Bajaruvchi: Aliyeva n tekshiruvchi: Xo‘janiyazova Sh
-§. Lisoniy qolipning asosiy turlari
Download 177.66 Kb.
|
Kurs ishi
2-§. Lisoniy qolipning asosiy turlari
Lisoniy birikmalarning qoliplar asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilalarni 3 guruhga birlashtirish mumkin: yasama so’zlar; so’z birikmasi; gap. (ishla) yasama so’zi [ish] leksemasi va [lar] morfemasining, kitobni o’qimoq nutqiy so’z birikmasi [kitob] va [o’qi] leksemalarining, O’qidim gapi esa [o’qi] leksemasi va [-dim] kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo’lgan. (ishla) so’zi [ot+la = asosdan anglashilgan narsa bilan shug’ullanmoq] so’z yasash qolipi mahsuli bo’lsa, kitobni o’qimoq so’z birikmasi [ot +fe‘l] LSQsi, O’qidim gapi esa [WPm] qolipi hosilasidir. Bular sirasida so’z yasash va so’z birikmasi qoliplari tushuncha ifodalovchi - atash(nominativ) vazifa bajaruvchi hosilalarni beradigan qoliplar bo’lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi (kommunikativ) hosilalarni tug’diruvchi qoliplar hisoblanadi. So’z yasash qolipi lisoniy bo’lsa-da, lekin sintaktik mohiyatga ega emas. Shuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida so’z yasalishi bo’limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosilalar beruvchi, ya‘ni so’z birikmasi va gap qoliplari tekshiriladi. Qolipdan chiqqan g‘isht o‘lchami va shakli jihatdan o‘xshash bo‘ladi. Lekin tuproqqa bog‘liq ravishda u turli rang va vaznda bo‘lishi mumkin. Bu har xillik qolipga aloqador bo‘lmagan jihatlardir. LSQlarni aniqlashda ham LSQlarga daxldor bo‘lmagan, bir qolipdan chiqqan nutqiy hosilalarning turli-tumanligini keltirib chiqarayotgan hodisalar LSQga bog‘liq bo‘lmagan nosintaktik hodisalar sifatida ahamiyatsiz deb qaraladi va e’tibordan soqit qilinadi. Masalan, Salimaning kitobi nutqiy hosilasining mohiyati, ya’ni LSQsini aniqlamoqchi bo‘lsak, biz shu ko‘rinishdagi va turdagi so‘z birikmalarini tasavvurimizda to‘plab, saralaymiz. LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalarning eng umumiy moddiyligining sintezidir. U umumiy shakl ekan, uning xususiy shakli sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda - so‘zlar va qo‘shimchalar vositasida ifodalangan, o‘qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilish mumkin bo‘lgan shakl tushuniladi. LSQning mazmuniy tomoni. LSQning chap tomoni uning mazmuniy jihatidir. Yuqorida keltirilgan [ismq.k.+isme.q.=qaratuvchi-qaralmish] qolipining o‘ng, ya’ni mazmuniy qismini «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang munosabatlar» tashkil etadi. «Rang-barang munosabatlar» deganda har bir nutqiy so‘z birikmasidan anglashiladigan turli ma’no va munosabatlar tushuniladi. Masalan:
Birikmalarning o‘ng tomonida ularning xususiy ma’noviy belgilari ko‘rsatilgan. Belgilar qolipning o‘ng tomonida «rang-barang ma’noviy munosabatlar» deya birlashtirilgan. Ma’lumki, ko‘pincha, ma’no deganda so‘z atayotgan narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar tushuniladi. Masalan, [kitob] leksemasi aytilganda, uning ma’nosi sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin biz hozirgina keltirgan LSQ ma’nosi esa bunga o‘xshamaydi. Nega? Chunki [kitob] leksema bo‘lib, uning ma’nosi leksikdir. Lekin LSQ sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma’nosi ham sintaktik bo‘lmog‘i darkor. Sintaksisda esa «tobe-hokim», «qaratuvchi-qaralmish», «to‘ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi tushunchalar katta ahamiyatga ega bo‘lib, sintaktik munosabatlarni ifodalaydi. Bu munosabatlar esa sintaktik ma’no sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o‘ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun - qism», «sabab - oqibat», «holat - uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo‘la olmaydi? degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, ular alohida birikmalarning ma’nolarini alohida-alohida aks ettiradi. Lekin LSQlari bitta. [ismq.k.+isme.q.= qaratuvchi-qaralmish] qolipining mazmuni esa cheksiz nutqiy hosilalarning ma’nolarini umumlashtiradi. LSQning [ismq.k.+isme.q.] shakliy tomoni birikuvchi so‘zlar munosabatlaridan umumlashtirganligi kabi mazmun tomoni ham nutqiy birikmalarning alohida-alohida ma’nolarini umumlashtirish natijasi bo‘lmog‘i lozim. Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida har bir gap bo‘lagi, har bir so‘z birikmasining har bir gapdagi, matndagi, qurshovdagi ma’nolarini tavsiflashga ko‘p e’tibor qaratiladi. Masalan, uyni qurmoq birikmasida uyni so‘z shaklining, yoki to‘ldiruvchining ma’nosi «yaratiladigan, bunyod etiladigan narsa», uyni buzmoq birikmasidagi uyni so‘zshaklining ma’nosi «yo‘qotiladigan manba» tarzida ta’riflanadi. Lekin mulohaza yuritilsa, bu ma’nolar sintaktik emas, balki lug‘aviy bo‘lib, aslida buzmoq va qurmoq so‘zlariga xos ma’nolardir. LSQlar esa cheksiz so‘z birikmalarining umumlashmasidir. Shu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so‘z birikmalarining alohida-alohida ma’nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o‘xshash tomonlarni ajratish asosida tiklanadi. Demak, umumiy, lisoniy ma’no xususiy jihatlarni idrok etish asosida birlashtirishdir. Xususiy ma’nolar, ya’ni har bir so‘z birikmasidagi tezda anglanadigan, ilg‘anishi oson bo‘lgan ma’nolar ular zamiridagi mohiyatni to‘sib turadi. Ana shu mohiyat anglanishi bilan tadqiqotchi ko‘rinib turgan ma’nolarning rang-barangligi «aldamchi» ekanligiga ishonch hosil qiladi. LSQlarni ajratishning ahamiyati. Tabiatda sof narsa uchramaydi. Ќar bir modda turli-tuman narsalarning qorishmasidir. Biroq sof moddani ajratib olish maqsadida uzoq vaqtlar davomida tadqiqotlar olib borilgan. Shu tariqa tozalangan atom ximiya fanidagi buyuk «topilma» bo‘ldi. Bu D.Mendeleev davriy jadvalida o‘z aksini topdi. Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Tozalangan atomlardan tabiatda uchramaydigan, lekin zarur bo‘lgan turli-tuman sun’iy moddalar hosil qilinganidek, «tozalangan» LSQ ham boshqa «tozalangan» fonetik, leksik, morfologik hodisalar kabi, bugungi kunda tilni «mashinalashtirish», ya’ni kompyuter orqali matn tarjima qilish, tuzatish, tekshirish kabi zamonaviy «yumush»larda muhim qimmat kasb etadi So’z birikmasi va gap qolipi hosilalarida leksemalashish So’z birikmasi lisoniy qolipining voqelanishi «lison-nutq» yo’nalishida bo’lib, bu yo’nalish umumiylikdan oraliq ko’rinishlar orqali xususiyliklarga - nutqiy hodisalarga qarab boradi. Masalan; [W - W] [Wmv - Wmv] [Ikk -Iek] [O qk - Oeq ] [Karimning kitobi] Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo’lsa [O qk - Oeq ] quyi lisoniy sintaktik qolipdir. [Karimning kitobi ] hosilasi ana shu LSQ asosidagi nutqiy SBdir. LSQ ni tiklash xususiylik (nutqiy hosila)lardan oraliq ko’rinishlar orqali umumiyliklar sari boradi va bu jarayon «nutq-lison» yo’nalishida kechadi. Nutqiy SBning voqelanishida boshlang’ich nuqta [W-W] qolipi bo’lsa, uni tiklashda (Karimning kitobi) kabi nutqiy SBlar asos bo’lib xizmat qiladi. Har qanday so’z birikmasi qolipi hosilasi davrlar o’tishi bilan lisoniy bosqichga ko’tarilishi – leksemalashishi mumkin. Masalan: [Wqk-Wek]=qaratuvchi-qaralmish qolipi hosilalari - qo’lqop, xonqizi, kirsovun, tomorqa, tokqaychi, qo’ziqorin,belbog’. [Ik.q -F] qolipi hosilalari – kungaboqar, o’rinbosar, beshiktervatar, echkiemar, ko’zboylog’ich, kallakesar, husnbuzar, dunyoqarash,tinchliksevar [W-F] qolipi hosilalari -beshotar, birqoqa, iskabtopar, ishlab chiqarish, tezpishar, ertapishar, cho’rtkesar, yebto’ymas [I-О] qolipi hosilalari -toshko’mir, tuyaqush, karnaygul, oybolta, ko’kkarg’a, qoraqurt, mingoyoq, qizilishton, ajdargul, xo’rozqand, beshbarmoq, beshqarsak, YEttisuv, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, qirqog’ayn, hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj, xomkalla, sho’rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan, sho’rtumshuq, balandparvoz Sodda gap qolipi hosilalarida lisoniylashish. - ustabuzarmon, gulbeor, oshko’k, yoqavayron, xonavayron, xudobezor, otabezori, gadoytopmas; Shuningdek, iboralar ham shu jarayonni boshidan kechirgan: Aravani quruq olib qochadi – aldaydi., Yulduzni benarvon uradi –epchil. So’z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish Yasama so‘zlar lisoniy ham, sof nutqiy ham bo‘lishi mumkin. Misol sifatida quyidagi so‘zlarga murojaat qilamiz. Paxtakor, ishchi, kitobchi, domladosh, aqlli, daftarchi, sharsimon, uysimon. Bu so‘zlarni ikki guruhga bo‘lamiz: paxtakor, ishchi, aqlli, sharsimon; kitobchi, domladosh, daftarchi, uysimon. Har ikkala guruh so‘zlari ham yasama so‘zlar hisoblanadi. Biroq ulardan birinchisi qulayligi, odatlanilganligi, keng iste’molligi bilan xarakterlansa, ikkinchi guruh so‘zlari unchalik qulay emasligi, kam iste’molliligi, favquloddaligi bilan birinchi guruh so‘zlaridan ajralib turadi. Demak, birinchi guruh yasama so‘zlari ijtimoiy shartlanganlik xossasiga ega va shu boisdan yuqoridagi zikr etilgan belgilar ularning barchasi uchun umumiydir. Ikkinchi guruh so‘zlari esa nutqiy hodisa ekanligi, endigina so‘z yasash qolipidan chiqqanligi bois, odatlanilmaganlik, favquloddalik kasb etgan. Ko‘rinadiki, nutqiy yasama so‘zlarning ayrimlari nutq bosqichidagina mavjud bo‘lsa, ba’zilari o‘zlarini chiqargan qoliplardan uzoqlashib, bir butun holda lisoniy sathga ko‘tarilib ketadi. Hosilalarining lison va nutqqa munosabati jihatidan so‘z yasash qoliplari ham farqlanadi. Biz ularni unumsiz (tarixiy) va unumli (zamonaviy) so‘z yasash qoliplari sifatida farqlaymiz. Unumli so‘z yasash qoliplari deganda tilimiz tarixida ham, bugungi kunda ham cheksiz yangidan-yangi so‘zlar yasaydigan qoliplar tushuniladi. Masalan, [[aniq ot]+[chi]=ot anglatgan narsa predmet bilan shug‘ullanuvchi kishi] qolipi hosilalarini kuzataylik. Bu qolipdan ishchi, bo‘zchi, futbolchi, dasturxonchi, ovchi kabi bugungi kunda lisoniylashgan, leksemalashgan hosilalar bo‘lgan so‘zlar ham, noschi, daftarchi, telefonchi, pomidorchi kabi lisoniylashmagan, ma’lum bir nutq jarayonidagina yasalayotgan o‘tkinchi nutqiy hosilalar ham vujudga kelgan. Unumli so‘z yasash qoliplari yasalish xususiyatiga ega bo‘lgan barcha so‘z turkumlarida mavjud. (Bu haqda «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining «So‘z yasalish» bo‘limida batafsil ma’lumot olasiz.) Unumsiz (tarixiy) so‘z yasash qoliplari bugungi kunda hosila bermaydigan, so‘z yasash uchun xizmat qilmaydigan qolip-lardir. Masalan, keskin, to‘lqin, bosqin, uchqun, tuyg‘un so‘zlari [[fe’l ]+[gin]=ot] qolipi asosida hosil qilingan. Biroq ushbu qolipdan chiqqan hosilalar rang-barang bo‘lib, ulardan anglashilgan ma’nolarni qolipning tenglik belgisidan o‘ng tomondagi mazmuniy tomonidan keltirib chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu hosilalar tarixiy yasama so‘zlar bo‘lib, davrlar o‘tishi bilan ularning ma’noviy tabiatida ham, grammatik jihat-larida ham evolyutsiya jarayoni kechgan. Chunki qolip bugungi kunda ishlamaydigan, foydalanilmaydigan holga kelgan, ularning hosilalari esa qolipdan behad uzoqlashib, ma’nolarning ixtisoslashishi va bir-biridan uzoqlashishi yuz bergan. Natijada aslida bir qolipdan chiqqan hosilalar (yasama so‘zlar) mustaqil leksemalarga aylanib, bir-birinikiga yaqin va bog‘liq bo‘lmagan turli-tuman ma’nolarni anglatadi. Tadqiqotchilar o‘zbek tilidagi unumsiz (tarixiy) so‘z yasash qoliplarining yuzga yaqin ko‘rinishini ajratishadi. 2-§. Qo’shma, juft, takroriy so’z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish Semamalarning nutqda «kichraygan» holda namoyon bo‘lishi yoxud (lisoniy sathda) sememalarning semalarga aylanishi qo‘shma, juft leksemalarda yoki so‘zlarda yanada yorqinroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qo‘shma leksemalar tarixan ikki va undan ortiq o‘zak (lug‘aviy morfema) ning shakliy va mazmuniy butunlikka aylanishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, belbog‘, tezoqar, belkurak leksemalari. Bundagi, deylik, belbog‘ leksemasi sememasini quyidagicha tavsiflash mumkin: «belni bog‘lash uchun ishlatiladigan mato». Demak, semema «bel», «bog‘lash», «mato» semalaridan tashkil topgan. Sememadagi «bel» semasi bel leksemasi sememasining toraygan «semalashgan» ko‘rinishidir. Juft leksemalarda ham bu holatni kuzatish mumkin. Masalan, ota-ona leksemasi sememasi tarkibida ota va ona leksemalari sememalari semalar sifatida ishtirok etgan. Nutqiy qo‘shma va juft so‘zlarda ushbu butunlikka asos bo‘lgan leksemalarning sememalari nutqiy ma’no bo‘lakchalari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, kitob-daftar juft so‘zining «kitob-daftar va unga yaqin o‘quv qurollari» deb tavsiflanuvchi ma’noviy tabiati tarkibida kitob va daftar leksemalari sememalari nutqiy ma’no bo‘lakchasi sifatida yuzaga chiqqan. Demak, barcha yasama leksemalarda yasalishga asos leksema sememasi sema darajasiga tushgan holda, nutqiy yasama so‘zlarda esa nutqiy ma’no bo‘lakchasi sifatida yuzaga chiqadi. Qo’shma fe’l tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi: a) ism+fe’l; b) fe’l+fe’l. Ism+fe’l tipidagi fe’lni hosil qilishda yordamchi fe’l vazifasida qilmoq, etmoq, aylamoq, bo’lmoq, bermoq, olmoq, topmoq, yemoq, urmoq, ko’rmoq, kelmoq, keltirmoq kabi birlik keladi: abgor qilmoq, ado bo’lmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, javob olmoq, xalal bermoq, xabar olmoq, qiron solmoq, tartibga keltirmoq, oh urmoq, tush ko’rmoq, qo’nim topmoq kabi. O’zbek tilida fe’l+fe’l tipidagi fe’l barmoq bilan sanarli: sotib olmoq, olib bormoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, olib qochmoq, ishlab chiqarmoq kabi. Juft fe’l grammatik shakliga ko’ra ikki ko’rinishda bo’ladi: Biri ravishdosh shaklida, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib-o’rgilmoq, yelib-yugurmoq, yayrab-yashnamoq, o’ynab-kulmoq, qo’llab-quvvatlamoq. Har ikki qismi bir xil shaklda: aylanib-o’rgilib, o’ylamay-netmay, aralashib-quralashib, achib-bijib, tejab-tergab, qisinib-qimtinib, yuvib-tarab, yayrab-yashnab. O’zbek tilshunosligida fe’l ibora bilan qo’shma fe’l chegarasi aniq oydinlashtirilmagan. Juft fe’l tarkibiy qismining qo’llanishiga ko’ra quyidagi shaklda bo’ladi: Kompozitsiya usuli bilan qo’shma va juft ot hosil qilinadi: toshko’mir, tuyaqush, karnaygul, oybolta, ko’kkarg’a, qoraqurt, mingoyoq, qo’ziqorin, ota-ona, qozon-tovoq, qizilishton. Qo’shma ot: Ot+ot: ajdargul, ayiqtovon, atirgul, kinolenta, xontaxta, xo’rozqand, toshbo’ron, sochpopuk, shakarqamish, qo’ypechak, qo’larra, temir yo’l, piyozdog’, O’rta Chirchiq. Sifat+ot: kaltakesak, Markaziy Osiyo, Sho’rko’l, ko’ksulton, ko’rsichqon, sassiqpopishak, qoradori. Ot+fe’l: echkiemar, ko’zboylog’ich, kallakesar, husnbuzar, beshiktervatar, socho’sar, dunyoqarash. Son+ot: beshbarmoq, beshqarsak, YEttisuv, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, qirqog’ayni. Son+fe’l: beshotar, birqoqar. Ot+sifat: ustabuzarmon, gulbeor, oshko’k. Fe’l+fe’l: iskabtopar, ishlab chiqarish. Fe’l+ot: savacho’p. Juft ot. Juft ot [ot+ot], [sifat+ot] kabi qolip, shuningdek, boshqa turkumga oid juft so’zning otga ko’chishidan vujudga keladi. Juft ot tarkibiga ko’ra quyidagi ko’rinishga ega. Har ikki qismi mustaqil holda ham ishlatiladigan juft ot: Qismi o’zaro sinonim: azob-uqubat, aysh-ishrat, dori-darmon, baxt-saodat, zeb-ziynat, izzat-ikrom, izzat-hurmat, kayf-safo, makr-hiyla, nasl-nasab, pand-o’git. Qismi o’zaro antonim: avra-astar, avlod-ajdod, achchiq-chuchuk, bordi-keldi, bosh-oyoq, er-xotin, o’g’il-qiz, savol-javob, salom-alik, qulf-kalit. Qismining ma’nosi yaqin: ariq-zovur, baxt-taxt, baqir-chaqir, boj-xiroj, bosh-ko’z, dev-pari, sovg’a-salom, o’q-dori, qovoq-tumshuq, hisob-kitob, hol-jon, qo’y-qo’zi. Qismidan biri mustaqil holda ishlatilmaydigan juft ot: aldam-quldam, bozor-o’char, bola-baqra, qo’ni-qo’shni, latta-putta, yig’i-sig’i,maza-matra, mehmon-izlom, irim-sirim. Har ikki qismi ham mustaqil ishlatilmaydigan juft ot: adi-badi, ashqol-dashqol, zer-zabar, shikast-rext, ikir-chikir, lash-lush, qalang’i-qasang’i, mirqinboy-shirqinboy, ya’juj-ma’juj. Kompozitsiya usuli bilan qo’shma va juft sifat hosil bo’ladi. Qo’shma sifat quyidagi qolip asosida hosil bo’ladi: 1. Ot+ot: devsifat, devqomat, dilorom, dilozor, kafangado, otashnafas, sohibjamol. 2. Sifat+ot: xomkalla, sho’rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan, sho’rtumshuq, balandparvoz. 3. Ot+sifat: yoqavayron, jig’ibiyron, tepakal, xonavayron, xudobezor, otabezori. 4. Ravish+ot: hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj. 5. Ravish+fe’l: tezpishar, ertapishar, cho’rtkesar. 6. Fe’l+ fe’l : yebto’ymas. 7. Olmosh+ot: o’zboshimcha. 8. Ot+fe’l: tilyog’lama, gadoytopmas, tinchliksevar. 9. Olmosh+sifat: o’zbilarmon. 10. Son+ot: ikkiyuzlamachi, qirqyamoq. Juft sifat ikki sifatning juftlashishidan tashkil topadi: oq-qora, yaxshi-yomon, katta-kichik. Takroriy sifatda bir o’zak takrorlanadi: katta-katta, baland-baland, og’ir-og’ir. Qo’shma sifat birdan ortiq mustaqil so’zning qo’shilishidan hosil bo’ladi: havo rang, ishyoqmas, ertapishar, yoqavayron, o’zbilarmon. Juft va qo’shma sifat yasama bo’lib, takroriy sifatda shakl yasalishi mavjud. Biroq takroriy sifat taraqqiyot natijasida yangi ma’no kasb etishi ham mumkin: yo’l-yo’l. Bunda yangi so’z yasalishi emas, balki so’zshaklning leksemalashuvi hodisasi mavjud. Juft ravish ikki so’zning juftlashishidan tashkil topadi: yana-tag’in, eson-omon; ochin-to’qin, oldinma-keyin, qishin-yozin; uzil-kesil, ura-sura, unda-bunda; ora-sira, ora-chora, ro’y-rost, sal-pal, chala-chulpa, emin-erkin, oz-moz, huda-behuda; azza-bazza, apil-tapil, eran-qaran, o’lda-jo’lda. Takroriy ravishda bir o’zak takrorlanadi: galma-gal, zinhor-bazinhor, to’g’ridan-to’g’ri, es-es, o’qtin-o’qtin, ahyon-ahyonda. Qo’shma ravish birdan ortiq mustaqil so’zning qo’shilishidan hosil bo’ladi: bir yo’la, bir muncha, bir talay; bajonudil, baholiqudrat, baqadrihol; har yili, har yoq, har dam; shu zahoti, shu asnoda. Juft taqlid: g’arch-g’urch, taq-tuq, vag’ir-vug’ur, g’ing-ping, alang-jalang, apir-shapir. Takroriy taqlid: guv-guv, duv-duv, shartta-shartta, cho’lp-cho’lp, shaqa-shaq, guppa-guppa. Eslatma. Taqlid etmoq, demoq, qilmoq fe’li bilan kelganda qo’shma fe’l vujudga keladi: guv-guv etmoq, duv-duv qilmoq,cho’lp-cho’lp qilmoq Download 177.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling