Bajarish muddati


Download 35.94 Kb.
bet1/3
Sana10.03.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1257002
  1   2   3
Bog'liq
Audio axborotlarni kodlash


Labaratoriya ishi_5
Bajarish muddati: 29.11.2017 dan 6.12.2017 gacha
Mavzu : Audio axborotlarni kodlash
Ishning maqsadi:

  1. Audio axborotlar va ularning xususiyatlarini o’rganish.

  2. Audio axborotlarni kodlashning usullarini o’rganish.

  3. Audio axborotlar bilan ishlovchi dasturlarni o’rganish.

Nazariy qism.
Audio axborotlar-ovozli (tovush) ko’rinishdagi axborotlar tushinilib, ularni kodlashda turli hil audio dasturlari qo’llaniladi.
Multimediya vositalari va ulardan foydalanish.
Multimediya vositalari (multimedia- ko’p vositalilik)- bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga imkon beruvchi tehnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilarga quyidagilar kiradi:

  • An’anaviy(matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar) Original(nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrafon , audio-tizmlar, optic kompakt disklar, televizor, videomagnitafon, videokamera,electron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;

  • Muayya vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra static bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda , audio va video signallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi , ma’lumotlarni uzatish shinasinig o’tkazish qobilyati , operativ (tezkor) va video-hotira katta sig’imli tashqi hotira (ommaviy hotira) , hajm va kompyuter kiritish – chiqarish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi;

  • Inson kompyuter interaktiv muloqotning yangi darajasi , bunda muloqot jarayonoda foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimediya tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutahassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha , multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio,video,matn, grafika va animatsiya(obyektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o’quv materiallari o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, hozirgi kunda ta’lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tatbiq qilinmoqda. Hatto , har bir oila multimedia vositalarisiz hordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 1981-yildagi yalpi abaroti 4 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 1994-yili 16 mlrd.AQSH dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim soxasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoya ketganligi, avvalambor ular unimdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa hotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa , axborotni hotirada saqlab qolishni 25-30% oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni hotirada saqlab qolish 75% ortadi . Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o’rganish jarayonida yana bir ishonch hosil qildik. Audio axborotlar bilan ishlash bugungi kunda tez suratlarda rivojlanib bormoqda.
Audio ma’lumotlarni qabul qilish va saqlash
Ovozli toʽlqinlar mikrofon yordamida elektron signallarga oʽtkaziladi. Bu elektrik signallar audio ma’lumotlar sifatida ifodalangan. Agar ovozli signalar audio – kassetaga yozilgan boʽlsa, bu ovozlar kassetali qurilma orqali chiqariladi. Barcha pleyerlarda audio ma’lumotlarni chiqarish moslaalari mavjud. Bu signallar ma’lumot shaklini oʽzgartiruvchi (analogli/raqamli) A/R konverterga beriladi. Bozorlarda A/R konverterlarning turli hillari mavjud. Agar biz telefon soʽzlashuvini raqamlashtirmoqchi boʽlsak, soniyasiga 6700 ta signallar na’munalari kiruvchi, raqamli chiqishi 8 bitli boʽlgan A/R konverterdan foydalanamiz . Agar tovushni yuqori aniqlikda raqalashtirish lozim boʽlsa, raqamli chiqishi 16 bitli boʽlgan A/R konverterdan foydalanishimiz mumkin. Bunda 1soniyadagi signallar na’munalarining soni 44100 ta bo’ladi.



Audio signal


A/Rkonverter



Raqamli signal


Xotira


A/R konverter shakllantirgan raqamli ma’lumotlar xatirada saqlanadi. Ushbu xotiraning hajmi raqamlashtirilib saqlanuvchi audio ma’lumot tipi va uning davomiyligiga bogʽliq. Telefon soʽzlashuvini raqamlashtirib xotirada saqlash uchun 1 daqiqasiga = 392 KB joy zarur. Ushbu katta boʽlmagan va yarim oʽtkazgichli saqlash birligi samaralidir. Musiqani yuqori aniqlikda ijro etiladigan qilib saqlash uchun uning 1 daqiqasiga =10,1 MB joy talab qilinadi. Musiqalar telefon soʽzlashuviga qaraganda uzoqroq davom etadi. 60 daqiqali musiqiy ma’lumotni saqlash uchun xotiradan 60*10,1 MB = 606 MB joy talab qilinadi. Buni saqlash uchun qattiq disk yoki CD – ROM dan foydalanishimiz lozim. SHK ga oʽrnatilgan qattiq disk sigʽimligi tahminan 800 Gb va CD – ROM sigʽimligi tahminan 700 MB ga teng. Ovozli ma’lumotlarni raqamlashtirish uchun A/R konverterlar deb yuritiluvchi elektron tizimlardan foydlanishimiz haqida aytgan edik. Bunday tizim SHK ning ona platasidagi elektron tizimga toʽldiruvchi karta sifatida joylashtiriladi va ovozli karta deb yuritiladi. Audiokassetadagi musiqani raqamli koʽrinishga oʽtkazish uchun kassetali qurilmaning mos ulagichini ovozli kartaga kirish porti (gnezdo) orqali ulanadi. Bu esa kompyuterdagi ovozli ma’lumotni qabul qiluvchi dasturni ishga tushiradi. Dastur ovozli kartadan foydalanib kiruvchi ovozli ma’lumotni raqamli koʽrinishga oʽtkazish va qattiq diskda fayl sifatida saqlash amalini bajaradi. Bu usulda saqlangan fayl .wav kengaytmaga ega boʽladi va toʽlqinli fayl deb nomlanadi. Multimediali SHK larda yaxshi sifatdagi dinamiklar ham ulangan boʽladi. Raqalashtirilgan ovozli ma’lumotlarni ovozli karta yordamida chiqarish mumkin. Kartada analogli – raqamli A/R konverter deb nomlanuvchi elektron tizimlari mavjud boʽlib, toʽlqinli faylda saqlanuvchi bitlar ketma – ketlgini oʽqiydi, ularni uzluksiz oʽzgaruvchi analogli signal koʽrinishiga oʽtkazadi, bu tovushni kuchaytiradi va tovush chiqaruvchi orqali uzatadi. Dinamikalarning balandligini boshqaruvchi regulyator orqali tovushning past – balandligi boshqariladi. Toʽlqinli fayllardagi ma’lumotlarning barchasi raqamli koʽrinishda, aniqrogʽi bitlar ketma-ketligi koʽrinishidagi boʽlishini ta’kidlash mumkin. Kassetadagi musiqani SHK diskida saqlash jarayonida har bir qoʽshiq uchun fayl nomini oʽzingiz berishingiz mumkin. Har zaruriyat tugʽilganda tegishli qoʽshiqni fayl nomi orqali diskdan topish va eshitish mumkin boʽladi. Bundan tashqari qattiq diskdagi musiqani kompakt – diskka nushalash ham mumkin.


Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling