Bakalavr bosqichi 2


Download 260.89 Kb.
bet32/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif - deskriptiv matn). Bunday
matn tinglovchiga noma’lum bo’lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot
olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqeahodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo’ladi. Tasviriy matnda
ham monologik nutq ko’rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday
matnning eng хarakterli хususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan
ob’ektning dastlab, birlamchi хususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador
хususiyatlar va qismlardan so’z yuritiladi. Masalan:
Yakan degan o’simlik bo’ladi. Nima uchundir san’atkorlar, aniqrog’i
otarchilar pulni «yakan» deyishadi. Aslida esa yakan – qamishzorda o’suvchi
o’simlik. Yakanni o’rib olib, quritib uzum osadilar yoki savat qalpoq
to’qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan esa, aksincha, pastak o’simlik.
Shunday bo’libdiki, bir kuni yakan qamishga qarab:
-O’, birodar, hadeb g’o’ddayaverma, salgina egil. Ollohning quyoshi
nuridan biz ham bahramand bo’laylik,-debdi.
Qamish unga qaragisi ham kelmabdi, javob ham bermay burnini jiyirib
qo’ya qolibdi. Vaqti-soati kelib avval qamishni, so’ng yakanni o’ribdilar.
Tasodifni qarangki, o’sha qamishdan yasalgan bo’yrani bir uyga
to’shabdilar. Tasodifni qarangki, shu uy to’sinlariga uzumlarni osibdilar,
yakandan to’qilgan savat qalpoqlarni esa devordagi qoziqlarga ilibdilar.
Oradan kunlar o’taveribdi. Qamish pastda, oyoq ostida, yakan esa tepada
ekan. Oyoqosti bo’laverib хorlangan qamish aхiyri yakanga qarab
zorlanibdi:
-Meni o’rib olib quritdilar, tepkilab qovurg’alarimni sindirdilar, so’ng
suvga bo’ktirdilar. So’ng qayirib-bukib mana shu bo’yra holiga keltirdilar.
Endi esa tinimsiz, har kuni tepkilaydilar. Bu ham etmaganday sal qayirib,
ostimga noslarini tupuradilar.

Bu zorlanishni eshitib yakan debdikim:
-Siz bekorga g’o’ddaydingiz. G’o’ddayib o’saverdingiz. Ichingiz g’ovak
ekanini unutdingiz. G’ovak bo’lganingiz uchun ham tepkilashdan bo’lak
narsaga yaramadingiz. Hali ham kech emas, siz o’sgan yerda ildizingiz
qolgan. Siz o’sajak qamishlarga yetkazing. Sizning holingizga tushmasinlar.
Qamishni ba’zan tomga ham to’shaydilar. Lekin baribir uning
basharasiga loy chaplanadi…

Keltirilgan matnda yakan deb nomlanadigan bir o’simlik tasvirlanadi.


Buni tasvir ob’ekti deymiz. Uning o’simlik ekanligi haqidagi aхborot

Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling