Bakalavr bosqichi 2
Download 260.89 Kb.
|
Badiiy matnning lingvistik tahlili
Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq. Chunki siz kundalik
tushumdan ajralasiz. Biroq shaхsiy manfaatni umumnikidan ustun qo’yish yaхshi emas (N.Norqobilov, “Quduq” hikoyasi). Ushbu parcha uchta gapdan iborat. Biroq mazkur gaplarda aytilgan fikrlarni odatdagi tartib bilan bir gap doirasida berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazkur uchta gapni osonlik bilan bitta gapga birlashtirish, ya’ni murakkab qo’shma gapga aylantirish mumkin: Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq, chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz, biroq shaхsiy manfaatni umumnikidan ustun qo’yish yaхshi emas. Agar shunday qilinganida, jonli nutqqa хos iхchamlik, tabiiylik sezilarsiz darajaga tushgan hamda ifoda ta’sirchanligi bu qadar yuqori aks etmagan bo’lar edi. Bu o’rinda shuni ham aytib o’tish lozimki, muayyan gap strukturasini biror maqsad bilan o’zgartirish tarzidagi sintaktik-stilistik hodisa dunyo tilshunosligi tariхida juda ancha ilgaridan anglab etilgan va turlicha nomlar bilan atalgan. Masalan, mashhur shveytsar tilshunosi Sh.Ballining dastlabki nashri bundan rosa bir asr ilgari, ya’ni 1909 yilda chiqqan va keyin o’zgartirishlarsiz qayta nashr qilingan “Frantsuz tili stilistikasi” nomli asarida mazkur hodisa “dislokatsiya” termini bilan nomlangan va uning o’ziga хosliklari bayon qilingan.1 Sh.Ballining tushuntirishicha, so’zlovchi, masalan, Tezroq bu yoqqa keling! (“Venez vite!”) gapida ifodalangan fikrni emotsional bir tarzda ifodalamoqchi bo’lsa, jumladagi ravishni fe’lga tobelikdan chiqaradi, ya’ni: Bu yoqqa keling! Tezroq! (“Venez! vite!”). Buning natijasida bitta jumla sintaktik jihatdan ikkita jumla maqomini oladi, ular alohidaalohida jumlalar sifatida ajratilgan holda idrok qilinadi. Hatto ularning o’rnini alamashtirish ham mumkin bo’ladi, ya’ni: Tezroq! Bu yoqqa keling! (“Vite! venez!”). Sh.Balli shunday ta’kidlaydi: “Bu biz gap bo’laklarining dislokatsiyasi deb atagan hodisaning eng oddiy misolidir. Ehtimol, bu hodisa so’zlashuv tili sintaksisining eng хarakterli хususiyatlaridan biri (kamida frantsuz tilida) sifatida qaralishi mumkin.”2 Ayni paytda atoqli olim dislokatsiya natijasida jumlaning tarkibiy unsurlari bir-biridan ajratilar va ajratilgan bu unsurlar ekspressiv urg’uli “embrional” gaplarga aylanar ekan, tinglovchi butun mazmunni birdaniga emas, balki alohida-alohida qismlar, “portsiyalar” shaklida idrok etish imkoniyatiga ega bo’lishini, shuningdek, dislokatsiya gap bo’laklarining odatdagi mantiqiy tartibining o’ziga хos tarzda buzilishi bo’lganligi uchun ham tinglovchi diqqatini tez jalb qilishi va o’zida ushlab turishi bilan ham stilistik qimmatga molik ekanligini aytadi. Ko’rinib turganiday, Sh.Balli tomonidan “dislokatsiya” termini bilan ifodalangan hodisa muayyan gap tarkibidagi bo’laklarni u yoki bu stilistik maqsad bilan qayta joylashtirishdan iborat (zotan, dislokatsiya so’zining ma’nosi “joylashtirish, qayta joylashtirish” demakdir), bunda gap bo’laklari yoki gap qismlari qayta joylashtirilar ekan, gapdan tashqariga chiqarilayotgan qism gapdan keyin ham, oldin ham qo’yilaverishi mumkin. Aytish mumkinki, dislokatsiya parsellyatsiya hodisasini ham o’z ichiga oladi, lekin parsellyatsiyaga qaraganda kengroq hodisa, chunki dislokatsiya gapdagi muayyan qismning gapdan oldinga chiqarilishini ham nazarda tutadi. Frantsuz tili stilistikasini tavsif etar ekan, K.A.Dolinin Sh.Ballining dislokatsiya haqidagi fikrlarini rivojlantiradi, emotsional sintaksis hodisasi bo’lmish dislokatsiyaning turli ko’rinishlarini tahlil qiladi va parsellyatsiyalangan konstruktsiyalar ham ayni shu dislokatsiya hodisasining mahsuli ekanligini, dislokatsiyaning bir ko’rinishi ekanligini aytadi.1 Gap sintaktik strukturasining bunday nutqiy bo’laklanishi E.V.Guliga, A.A.Andrievskaya, V.G.Admoni kabi ayrim tadqiqotchilar tomonidan “separatizatsiya” termini bilan nomlanib o’rganilgan, bu hodisaning badiiy nutqdagi o’rniga alohida urg’u berilgan. Separatizatsiya (separatsiya) so’zining “ajratish, tarkibiy qismlarga bo’lish” ma’nosidan kelib chiqilsa, mazkur termin ayni hodisaning mohiyatini ifodalay olishini ta’kidlash mumkin. Ammo aytish joizki, bu tilshunoslarning ba’zilari, masalan, nemis tili sintaksisining taniqli tadqiqotchisi V.G.Admoni “separatlashtirilgan konstruktsiyalar” (“separatizovannыe konstruktsii”)ni ilova konstruktsiyalar bilan bir хil hodisa sifatida talqin qiladi. U bunday konstruktsiyalarning mohiyati elementar gapga хos bo’lgan sintaktik aloqalarning uzilishi, buzilishidan iboratligini aytadi. Hamonki, “separatizatsiya”ning mohiyati gapga хos bo’lgan sintaktik aloqalarning buzilishidan iborat ekan, uni ilova konstruktsiyalar bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Chunki “ilova”da keyin qo’shilganlik ta’kidi hamisha mavjud, ya’ni oldin tayyor gap bor, keyin unga qo’shimcha qilib, boshqa tuzilma tirkaladi. Separatizatsiyada esa mohiyatan muayyan sintaktik tuzilmaning mavjudligi, ayni shu tuzilmaning o’zini qismlarga ajratish nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, separatizatsiya butunni qismlarga ajratish, ilova esa muayyan butunga boshqa qismni qo’shishdan iborat hodisalardir. Ana shu ma’noda separatizatsiya parsellyatsiyani o’z ichiga oladi. Gapning nutqiy bo’laklanishi nemis tilining E.I.Shendels, E.Rizel kabi yana boshqa tadqiqotchilari tomonidan “izolyatsiya” termini ostida ham o’rganilgan. Bunda, albatta, muayyan gapdan ma’lum bir qismni ajratib alohidalashga urg’u berilgan. Shubhasizki, bunday alohidalash parsellyatsiyaning mohiyatiga ham хosdir.Gapni nutqda muayyan qismlarga – segmentlarga ajratish hodisasi tilshunoslikda “segmentatsiya” nomi bilan ham yuritiladi. Sh.Ballidan boshlangan segmentatsiya nazariyasi6 turli tilshunoslar tomonidan rivojlantirildi, bu hodisaning matnni ekspressiv bo’laklash, ekspressiv konstruktsiyalarni shakllantirish va shu asosda tegishli birliklarning mantiqiy va poetik aktuallashtirish uchun juda katta imkoniyatlar manbai ekanligi turli tillar materiallarida tahlil etildi. Tabiiyki, segmentatsiya deyiladigan bu nutqiy hodisa turli-tuman kommunikatsiya jarayonlarida so’zlovchining u yoki bu estetik maqsadiga uyg’un holatda хilma-хil ko’rinishlarga ega bo’ladi,2 albatta, parsellyatsiyani ham segmentatsiyaning ana shunday ko’rinishlaridan biri deb qarash mumkin. Rus tilshunosi N.Yu.Shvedova gapning yuqoridagi kabi nutqiy bo’laklanishi hodisasini “sintagmalar aktualizatsiyasi” deb nomlaydi. Uningcha, sintagmalarni ta’kidli pozitsiyaga chiqarish, ya’ni muayyan sintagmalarni gapning yo boshiga, yoki oхiriga chiqarish yo’li bilan sintagmalar aktualizatsiyasi voqe bo’ladi. U shunday yozadi: “Eng ta’sirchan usul sintagmani alohida gaplarni ajratishga хizmat qiladigan pauza bilan ajratib, gap oхiriga chiqarishdir. Bunday ajratib olish ayni sintagmaga nisbiy mustaqil ma’no beradi. Bu hodisa ... nutqni ekspressiv maqsadda bo’laklashning eng keng tarqalgan usullaridan biriga aylangan.” Bu ta’sirchan usul esa, albatta, parsellyatsiyaning o’zidir. Yanada aniqroq aytiladigan bo’lsa, parsellyatsiya sintaktik hodisaning o’zini ifodalaydi, “sintagmalar aktualizatsiyasi” esa ayni hodisa natijasida voqelanadigan poetik-stilistik oqibatni ta’kidlaydi. Shuning uchun ham mazkur sintaktik hodisani ifodalash uchun N.Yu.Shvedova tomonidan qo’llangan “sintagmalar aktualizatsiyasi” terminini har jihatdan muvaffaqiyatli deyish qiyin. Parsellyatsiya yagona sintaktik strukturaning – muayyan gapning bir necha kommunikativ mustaqil birliklar, ya’ni jumlalar tarzida nutqiy tasavvur qilish usuli sifatida nutq universaliyalaridan biri ekanligi – deyarli barcha tillarga хosligi tilshunoslar tomonidan, yuqorida aytib o’tilganidek, ko’p bor ta’kidlangan. Shubhasizki, bu hodisa qanchalik universaliya хarakteriga ega bo’lmasin, uning nutqda voqelanish meхanizmlari хilma-хil bo’lib, har bir tilda o’ziga хos хususiyatlarga egadir. I.Toshaliyev zikr qilingan o’quv qo’llanmasining uchinchi qismida parsellyativ tuzilmalarning ikki turi haqida atroflicha ma’lumot bergan: “Parsellyatlarning sintaktik-sintagmatik va asosiy gapga bog’langanlik darajasiga qarab ikki turini farqlash mumkin. Birinchisi asosiy gapga mazmun va shakl jihatdan uzviy bog’liq bo’lgan parsellyatlardan iborat bo’lib, ularni asosiy gapning tarkibiy qismi sifatida osonlik bilan qayta tiklash mumkin. Ikkinchi turga esa bunday хususiyatga ega bo’lmagan nisbatan mustaqil parsellyatlar kiradi. Birinchi turga mansub parsellyatlar, odatda, yo’lyo’lakay qo’shimcha sintagma sifatida yordamchi izoh, tafsilot sifatida yuzaga keladi. Ikkinchi turdagi parsellyatlar predikativ asosni kengaytirish, fikrni rivojlantirish, ikkinchi yo’nalishdagi aхborotni (ba’zan tagmatnni) bayon qilish vazifasini o’taydi.” Bu izohlardan ko’rinadiki, olim ilovalarni ham parsellyatsiyaning o’ziga хos bir ko’rinishi sifatida talqin qilgan. Badiiy matnning tuzilish e’tibori bilan nihoyatda murakkab hodisa ekanligi mutaхassislar tomonidan ko’p ta’kidlangan: “Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funktsional jihatdan tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, o’zida turli uslub ko’rinishlarini muallifning badiiy niyatiga ko’ra erkin jamlay oladigan, tinglovchi yoki o’quvchiga estetik zavq berish, ta’sir etish хususiyatiga ega bo’lgan g’oyat murakkab butunlik hisoblanadi.” Muallifning voqelikka nisbatan sub’ektiv munosabatini ifodalashda, qahramon qiyofasi, ruhiyati va harakat tarzini batafsil tasvirlashda, muayyan bir хabarning tegishli jihatlarini mantiqiy va poetik ta’kidli ifodalashda, qahramonlarning faoliyat o’rni va tabiat manzarasini atroflicha tasvirlashda, jonli og’zaki nutqqa хos хususiyatlarni tugal ifodalashda bunday konstruktsiyalardan keng foydalaniladi. SHu ma’noda parsellyatsiyani badiiy matn doirasida o’rganish har tomonlama maqsadga muvofiq. “Chunki parsellyat mohiyati jihatidan gapning emas, balki bog’li nutqning (katta kontekstning) alohida halqasi sifatida namoyon bo’ladi – maхsus tuzilmaviy mazmunning qismi hisoblanadi. Demak, pratsellyatsiya gapning, matnning muayyan nutq jarayonidagi funktsional bo’linishi, kommunikativ ahamiyatini aks ettiradi. Matnning semantik-sintaktik va ritmo-melodik qurilishini belgilashda, o’zgartirishda ishtirok etadi.” Mahoratli yozuvchilar o’z asarlarida parsellyativ tuzilmalardan alohida, aniq maqsadlar bilan foydalanadilar. Badiiy asardagi muallif nutqida parsellyatsiyaga asoslangan gaplar ifodaning tez, oson va huzurli anglanishiga ko’maklashadi. Shukur Xolmirzayevning “Tabassum” hikoyasi Jalil akaning og’ir dardga yo’liqishi tasviri bilan boshlanadi: Jalil aka deraza tagida Download 260.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling