Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va vazifalari


Download 22.25 Kb.
bet1/2
Sana26.09.2023
Hajmi22.25 Kb.
#1688240
  1   2
Bog'liq
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va va-fayllar.org


Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va vazifalari

1

KIRISH

2

2

Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va vazifalari.




3

Korxonani iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tamoyillarini o’rni va ahamiyati



4

Korxona xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish va boshqarish.



5

Korxonaning tijorat siri. Korxona tijorat sirini himoya qilish samaradorligining korxona iqtisodiga ta’siri.



6

XULOSA



7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




MUNDARIJA
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “ Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deb takidladilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasilarida. 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni

rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib , “Korxona iqtisodiyoti va menejment asoslari” fani ham iqtisodiy masalalarini o‘rganish, iqtisodiyot jamiyat hayotining asosi sifatida, iqtisodiy tizimlarning turli modellarini, iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor modelini,


Iqtisodiyot fanini va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida “ Korxona iqtisodiyoti va menejment asoslari” fanning tarkibiy qismi va mustaqil bilimlar sohasidir.
Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad – iqtisodiyot sohasida magistrlarga Real sektorda korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
“Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish” kursini o‘rganishning asosiy vazifasi magistrlarda real sektor va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion siyosati, strategiyasi va taktikasini belgilab beruvchi asosiy omillar va shart sharoitlarni belgilash, investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularning samaradorligini baholash bo‘yicha bilimlar majmuini shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi.
Talaba:
- korxonalar funksiyalari va belgilarini;
- korxonalar faoliyatiga taalluqli va unga aloqasi bo‘lgan qonunlar va qonun hujjatlarini;
- muammo va vazifalarni mantiqiy, ketma-ketligini va o‘zaro aloqadorligini; turli xil iqtisodiy va tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni hisoblash va tahlil qilish uslublarini o‘rganishdan iboratdir.
- innovatsiyalarning iqtisodiy mohiyati va turlari,
- innovatsion jarayonning mazmuni va asosiy bosqichlarini bilish,
- moliya bozorlari va institutlari faoliyatini o‘rganish, moliyaviy instrumentlarni qo‘llay olish haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- korxona iqtisodiyoti va innovatsion boshqarish asoslarini, iqtisodiy qonunlar, tushunchalar, kategoriyalarni, iqtisodiy jarayonlarning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash, iqtisodiy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda real sektorni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, tarmoq korxonalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali yangi zamonaviy
texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish eng avvalo samarali investitsion faoliyatni tashkil etishni va to‘g‘ri yo‘naltirilgan investitsion siyosatni olib borishni taqozo etadi. Bunda investitsiya manbalarining ichki imkoniyatlaridan to‘la foydalanish va investitsion jozibadorlikni oshirish orqali xorijiy investorlarni keng jalb etish asosiy vazifahisoblanadi.
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti asoslar”i fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini nazariy va amaliy masalalarini o‘rganish va uni mo’tadil rivojlantirishning yechimlarini topishda hamda magistratura ta’limi “real sektor” yo‘nalishi mutaxassislarini shakllanishida katta ahamiyatga ega va bu iqtisodiyot
yo‘nalishidagi talabalar, ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarining yuksak darajada shakllangan bo‘lishini taqozo etadi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va vazifalari
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
  • korxona va uning barcha bo‘linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda qonuniy huquqlarini himoya qilish;


  • korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish;


  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi


raqobatbardoshligini oshirish;


  • tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar etkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik;


  • barcha tuzilmaviy bo‘g‘inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini


mustahkamlash;


  • mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash;


  • ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot bazasini rivojlantirish;


  • korxona obro‘sini oshirish.


Ko‘rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsizligini ta’minlash vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:


1. Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar - hukumat idoralari, boshqaruv
strukturasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni aniqlash;
2. Korxonaning barqaror ishlashiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar hamda
bozor kon’yunkturasidagi noqulay o‘zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni qo‘llash;
3. Bo‘lajak hamkorlarni o‘rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va baholash;
4. Iqtisodiy ayg‘oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash;
5. Korxona sirlaridan xabardor bo‘lgan malakali xodimlarni boshqa korxonalarga jalb qilishning oldini olish;
6. Nosog‘lom raqobatchilikni engish;
7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish;
8. Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish;
9. Mehnat jamoasi a’zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash;
10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari.
Korxonani iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tamoyillarini o’rni va ahamiyati

Xavfsizlik tamoyillari - xavfsizlikni ta’minlash taktika va strategiyasiga bo‘lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini tanlashdir.


Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
* qonuniylik tamoyillari;
* mustaqillik va mas’uliyat;
* iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;
* maqsadli-dasturiy rejalashtirish;
* o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirish;
* mehnatni ilmiy tashkil qilish.
* oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg‘unligi
* Ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka
Shu bilan bir vaqtda korxona o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo‘riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog‘i qurilma va uskunalarini qo‘riqlash tartibini ta’minlash.
2. Tezkor xavfsizlik – maxfiy axborotlarga bo‘lgan vakolatni boshqarish, kelibketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash.
3. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ma’muriy faoliyat - personalni tayyorlash va o‘qitish, inspeksiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash - yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va hokazolar.
Xavfsizlik xizmati korxonaning tuzilmaviy birligi bo‘lib, xavfsizlik tartibini ishlab chiqish, o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, unga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
U o‘z faoliyatida quyidagilarga asoslanishi lozim:
  • qo‘riqlash tartibini tashkil etish bo‘yicha qoidalar;


  • rahbar, mutaxassis va texnik xodimlar uchun maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasi;


  • ma’lumotlarni texnik-muhandislik jihatidan himoya qilishni tashkil etish bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasi;


  • xorijiy vakolatxonalar va vakillar bilan ishlash bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasi.


Belgilangan vazifalarni bajarish uchun korxonaning xavfsizlik xizmati quyidagilarni amalga oshiradi:


  • ma’muriy-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik tartibini o‘rnatish va ta’minlash, mas’ul shaxslarning korxona xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha huquq va majburiyatlarini belgilash, shuningdek, korxonaning mazkur faoliyat turi sohasidagi vakolat funksiyalarini amalga oshirishga oid qarorlar tayyorlash yo‘li bilan amalga oshiriladi;


  • xo‘jalik-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik xizmatining korxona xavfsizligini ta’minlashda zarur bo‘lgan resurslarni belgilash, korxona mulki va intellektual boyliklarini saqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etishi yo‘li bilan amalga oshiriladi;


  • hisob-nazorat funksiyasi, tijorat-moliyaviy faoliyatning eng muhim yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish va korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soluvchi xavf-xatarning oldini o‘z vaqtida olish, ularning manbalarini baholash, xavfli holatlarni nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish, korxona xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillarni hisobga olish, shuningdek, korxonaning hayotiy ehtiyojlariga tahdid soluvchi g‘irrom raqiblar, ishonchsiz hamkorlar, shaxslar va tashkilotlar haqida ma’lumotlar yig‘ish yordamida amalga oshiriladi;


  • ijtimoiy-kadrlar funksiyasi, xavfsizlik xizmatining kadrlarni joylashtirish, mehnat jamoalaridagi salbiy fikrlar, ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini aniqlash, janjallarning oldini olish, xodimlarga yo‘riqnoma berish, ularda belgilangan xavfsizlik normalariga rioya qilish uchun javobgarlik tuyg‘usini shakllantirishdagi ishtiroki orqali amalga oshiriladi;


  • tashkiliy-boshqaruv funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash jarayonini boshqarishning doimiy tashkiliy tuzilmasini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va o‘z vaqtida qayta tashkil etishga boshqaruv ta’sirini ko‘rsatish, faoliyatning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha moslashuvchan vaqtinchalik tuzilmalar, alohida bo‘g‘inlar o‘rtasida belgilangan dasturiy maqsadlarga erishish uchun o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirishni tashkil etish yordamida amalga oshiriladi;


  • rejali-ishlab chiqarish funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha alohida maqsadli rejalar va dasturlar majmuini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish, xavfsizlik tartibini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarni tayyorlash va bajarish yordamida amalga oshiriladi;


  • tashkiliy-texnik funksiya, korxonada xavfsizlik tartibini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, maxsus texnikalar hamda yangi, progressiv texnologiyalar, maxfiy tartib va boshqa maxsus faoliyatlarni o‘zlashtirish yordamida amalga oshiriladi;


  • ilmiy-uslubiy funksiya, korxona xavfsizligini ta’minlashning ilg‘or tajribalarini to‘plash va tarqatish, xodimlarni o‘qitishni tashkil etish, korxona oldida yuzaga keluvchi korxona xavfsizligini ta’minlashga oid muammolarni hal qilishning ilmiy jihatdan ishlab chiqish va uning bu sohadagi faoliyatini uslubiy ko‘rsatmalar bilan ta’minlash yordamida amalga oshiriladi;


  • axborot-tahlil funksiyasi, xavfsizlikka oid ma’lumotlarni maqsadli ravishda yig‘ish, to‘plash va ular bilan ishlash, buning uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni analitik tahlil qilishning texnik va uslubiy vositalarini yaratish va ulardan foydalanish, korxonaning manfaatdor bo‘linmalari va alohida shaxslarni xavfsizlik xizmatida mavjud bo‘lganma’lumotlar bilan ta’minlash yordamida amalga oshiriladi.



Korxona xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish va boshqarish.

Korxonaning tijorat siri. Korxona tijorat sirini himoya qilish samaradorligining korxona iqtisodiga ta’siri.


Korxonaning tijorat sirlari - ishlab chiqarish, texnologik ma’lumotlar, boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardir.
Mavjud nuqtai nazarlarga ko‘ra, korxonaning tijorat sirlari umumiy holda o‘z ichiga quyidagi ma’lumotlarni qamrab oladi:
* korxonaning savdo aloqalari haqida;
* kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari haqida;
* ta’minotchi va iste’molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida;
* ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag‘lar va foyda hajmi haqida;
* bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida;
* bank opretsiyalar haqida va hokazolar.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi,
korxonaning moliyaviy va texnik imkoniyatlari bilan aloqada bo‘lganda, shuningdek ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi mavjud bo‘lgandagina to‘liq kuch bilan ishlaydi.
Bundan tashqari quyidagilarni to‘g‘ri tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi:
* tayyor mahsulot (ayniqsa tajriba namunalari) va materallarning ba’zi turlarini hisobga olish va qo‘riqlash;
* tadbirkorlik sirlari mavjud bo‘lgan hujjatlar bilan ishlash tartibi (ularni hisobga olish, saqlash, yo‘q qilish qoidalari va boshqalar);
* hujjatlarni ko‘paytirish va ulardan nusxa olish vositalarini nazorat qilish;
* aloqa vositalari va hisoblash texnikasida tijorat ma’lumotlarini himoya qilish;
* korxona hududi va uning asosiy bino va inshootlarini qo‘riqlash;
* mazkur korxonaga begona shaxslar tashrif buyurishini nazorat qilish.
Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keluvchi yo‘qotishlari umumiy ko‘rinishda quyidagalarga olib keladi:
* ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika
taraqqiyoti sohasida erishilgan ustunliklar yo‘qotiladi, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarining yo‘nalishni o‘zgartirishlari uchun xarajatlari o‘sadi;
* ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lga xom ashyo, texnologiya va hokazolarni sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar tomonidan sun’iy ravishda yaratiladi);
* korxonaning tadbirkorlikdagi sheriklar bilan hamkorligi cheklanadi, foydali
shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini bajarishda muammolar vujudga keladi;
* korxonaning yangi bozor strategiyasini yaratish, marketing tadqiqotlari tuzilmasini o‘zgartirish va hokazolarga sarflanuvchi xarajatlari o‘sadi;
* tijorat sirlarini oshkor qilganlarga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo‘llash xavfi kuchayadi.


XULOSA
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtiso-diy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi lozim.
Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo`lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshi-rishga ko`maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobi-liyati va mahoratini namoyon qilish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko`paytirishga va jahon integrastiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasi-ni mustahkamlashga davlat tomonidan katta e`tibor berilmoqda.
O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning yakka tar-tibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat ko`rsatadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi.
Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Firmalarning turlari ko`p. Ularni
  • xususiy firmalarga;


  • shirkat firmalariga;


  • davlat korxonalariga;


  • aralash firmalarga ajratish mumkin.


Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar kichik biznes sub`ektlari bo`lib hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning o`rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak.


Kichik korxonalar fuqarolar, oila a`zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat, ijara, jamoa, qo`shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xo`jalik uyushmalari, jamoat tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi.
Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezon-lar bo`lib, xodimlar soni, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy kapitalning balans qiymati hisoblanadi.
O`zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bo`lib, unda ishlovchi xodimlarning o`rtacha soni hisoblanadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda.



Download 22.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling