Marketing faoliyatini rivojlantirish yo’llari - Marketing faoliyatini rivojlantirish yo’llari
- Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning boshqa xizmatlari bilan teng huquqli bo‘lgan marketing ixtisoslashgan xizmatining paydo bo‘lishi bilan tariflanadi. Bunday xizmat mahoratni rejalashtirish va rivojlantirish, narxini tashkil qilish, mahsulotning tashqi ko‘rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan birga har bir bo‘lim o‘z manfaatlarini o‘ylaydi, shu sababli ularni tashkil etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘q va marketingning ahamiyati ham uncha katta emas.
- Korxona marketing talablarini mo‘ljal qilib faoliyatning boshqa sohalarini qamrab olishi keyingi bosqich bo‘ladi, ya’ni marketingga asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar marketing xizmatiga bo‘ysunadi. Lekin amaliyotda teskari holatlar ham uchrab turadi. Masalan, ayrim Germaniya va AQSh kompaniyalarida maxsus marketing bo‘limlari qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqarilgan.
Marketing korxona (firma) faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman integratsiyalashuvi mumkin. Qisman integratsiyada marketing firmaning turli huquqiy xizmat ko‘rsatishini bildiradi. To‘liq integratsiyada marketing asosiy funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning uchinchi bosqichida turibdi. To‘liq integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovarlari sohasidagi Amerika korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada marketingni rivojlanishi qabul qilinayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini bajarish bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatining o‘zaro aloqalari va muvofiqlashuvini talab qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali tashkil qilish va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning keyingi bosqichiga o‘tishga imkon beradi. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, korxonada marketingni tatbiq etish avvalo ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya’ni marketing axborot tizimi (MAT)ni tashkil qilishini talab qiladi. - Marketing korxona (firma) faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman integratsiyalashuvi mumkin. Qisman integratsiyada marketing firmaning turli huquqiy xizmat ko‘rsatishini bildiradi. To‘liq integratsiyada marketing asosiy funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning uchinchi bosqichida turibdi. To‘liq integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovarlari sohasidagi Amerika korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada marketingni rivojlanishi qabul qilinayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini bajarish bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatining o‘zaro aloqalari va muvofiqlashuvini talab qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali tashkil qilish va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning keyingi bosqichiga o‘tishga imkon beradi. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, korxonada marketingni tatbiq etish avvalo ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya’ni marketing axborot tizimi (MAT)ni tashkil qilishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |