Бажариладиган иш мазмуни
Download 50.6 Kb.
|
13 bog\'cha hamkorlik..
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’LUMOTNOMA
- 34-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI 02.06.2022 Buxoro shahri Qatnashdilar
- Kun tartibi: “Bolalar nutqini o’stirishda xorijiy tajribalarning o’rni” mavzusida master klas -trenning muhokamasi Eshitildi
YIG’ILISH QAROR QILADI:
Kun tartibida ko’rsailgan mulohazalar, fiklar axborot sifatida qabul qilinsin “MTTda mashg’ulot jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi seminar trenningi yuqori saviyada tashkil etilgan deb topilsin. Yig’ilish raisi: N.O.Roziqova Bayonlashtirdi: N.N.Hamroyeva MA’LUMOTNOMA Berildi shu haqidakim, 06.06.2022 Buxoro davlat universiteti, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti, Maktabgaha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi N.N.Hamroyeva, “Bolalar nutqini o’stirishda xorijiy tajribalarning o’rni” mavzusida master klas -trenning mashg’uloti tashkil etdi. 13-Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori: N.O.Roziqova 34-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI 02.06.2022 Buxoro shahri Qatnashdilar: MTT direktori N.O.Roziqova, MTT tarbiyachilari Hasanova O.S, Sharipova Sh, Sultonova Sh.Y, Durmatova G.O, Rahmonova Sh. BuxDU Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti, Maktabgaha ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi N.N.Hamroyeva Kun tartibi: “Bolalar nutqini o’stirishda xorijiy tajribalarning o’rni” mavzusida master klas -trenning muhokamasi Eshitildi: N.O.Roziqova, (yig’ilish raisi) so’zga chiqib, zamonaviylarning asosiy g'oyalaridan biri bolalar nutqini o’stirish yangi usullarini, to'liq tendentsiyalar, maqbul ehtiyojlar, ota-onalarning kognitiv ehtiyojlarini o'rganish zarurligi, Maktabgacha ta'limda innovatsiyalar o'rnatilgan ta'lim an'analarini eksperimental va ijodiy tushunish bo'yicha hamma joyda qidirib topilgan, ko'p yillik amaliyotga ega bo'lgan tarbiyachilar ham tajriba pedagogik joylari va maktabgacha tashkilotlar faoliyatida izchil innovatsiyalarni amalga oshirishni ta'minlash qiyin bo’layotganligi uchun ham bugun BuxDU va Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi xususida gapirdi. Sh.Sultonova (MTT tarbiyachisi) Bolalar nutqini o’stirishda zamonaviy texnologiyalar, metod va usullar, zamon talablariga javob bеradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas boq`liqligi uchun ham, bugun BuxDu Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan m aster klass samarali kechgani xususida gapirdi. N.N.Hamroyeva (MT kafedrasi katta o’qituvchisi) so’zga chiqib, kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanishi, kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib kelishi, amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi faoliyati bilan olib borilishi, innovatsion metodlar “Corparative learning”, “Jigsaw”, “Sinektika”, “Intelekt xarita” kabi metodlar mohiyatini tushuntirdi. Sh.Sh.Nizomova (MT kafedrasi o’qituvchisi) o’tkazilgan seminar tranning haqida o’z fikr mulohazasini bildirib, innovatsion texnologiyalar, bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ijtimoiy rivojlanishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda, bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va xushmuomalalilik kabi xislatlarni tarbiyalamoq zarurligi, kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki, qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakatga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini ko‘rsatishdan «aynitadi», himoya mexanizmlari – o‘zi bilan insoniy olam o‘rtasidagi «devor», atrofdagi olamni «ko‘rmaslik» paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga javob bermaydi, suratlarda odamlarni «ko‘rmaydi», odamlar va hayvonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamasligi xususida gapirdi. G.B.Ergasheva (MT kafedrasi o’qituvchisi) so’zga chiqib, Bolalar nutqini o’stirish bugungi kun dolzarb masalasi ekanligi, amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon dеb - innovatsion o`zgarishlarga tayyorgarlik ko`rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytilishi, ta'lim jarayonidagi innovatsion o`zgarishlar, ta'lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bеvosita o`qituvchi faoliyatini yangilash va o`zgartirish orqali amalga oshirilishi ham muallif tomonidan qayd etilgani, pеdagogik jamoani harakatga kеltiruvchi, olq`a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir ekanligi xususida gapirdi. G.O.Durmatova (MTT tarbiyachisi) so’zga chiqib, nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etilishi, nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak- atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhim ekanligi, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish lozimligi xusuida gapirdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Download 50.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling