Bakalavr bosqichi 2
ifoda + ekspressivlik = birlik
Download 260.89 Kb.
|
Badiiy matnning lingvistik tahlili
ifoda + ekspressivlik = birlik” formulasi orqali tasavvur qilinishi mumkin.
Agar bu formulada ekspressivlik nolga intilsa, unga muvofiq grammatik shakllanganlik o’zining to’liq ifodasini topadi. Aks holatda esa, ya’ni ekspressivlik kuchaysa, grammatik tuzilish nolga yaqinlashadi.” Bu qonunda konstruktiv va kommunikativ (ekspressiv) sintaksislar o’rtasidagi mazkur nomutanosiblik juda ham yaqqol ifodalangan. Parsellyatsiya natijasida mohiyatan bir sintaktik gap ikki kommunikativ jumlaga aylanadi, bir sodda sintaktik shaklda ifodalanadigan fikr ikki kommunikativ shaklda ifodalanadi. Mazkur nomutanosiblikning zamirida til vositalarining ortiqchaligi tamoyili yotadi, chunki prof. N.Mahmudov ta’kidlaganidek, bunday holatlarda “ortiqchalik printsipining mohiyatiga ko’ra sodda mazmun murakkab forma orqali ifodalangan. Albatta, bu holat mantiqiy ravishda gapda semantik-sintaktik asimmetriyani yuzaga keltiradi”. Kommunikativ vazifa va jumla tuzilishi muammosini nemis tili materiallari asosida tadqiq etgan A.A.Margaryan gap va matnga kommunikativ sintaksis nutqtai nazaridan yondashishning favqulodda muhim ekanligini aytar ekan, bunday yondashuvda kommunikatsiya jarayonida faol qo’llanadigan juda katta miqdordagi “nostandart” konstruktsiyalar tadqiqotchi e’tiboridan chetda qolmasligini, tadqiqotchining “kuzatuv maydoni kengayishi”ni ta’kidlaydi. Bu o’rinda yana bir jihatni aytib o’tish maqsadga muvofiq. Parsellyatsiya og’zaki nutq hodisasimi yoki u yozma nutqqa tegishlimi tarzidagi savolning javobi borasida ham tilshunoslikda muayyan munozara mavjud. Ammo juda ko’p tadqiqotchilar parsellyatsiyaning substrati og’zaki nutq bo’lsa-da, uning yozma nutqqa oid ekanligini takror va takror ta’kidlab ko’rsatadilar. Ba’zi tadqiqotchilar “tipik ekspressiv strukturalar bo’lmish parsellyatsiyalangan konstruktsiyalarning asosiy ko’rsatkichi nuqta” ekanligiga alohida urg’u beradilar, tegishli faktik misol keltirib, “...bu o’rinda nuqta gap oхirining emas, balki qo’shimcha stilistik, ta’kidli, mazmuniy vazifalarni bajaruvchi parsellyatsiyaning bo’linish joyining ko’rsatkichidir” degan fikrni ilgari suradilar.5 Keyingi yillardagi tadqiqotchilar parsellyat va asos qism o’rtasida final tinish belgilari, ya’ni nuqta, ko’p nuqta, so’roq, undov belgilari qo’yilishini alohida ta’kidlaydilarki1, bu fikrga to’la qo’shilish mumkin. Ammo ayni paytda parsellyat asosiy qismdan tire bilan ham ajratilishi mumkinligini ta’kidlamoq ham joiz. Download 260.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling