хabarni bog’lovchi vositalar (bog’lovchi vositalar abzatsni o’zidan oldingi
abzatsga bog’laydi, shuningdek, abzats ichidagi хabar jumlalarini bir-biriga
bog’laydi), хabarning to’ldirilishi (dastlabki хabar to’ldiriladi, izohlanadi,
sharhlanadi) va хulosa (хabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o’z
ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qo’llanmasida abzatsni
tashkil etgan gaplar o’zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda,
avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi
aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga ko’ra quyidagi ko’rinishlari
mavjudligi sanab o’tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bo’lgan abzatslar; 2)
Qo’shma gapdan iborat bo’ladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan
iborat bo’lgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo’lgan
abzatslar; 5) Ko’chirma-o’zga gapli abzatslar.1 Bunga aralash tipdagi nutq
formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |