To‘g‘ri javob: A.
Manba: B.Mengliyev va boshqalar. 10-sinf ona tili darsligi. "O‘qituvchi" NMIU. Toshkent-2020.
Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz
shaxs-son qo‘shimchasi bir o‘rinda birlik va bir o‘rinda ko‘plik ma’nosini ifodalab kelgan?
Endi menga ruxsat berasiz, hali ishlarim ko‘p, − dedi auditoriyaga qarab.
Ikkingiz turmush qurasiz, keyin shu yerda yashaysiz.
Hali boshqa odamlar bilan ham do‘stlashasiz, aziz bolalar.
Hozir mana bu rasmni chizasiz, o‘g‘lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to‘ldiramiz. “Siz ham menga juda yoqasiz”, − dedi unga.
Kech bo‘lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz.
Hamma yig‘ilsin, biz bilan birga jo‘naysiz.
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun shaxs-son qo‘shimchalari va ularning uslubiyati haqidagi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi.
Test toshirig‘ining A javobidagi birinchi gapda qo‘llangan -siz shaxs-son qo‘shimchasi yakka shaxsni bildirib hurmat ma’nosida qo‘llangan. Ikkinchi gapdagi -siz shaxs-son qo‘shimchasi esa ko‘plikdagi shaxslarni bildiradi, ya’ni auditoriyaga (metonimiya asosida so‘z ma’nosi ko‘chgan) murojaat qilish orqali bir emas, bir nechta tinglovchi nazarda tutilgan.
C javobdagi har ikki gapda -siz shaxs-son qo‘shimchasi yakka shaxsni bildirib kelgan.
B, D javobdagi har ikki gapda -siz shaxs-son qo‘shimchasi ko‘plikdagi shaxs-son ma’nosini ifodalagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |