-azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo'lmish, oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo'g'ini deb qabul qilishimiz zamirida, hech shubhasiz, juda katta ma’no-mohiyat mujassam.
Chunki, oila sog'lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqaror”.

Download 94.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling