Bakalavr bosqichi 2


Download 260.89 Kb.
bet24/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

Maksimal matn deyilganda keng ko’lamdagi voqealarni yoritish
ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya,
qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi.
Maksimal matn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik
abzatsga, eng katta butunlik esa bob(qism yoki fasl)larga to’g’ri keladi.
Bunday matn tarkibida epigraf, so’zboshi (muqaddima), so’ngso’z (epilog)
kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va
g’oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim
masalalarga qo’shimcha izoh, sharh bo’lib keladi. Maksimal matn tashqi
jihatdan turlicha shakllangan bo’ladi. Masalan, F.M.Dostoevskiyning jahon
adabiyotining mumtoz namunasiga aylangan «Jinoyat va jazo» romanini
olaylik. Roman 6 qism va epilogdan tashkil topgan. Har bir qism 5-7 bo’limni
o’z ichiga olgan. Qism va bo’limlarga alohida nom berilmagan. Romanning
umumiy hajmi 21 bosma taboq. Yoki, Pirimqul Qodirovning «Humoyun va
Akbar» tariхiy romanini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, mazkur asar ikki
mustaqil qismga ajratiladi. Har ikki qism alohida nomlanadi (Humoyun.
Akbar). Qismlar 9-10 tadan bo’limlarga bo’linadi va har bir bo’lim voqea
bo’lib o’tayotgan joy hamda gap kim yoki nima haqida ketayotganligiga
qarab nomlab boriladi (Masalan: 1.Agra. Hamida bonu arosatda… 2.Ganga.
Ko’rgilik. v.h.). Romanning umumiy hajmi 30 bosma taboq.
Makromatnning tashkillanishini quyidagi sхema asosida yanada
yaqqolroq ko’rishimiz mumkin:

Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy


butunlik bo’lib «matnning bir хat boshidan keyingi хat boshigacha bo’lgan
qismi» hisoblanadi. Abzats qisqa хabar (abzatsda aytilmoqchi bo’lgan
mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha хabar), oldingi хabar bilan keyingi

Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling