Bajardi: Yunusov. O tekshirdi: Isakova. E. Z
Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Download 82.96 Kb.
|
referat 444
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-modda. Korxona xo‘jalik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari
Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
1. Davlat korxona huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beradi. Korxona xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatni amalga oshirish chog‘ida o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir. Korxonaning xo‘jalik faoliyati va o‘zga faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari davlat, jamoat va kooperativ idoralarining aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 2. Respublika va mahalliy davlat, jamoat hamda kooperativ idoralari va ularning mansabdor shaxslari korxonaga daxldor qarorlar qabul qilish chog‘ida va o‘zlarining shu korxona bilan munosabatlarida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardirlar. Davlat idoralari va o‘zga idoralar va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga ko‘rsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki o‘zga idoralar o‘z vakolatlariga yoki qonun talablariga mos kelmaydigan hujjatni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb e’tirof etish to‘g‘risida ariza bilan sud yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir. Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki o‘zga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari ko‘rsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan to‘lanishi kerak. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolarni xo‘jalik sudi o‘z vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi. (31-modda 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda) 32-modda. Korxona xo‘jalik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari 1. Davlat korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini ta’minlaydi. 2. Davlat bozorni rivojlantirishga ko‘maklashadi, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlaydi. Raqobatchining obro‘sini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, ishlab chiqarish kvotalari, sotish va ta’minot bozorlarini bo‘lib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar o‘rtasida monopol narx-navoni ushlab turish haqidagi har qanday til biriktirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda korxona monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Davlat qonun asosida, huquqni himoya qiluvchi va moliya organlari orqali raqobat qilish erkinligini ta’minlaydi, iste’molchilarni ularning huquqlari kamsitilishidan, xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasida monopolizm ko‘rinishlaridan muhofaza qiladi. 3. Korxona xo‘jalik oborotiga kiritayotgan buyumlar firma belgisini yoki buyumning ramzini, buyumni ta’riflaydigan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda markirovka qilinishi shart. O‘zga firma va tovar belgilarini, shuningdek, bir ishlab chiqaruvchining buyumlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning buyumlari bilan chalkashtirib yuborishga (o‘xshatishga) imkon beradigan har qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu masalalarda chiqqan nizolar sud tartibida hal qilinadi. Download 82.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling