Бажариладиган иш мазмуни


Download 50.6 Kb.
bet4/10
Sana24.04.2023
Hajmi50.6 Kb.
#1395756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13 bog\'cha hamkorlik..

YIG’ILISH QAROR QILADI:

  1. Kun tartibida ko’rsailgan mulohazalar, fiklar axborot sifatida qabul qilinsin

  2. “MTT o’qituvchilariga o’quv-uslubiy yordam berish, ilg’or usullarni joriy qilish va mashg’ulotlarini olib borish bo’yicha amaliy yordam berish” bo’yicha o’tkazilgan trenning yuqori saviyada tashkil etilgan deb topilsin.


Yig’ilish raisi: N.O.Roziqova
Bayonlashtirdi: N.N.Hamroyeva

MA’LUMOTNOMA

Berildi shu haqidakim, 14.09.2021 Buxoro davlat universiteti, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti, Maktabgaha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi N.N.Hamroyeva, “Farzandlarimizni milliy adabiyotimiz ruhida tarbiyalash, buyuk siymo va ma’rifat egalari ijodi va hayotiga bag’ishlangan tadbirlarni tashkil etishda ko’maklashish maqsadida trenning mashg’uloti o’tkazdi.



13-Maktabgacha ta’lim tashkiloti
direktori: N.O.Roziqova
13-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
14.09.2021 Buxoro shahri
Qatnashdilar:
MTT direktori N.O.Roziqova , MTT tarbiyachilari Hasanova O.S, Sharipova Sh, Sultonova Sh.Y, Durmatova .
BuxDU Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti, Maktabgaha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi N.N.Hamroyeva.
Kun tartibi:

  1. “Farzandlarimizni milliy adabiyotimiz ruhida tarbiyalash, buyuk siymo va ma’rifat egalari ijodi va hayotiga bag’ishlangan tadbirlarni tashkil etishda ko’maklashish maqsadida o’tkazilgan trenning mashg’uloti muhokamasi

Eshitildi:
N.O.Roziqova (yig’ilish raisi) so’zga chiqib, shu maqsadda o’tkazilgan “O’zing mening ulug’lardan ulug’imsan, Vatanim!” tadbiri oraqili, odam farzandi uchun vatan bamisoli onaday, bamisoli otaday, bu yorug’ olamda bitta, yagona. Vatan borki, biz bormiz. Ona bor mehrini farzandiga ataganiday, Vatan boshida kulgan quyosh kabi bizni o’z harorati og’ushida erkalashi, uning bag’rida kulgan bahor - bizning bahorimiz, Vatan erishgan zafar - bizning ko’chamizda bayramlarni boshlashi xususida gapirdi.
O.S.Hasanova (MTT tarbiyachisi) Bolalarning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda bunday tashkil etilayotgan tadbirlarning o’rni beqiyosligi, istiqlol-o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolarining o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, ana shu umumiy mezonlar asosida yashash kerakligi xususida gapirdi.
N.N.Hamroyeva (MT kafedrasi katta o’qituvchisi) so’zga chiqib, vatanga muhabbatni bolalardan tarbiyalash, baxtiyor zamondoshlarimizning olg’a tomon harakatlarida, intilishlarida, ularning yuksak ezgu maqsadlar sari xayrli izlanishlarida o’z ijobiy samarasini namoyon etayotgani, milliy istiqlol bamisoli sehrli mo’jiza yanglig’ berkilib qolgan buloqlar ko’zini ochib, ming-minglab tashna lablarga obi hayot ato etganidek, yurtimiz odamlarining ham yuzlariga quvonch, ko’zlariga ziyo bag’ishlab, emin-erkin qilib, ularning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida javlon urishlari, o’z iste’dodu iqtidorlarini, ijodkorliklarini to’la-to’kis namoyon etishlari uchun keng ufqlar ochib berayotgani xususida gapirdi.
G.B.Ergasheva (MT kafedrasi o’qituvchisi) o’tkazilgan tadbir haqida o’z fikr mulohazasini bildirib, inson uchun ozodlikdan qadrli ne’mat yo’qligi, dunyodagi jamiki bunyodkorlik va yaratuvchanlikning asosi – ozodlik ekanligi, tarixan qisqa bir davrda, avvalo el-yurtimizning xohish-irodasi, kuch-qudrati, mashaqqatli va bunyodkorona mehnati evaziga jahon xaritasida yangi, o’z kuchi va salohiyatiga tayangan, bugun taraqqiyot yo’lidan barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan mustaqil, suveren O’zbekiston davlatining paydo bo’lgani, hech shubhasiz, xalqimizning tarixiy g’alabasi ekanligi bugungi tadbir yuqori saviyada tashkil etilgani xususida gapirdi.
Sh.Sh.Nizomova (MT kafedrasi o’qituvchisi) so’zga chiqib, Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi bugungi tadbir yuqori saviyada tashkil etilgani, rang-barang bayroqchalar, lentalar, gullar va turli hil sharlar bilan bezatilgan maydon va zalda “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan”, “Yurtim senga jonim fido”, “Vatan uchun yashaylik”, “Bu yorug‘ olamda Vatan bittadir” singari shiorlar osilgani baramoa shukuh va tadbirga barcha astoyidil tayyorgarlik ko’rgani, Vatanga muhabbat har bir qalbda bo’lishi kerakligi xususida gapirdi.
Sharipova Sh (MTT tarbiyachisi) so’zga chiqib, istiqlol sizu bizdan fidoiylikni, vatanparvarlikni talab etadi. Bugun o‘zini shu aziz yurtning farzandi deb bilgan har bir o‘g‘il qiz qalbida Vatanimizga yuksak muhabbat, chuqur ehtirom mujassamligi, yuraklari g‘urur va iftihorga to‘la tengdoshlarimiz qalblarida kelajakka ishonch, yurtga saodat tuyg‘ulari jo‘sh urayotgani, farzandlarimizni mana shunday vatan tuyg’usi ruhida tarbiyalab borish kerakligi xususida gapirdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,

Download 50.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling