Bajaruvchi: Aliyeva n tekshiruvchi: Xo‘janiyazova Sh


Sintaksis va uning tadqiq manbai


Download 177.66 Kb.
bet3/5
Sana30.10.2023
Hajmi177.66 Kb.
#1734183
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi

Sintaksis va uning tadqiq manbai. Til o’z ijtimoiy vazifasini sintaktik qurilma - gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha - fonetik, leksik, morfologik hodisalar ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har qanday sintaktik hodisada so’z va morfologik ko’rsatkichlarni ko’ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi.
Grammatika morfologiya va sintaksisni o’z ichiga oladi. Morfologiya, asosan, sintaktik qurilish vositalari bo’lmish grammatik ko’rsatkichlar tizimi - morfologik kategoriyalarni o’rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma‘no (UGM va XGM) larini o’rganadi. Shuningdek, u so’z turkumlarining umumiy grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbai yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo’ladi. Masalan, so’z turkumlari lug’aviy ma‘nosi yaqin so’zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so’zlarni bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so’z ma‘nolari umumlashuvi pog’onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi so’z turkumlaridir.
Morfologik ko’rsatkichlar ikkiga bo’linadi:

  1. lug’aviy shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar;

  2. sintaktik shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar.

Lug’aviy shakl hosil qiluvchi ko’rsatkichlar leksemalarning lug’aviy ma‘nosiga ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, o’qigan bola birikmasidagi o’qigan lug’aviy shakli -gan ko’rsatkichini olib, lug’aviy ma‘nosidagi «harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no bo’lakchasiga ega bo’ladi.
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so’zlarning lug’aviy ma‘nosiga ta‘sir qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Masalan, kitobni olmoq birikmasidagi tushum kelishigi qo’shimchasi kitob leksemasini olmoq fe‘liga tobelash vazifasini bajarmoqda.
Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, so’z turkumlari yuksak lug’aviy umumlashtirish, so’zlarni umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo’lsa, grammatik ko’rsatkichlarning bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga egadir. Demak, tilshunos I.I.Meshchaninov ta‘biri bilan aytganda, morfologiya aslida leksik va sintaktik jihatlar birligidir.
Sintaksis (gr. sintaxys - tuzish, qurish)ning asosi gap haqidagi ta‘limotdir. Gaplar, aslida, so’zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so’zlarning bog’lanish qonuniyatlari, so’z birikmalari ham sintaksisda o’rganiladi. Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini o’rganishga bo’ysundirilganligi kabi so’z birikmalarini o’rganish ham gap ta‘limotining tarkibiy qismi bo’lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas.
Sintaksis so’zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi. Qaysidir yo’sindagi so’zlarning birikuvlari sanalmish qo’shma so’zlar (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog’ini yalagan, po’konidan yel o’tmagan, ko’ngli bo’sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog’lanishga ega emas.
Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o’zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli) dir:
1)tilning sintaktik qurilishi;
2)grammatikaning tarkibiy qismi.
Biz atamani ana shu ikkinchi ma‘nosida qo’llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz.

Download 177.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling