Bajariladiga ishlar Semestr 50
Download 1.81 Mb.
|
1 Axborot xavfsizligi risklarini boshqarish bо‘yicha asosiy tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
1-Ma’ruzaMavzu:Axborot xavfsizligi risklarini boshqarish bo’yicha asosiy tushunchalar, fanning maqsadi va vazifalariMa’ruzachi: A.Salayev.Adabiyotlar
KirishAxborot xavfsizligi hamma uchun muhim sanaladi. Hamma foydalanuvchilar o‘zlari boshqaradigan axborotni maxfiyligini ta’minlashlari va buning uchun javobgarlikni his qilishlari shartdir.KirishXavf-xatarlarni boshqarishda xavfsizlik siyosatining eng asosiy vazifalaridan biri himoya tizimida potensial xavfli joylarni qidirib topish va ularni bartaraf etish xisoblanadi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, tarmoqdagi eng katta xavflar — bu ruxsatsiz kirishga mo‘ljallangan maxsus dasturlar, kompyuter viruslari va dasturning ichiga joylashtirilgan maxsus kodlar bo‘lib, ular kompyuter tarmoqlarining barcha obyektlari uchun katta xavf tug‘diradi. Axborot xavfsizligi sohasidagi faktlar Kuchli parol ko‘p hujumlarni bartaraf etishi mumkin. Eng yaxshi dasturiy vositalar ham zaifliklarni o‘z ichiga oladi. Xakeralar-bular hamma vaqt ham jinoyatchi emas. Bulutli texnologiya to‘liq xavfsiz emas. Yangi vosita (dasturiy-apparat) xavfsiz hisoblanmaydi. Risk(xavf) nima? Potentsial xavf Ehtimoliy, tahdidning amalga oshishi Noaniqlikning maqsadlarga ta'siri Deyarli barcha tashkilotlar xavfli hodisalar sonini kamaytirish va o'z maqsadlariga erishish uchun xavfni baholash zarurati bilan duch kelishmoqda. Tashkilotning maqsadlari uning faoliyatining turli jihatlariga ta'sir qilishi mumkin: strategiyadan tortib to mahsulotni chiqarishga, jarayonlarni ishlab chiqishga va loyihalarni ishlab chiqishgacha. Maqsadlarni ijtimoiy, ekologik, texnologik, tijorat, moliyaviy va iqtisodiy sohalarda, shuningdek, tashkilotning obro'si, uning xavfsizligi va aholiga ijtimoiy, madaniy, siyosiy ta'siri sohasida aniqlash mumkin. Tashkilotning barcha faoliyati tavakkalchilikka mos keladi. Xavflarni boshqarish noaniqlik va tashkilot maqsadlariga erishishga ta'sir qiluvchi voqealar yoki sharoitlar (rejalashtirilgan va kutilmagan) ehtimoli borasida qaror qabul qilishga yordam beradi.
Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling