Bajardi: xolmahmatova z tekshirdi: umurzakova m
-rasm. Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti
Download 1.09 Mb.
|
Dinara
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. Muvofiqlashtiruvchi Kengash vazifalari 9
5-rasm. Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti xarajatlarining tarkibi va tuzilishi8
Nogironligi bo’yicha yoki boquvchisini yo’qotganlik uchun pensiya tayinlashda jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari olish huquqi to’g’risidagi guvohnomada to’lovlarning boshlanish va tugash muddatlari ko’rsatiladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limi jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini oluvchilarga guvohnomani ularning arizasi asosida shaxsan beradi, guvohnoma oluvchilarning yashash joyi o’zgarganda ham amal qiladi. Amaldagi soliq qonunchiligiga binoan, ishlovchi fuqarolarning ish haqlaridan daromad solig’i, Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali undiriladi. Bundan tashqari ish haqidan kasaba uyushmasiga 1%li ajratma ham undiriladi. Ishlovchi xodim ish haqining daromad solig’i undiriladigan qismidan bir foizli ajratma shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya ta’minotiga olib qolinadi, amaldagi qonunchillikka ko’ra mazkur summa fuqaroning to’lashi lozim bo’lgan daromad solig’idan chegirib qolinib, xodimning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobraqamiga o’tkaziladi.Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini samarali joylashtirishni tashkil etish maqsadida Moliya vazirligi, Markaziy bank va Xalq bankining vakillaridan iborat bo’lgan jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini joylashtirish va daromadlarini shakllantirish siyosatini belgilash bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat (6-rasm). 6-rasm. Muvofiqlashtiruvchi Kengash vazifalari9 Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi O’zbekiston Respublikasi Xalq banki hisoblanadi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini joylashtirish Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan tasdiqlanadigan kvotalarga muvofiq Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini obyektlari bo’yicha joylashtirish kvotalari har chorakda Muvofiqlashtiruvchi Kengash qarorlari bilan tasdiqlanadi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini joylashtirishdan olingan daromad, Xalq banki oladigan marja summasi chegirib tashlangandan so’ng, har yili yil yakunida fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga, ulardagi mavjud bo’lgan qoldiq miqdoriga mutanosib ravishda o’tkaziladi. Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini boshqarish Xalq banki tomonidan jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini boshqarish departamenti tomonidan amalga oshiriladi (7-rasm). Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling