Sovet sotsialistik davlati (SSSR) bayrog`i).
Sivilizatsiyaviy ( ma`rifiy ) yondashuv
Sivilizatsion yondashuv – davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan bir qatorda ko’proq ularning ma’naviy, axloqiy va madaniy rivojlanish darajasiga qarab tiplarga ajratish.
Davlatlarni tiplarga ajratishda quyidagi tasniflar ham mavjud:
1.Totalitar davlat ;
2.Avtoritar davlat ;
3.Liberal davlat ;
4.Demokratik davlat ;
Sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuv formatsiyali yondashuvni toʻliq rad etmagan holda, davlat tipologiyasini mamlakatlar erishgan taraqqiyot darajasiga bogʻliq ekanligiga asoslanadi. Sivilizatsiyaviy yondashuv sinfiy yondashuvdan ancha keng. Ma’rifiy tipologiyada davlat sivilizatsiya mahsuli sifatida namoyon boʻladi. Bu yondashuvning koʻzga koʻringan vakili A. Toynbidir. Uning fikricha, sivilizatsiya – jamiyatning milliy, diniy, jugʻrofiy va boshqa belgilarining yaxlitligi bilan ajralib turadigan muayyan holatidir. Unga binoan, davlatlar xronologik, genetik, jugʻrofiy, hududiy, diniy, iqtisodiy asoslar va hokazo mezonlarga koʻra tiplarga ajratiladi. Davlatlarni hududlarining hajmiga qarab katta, oʻrta va kichik davlatlarga boʻlish mumkin. Katta hududli davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Xitoy, Hindiston va Meksika kabi davlatlarni misol qilsak, oʻrta hajmli hududdagi davlatlarga Oʻzbekiston, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarni olish mumkin. Kichik davlatlar qatoriga Kipr, Daniya, Vatikan kabi davlatlarni koʻrsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |