Bajardi: xolmahmatova z tekshirdi: umurzakova m
-jadval Xalq bankining asosiy ko'rsatkichlari
Download 1.09 Mb.
|
Dinara
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval 2 007-2016-yillarda fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya mablag’larining daromadliligi, foiz hisobida
1-jadval
Xalq bankining asosiy ko'rsatkichlari Jumladan, 2017-yil 1-yanvar holatiga Xalq bankining 197 ta filiali shuningdek, 28 ta mini-bank, 1070 ta jamg’arma, maxsus va kommunal kassalari va 181 ta xalqaro pul o’tkazmalari shoxobchalari aholi va mijozlarga xizmat ko’rsatmoqda. 2017-yil 1-yanvar holatiga bank kapitali 554,9 mlrd. So’mni tashkil etib, 2017 yilning 1 yanvariga nisbatan 100,0 mlrd. So’mga yoki 122,0 foizga o’sdi. 2017-yil 1-yanvar holatiga bankning depozit bazasi 3583,8 mlrd. So’mni tashkil qilib, depozitlar 2016-yilning 1-yanvariga nisbatan 693,4 mlrd. So’mga yoki 24,0 foizga o’sdi. 2017-yilning 1-yanvar holatiga aholi omonatlari 2526,7 mlrd. So’m bo’lib, 2016-yilning 1-yanvariga nisbatan 438,4 mlrd. So’m yoki 21,0 foizga o’shdi. 2017-yilning 1-yanvar holatiga bankning kredit portfeli 2 352,3 mlrd. So’m bo’lib, 2016 yilning 1 yanvariga nisbatan 469,1 mlrd. So’mga yoki 24,9 foizga o’sdi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari Xalq bankida shaxsiy pensiya hisobvaraqlarida mablag’larni jamlash yo’li bilan shakllantiriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimining barqarorligi fuqarolarning daromad solig’i summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqining bir foizi miqdorida yig’ilgan mablag’larning Xalq banki tomonidan taqsimlanishi va qayta taqsimlanishining tashkil etilishi risk darajasining nisbatan pastligi bilan baholanadi. 2017-yilning 1-yanvar holatiga fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari o’tgan yilning shu davriga nisbatan 18,2 foizga o’sgan. Xalq bankidagi fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya mablag’larining daromadliligi mamlakatdagi rasmiy inflyatsiya darajasidan yuqoridir (5-javdal). 2-jadval 2 007-2016-yillarda fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya mablag’larining daromadliligi, foiz hisobida Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish hamda ularni yuritish tartibiga rioya etilishi, shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to’g’ri va to’liq hisoblab chiqarilishi hamda o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi organlari, davlat soliq xizmati organlari va Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011- 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ-1438-sonli Qarori asosida jamg’ariladigan pensiya tizimini rivojlantirish va yanada kengaytirish tadbirlari belgilandi. Jumladan: – fuqarolarning ixtiyoriy badallaridan jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga tushuvchi mablag’larni ko’paytirishni rag’batlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan: a) Xalq banki tomonidan jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga ixtiyoriy asosda badallar kirituvchi shaxslar uchun bank xizmatlarining jozibador turlarini joriy qilish (kreditlash, bank xizmatlarining jozibador tariflarini taqdim etish va h.k.); b) jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga mablag’larni uzoq muddatga joylashtirishning afzalliklari, qonunchilik bilan taqdim etilgan soliq imtiyozlari, joylashtirilgan mablag’larning daromadliligi va qaytarish kafolatlari to’g’risida aholi o’rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish; – tijorat banklari orqali jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari va yirik ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarida amalga oshirilayotgan strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini qo’shma moliyalashtirishni kengaytirish; – jamg’arib boriladigan pensiya tizimi resurs bazasini kengaytirish va joylashtirilayotgan mablag’lar portfelini diversifikatsiyalash maqsadida vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini tijorat banklari va moliyaviy jihatdan barqaror bo’lgan yirik korxonalarning yuqori likvidli moliyaviy vositalariga (depozitlar, obligatsiyalar) yo’naltirish, fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobraqamlariga mablag’larni kiritish jarayonini takomillashtirish maqsadida ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan elektron reestrlarni uzatish va qayta ishlash mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish.fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti hisobraqamlaridagi mablag’lar holatini o’rganadigan bo’lsak, 2016 yil yakuni bo’yicha jami 1 998 209,8 mln.so’mni tashkil etib 21,4 foizga oshgan. Demak, yangidan yangi ish o’rilari yaratilganligi, aholinig real daromadi oshganligi hisobiga ushbu ko’rsatkichga erishilgan jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining daromadliligini ta’minlash maqsadida qoldiq mablag’lari iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarini rivojlantirishga y o’naltirilmoqda: Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling