Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yoʻnalishi jiddiy ravishda oʻzgara boshladi. Davlat zoʻrlik, majbur qilish vositasidan tobora butun jamiyat ishlarini boshqarish mexanizmiga aylana bordi.
Sotsialistik davlat toʻgʻrisidagi gʻoyalar sinfiy nazariya (markscha lenincha ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo boʻlgan. Ular oʻz asarlarida sotsialistik davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshi qoʻyib, asosiy tafovut hokimiyatning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qoʻlida boʻlishi va undan ekspluatatsiya qilinuvchi koʻpchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanish, deb uqtirganlar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydo boʻladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zoʻravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini oʻrnatish zarurligi bilan bogʻlanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob gʻalabasidan soʻng hokimiyat ishchilar sinfi qoʻlida boʻlishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq manfaatlari yoʻlida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqni yangi hayot qurish uchun oʻziga ergashtirishga intiladi. Sinfiy tipologiya ta’limoti mamlakatimizda sobiq sovet Ittifoqi parchalangunga qadar yagona gʻoya sifatida e’tirof etib kelindi. Ushbu ta’limotning asosiy kamchiligi shundaki, u dunyodagi barcha davlatlarni yagona sinfiy tipologiyaga kiritgan holda boshqaruvga moslashtirish bo`lgan. Bu esa o`z navbatida bu boradagi milliy, madaniy, diniy va boshqa bir qator omillarni inkor etishi bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |