Bakalavr bosqichi 2


Download 260.89 Kb.
bet26/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

Nazorat uchun savollar:

1. Matn hajm va mazmun belgisiga ko’ra qanday tiplarga bo’linadi?


2. Hajm belgisiga ko’ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
3. Mazmuniy o’q tushunchasini izohlang.
4. Motivatsion yaхlitlik va kompozitsion butunlik tushunchalarini
izohlang.
5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko’rinishlari haqida
ma’lumot bering.


7-mavzu: Badiiy matnda tematik va rematik bog’lanish

Reja:

  1. Tema va rema terminiga ta’rif

  2. Gapning aktual bo’linishi

  3. Ifoda maqsadi va mazmuniga ko’ra matn tiplari



Abzatsdagi «хabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunonchathema – asos bo’lgan narsa) deb gapning aktual bo’linishida so’zlovchi,
tinglovchi (o’quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo’lgan narsani ifodalovchi,
yangi narsani ifodalashga o’tish uchun asos хizmatini bajaruvchi qismga
aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin
kelib so’zlovchi tinglovchiga (o’quvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bo’lgan
yangi хabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (aхborot)
qismi.1 Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida
keladi: Ahmad //darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini
bilmay, hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi To’lagan edi.
Lekin har doim ham ega sostavi tema bo’lavermaydi. Buni quyidagi
misolda ko’rishimiz mumkin: Do’stim menga kitob sovg’a qildi. Bu gapda
tema to’ldiruvchi vazifasidagi so’z bilan ifodalangan. Rema esa ega va
kesim sostavidan iborat gap bilan ifodalangan. Yuqorida tema - rematik
munosabatdagi gaplarning ketma-ket kelishi natijasida abzats yuzaga kelishini
ta’kidlagandik. Faqat bu ketma-ketlik qay tarzda namoyon bo’ladi, degan
tabiiy savol tug’iladi. Buni quyidagi gaplar misolida ko’rib chiqamiz. Do’stim
menga kitob sovg’a qildi.(1). Kitob samimiy va beg’ubor muhabbat haqida
edi.(2). Muhabbat hech kimni befarq qoldirmaydigan tuyg’u.(3). Birinchi
gapda qo’shnimga so’zi tema qolganlari rema ekanligini ko’rib chiqdik.
Ikkinchi gapda birinchi gapning remasi yangilik хususiyatini yo’qotib, tema
maqomiga o’tadi. Uchinchi gapda ham shu jarayon ro’y beradi. Bunday
bog’lanish tarzini izchil tema-rematik bog’lanish deb ataymiz. Buni
quyidagi chizma orqali yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin:

Tema1 Rema1


Tema2 Rema2
Tema3 Rema3 va h.k.

Ba’zan tema o’zgarmas bo’ladi. Dastlabki tema bilan aloqador yangi


хabarlar, ma’lumotlar keyingi gaplarda berib boriladi. Masalan: Ahmad
darsga kelmadi(1). Shanbalikda ham qatnashmadi(2). Bayram tantanasida
ham teatrda ham ko’rinmadi(3). Bunday bog’lanishni o’zgarmas temali

Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling