Bajardi: Yunusov. O tekshirdi: Isakova. E. Z


-modda. Korxonalarning xo‘jalik uyushmalari


Download 82.96 Kb.
bet2/7
Sana14.02.2023
Hajmi82.96 Kb.
#1196838
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
referat 444

3-modda. Korxonalarning xo‘jalik uyushmalari
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘z huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni ifoda etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: ittifoqlarga, konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq prinsiplari, hududiy yoki boshqa prinsiplar asosida o‘zga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalarni barpo etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlarida belgilangan monopoliyaga qarshi talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Ko‘ngilli xo‘jalik uyushmalari davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak va ularning faoliyati ushbu Qonun bilan tartibga solinadi.
(3-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
2. Uyushma, birlashma uni ta’sis etuvchilar tasdiqlaydigan ustav asosida ish olib boradi. Uyushmalar tarkibiga kirgan korxonalar o‘z mustaqilliklarini, huquqiy shaxs huquqlarini saqlab qoladilar va ushbu Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi.
3. Uyushma, birlashma o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, korxonalar esa, ta’sis shartnomasi (ustavda) o‘zga holat ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, uyushma majburiyati yuzasidan javob bermaydi.
4. Uyushmaga kirgan korxonalar uyushma tarkibidagi korxonalar oldidagi majburiyatlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq saqlab qolgan holda uning tarkibidan chiqishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Assotsiatsiya, birlashma uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning, sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan tugatiladi. Uyushma korxonani tugatish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda tugatiladi. Uyushma tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uyushmaning ustaviga muvofiq uning qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanadi.
(3-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)

Download 82.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling