Mustaqil ish 2 javoblar ijtimoiy menejment
Download 17.06 Kb.
|
MUSTAQIL ISH 2
MUSTAQIL ISH 2 JAVOBLAR Ijtimoiy menejment – boshqaruv hisoblanib, bo’lajak mutaxasislarda nazariy va amaliy ko'nikmalarni shakillantirishga, ijtimoiy jarayonlarda samarali ishtirok etishga, ijtimoiy sohani rivojlantirib insonlarga yengillik qilishga hissasini qo'shadigan, ijtimoiy tashkilotning loyihasini tuzadigan, o'z navbatida, resurslar ichida eng boy bo'lgan insonlar resursidan samarali foydalanishga asoslangan faoliyatdir. Ijtimoiy menejment fanining asosiy vazifasi jamiyat a‘zolarini bir maqsad yo’lida birlashtirish, yo’naltirish va koordinatsiyalashdir. Ular ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish subyektlari hisoblanadi. Ijtimoiy boshqaruvning maqsadi - barcha fuqarolar hayot sifatini oshirish va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta‘minlaydigan mexanizmlar yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar muvozanati asosida ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratish. Ijtimoiy menejmentning paydo bo'lishi jamiyat hayotida ijtimoiy va barcha fanlar, ayniqsa, sotsiologiya va ijtimoiy boshqaruvning rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Ijtimoiy menejment ularning asosiy qismi sifatida ijtimoiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar va ularning zimmasiga tushadigan boshqaruv va tashkiliy munosabatlar, ularning qonuniyatlari va tamoyillarini o'rganadi. Ijtimoiy menejment ijtimoiy boshqaruvning fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv xarajatlari bilan eng ko'p ijtimoiy samara olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, boshqaruv yo'qotishlari qanchalik kam bo'lsa, ijtimoiy menejmentning samaradorligi shunchalik yuqori bo'ladi. Ijtimoiy menejmentning paydo bo'lishi XX asrning 80-90 yillarida g'arbdagi boshqaruvchanlik inqilobi natijasida yuzaga kelgan. U ijtimoiy sohadagi samarali boshqarish ta‘siri va uning bozor tuzilmasi, moliya, iqtisod, boshqaruv tuzulmalarining teskari bog'likliklari bilan aloqador. Ijtimoiy boshqaruv sohasi ham ta‘sir etish obyekti, ham subyekti nuqtayi nazaridan mustaqil, ko'p tuzilmali va ommaviy bo'lib bormoqda, bu sohada o’zgacha boshqaruvchi-mutaxassis paydo bo'lmoqda. Shartnoma bo'yicha yollangan, natijalar bo'yicha boshqaruv faoliyatiga mas‘ul bo'lgan har bir menejer boshqaruv sohasida tadbirkorga aylanmoqda. Boshqaruv va boshqaruvchilarning alohida instituti – bozor shakllanmoqda. U davlat boshqaruvi bilan munosib raqobatlashmoqda. Jahon tajribasi shuni ko'rsatdiki, bu nafaqat menejerlar, balki davlat boshqaruv organlarining ham mas‘uliyatli va professional jamoasini shakllantirishda asosiy mexanizm ekan. Ijtimoiy menejmentning tizimi ko’p funksiyali bo'lib, ijtimoiy soha tuzilmasiga mos keladi. U quyidagi omillar bilan xarakterlanadi: 1) aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi daromad; 2) oilaviy daromad; 3) eng kam hayot darajasi; 4) iste‘mol savati; 5) bandlik; 6) ta‘lim; 7) tibbiyot xizmati, ovqatlanish sifati; 8) ekologik holat (havo, atrof-muhit holati); 9) demografik holat (tug'ilish, o'lim, umr ko'rish); 10) shaxsiy xavfsizlik holati; 11) jinoyatchilik darajasi; 12) ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy kommunikatsiyalar ahvoli; 13) jinoyatchilikka qarshi kurash; 14) himoyasiz guruhlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash (nafaqaxo'rlar, bolalar, nogironlar); 15) onalik va bolalikni saqlash; 16) mehnat muhofazasi, ish haqi; 17) bo'ysunmas xulq; 18) jismoniy tarbiya va sportning ahvoli; 19) madaniy muhit, uning moddiy-texnik bazasi ahvoli; 20) tovar va xizmatlar sohasi.
9)Ustuvor vazifalarni to’g’ri belgilang. 10)Atrofingizdagi hamma narsalarga e’tiborli bo’ling. Atrof – yangi tajribalar va yangi g’oyalar uchun ajoyib manba. 11)Ishingiz o’xshamasa nolish bilan vaqt o’tkazmang, irodani mustahkam qiling. 12)Futbol tili bilan aytganda dunyoda o’yinchi bo’ling, hakam emas. Chunki o’yinchi - aniq nishonni(darvoza), hakam esa xatoni qidiradi. 13)Unutmag: erta uxlash va erta turish sizni sog’lom, boy va aqlli bo’lish omilidir. Download 17.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling