Bajardi: Yunusov. O tekshirdi: Isakova. E. Z


Download 82.96 Kb.
bet5/7
Sana14.02.2023
Hajmi82.96 Kb.
#1196838
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
referat 444

33-modda. Hisob va hisobot
1. Korxona o‘z ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat statistika hisobotining shakllarini davlat statistika idoralari, bunday hisobotlarni taqdim etish tartibini esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(33-modda 1-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Korxonaning mansabdor shaxslari davlat hisobotini buzib ko‘rsatganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan intizomiy, ma’muriy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(33-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
34-modda. Korxonaning tijorat siri
1. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda e’lon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan davlat siri bo‘lmagan ma’lumotlar tushuniladi.
2. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxona faoliyatining turlarini (agar ular haqidagi ma’lumot tijorat siri bo‘la olmasa) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi korxonalar atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa salbiy faoliyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirishning oldini olish maqsadida belgilab qo‘yadi.
(34-modda 2-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonunining 34 va 35-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
3. Korxonaning tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarni e’lon qilganlik, bunday ma’lumotlarni saqlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Download 82.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling