Sinonimlar. Ma’nodosh yoki o‘zaro yaqin ma’noli, talaffuz va imlosi boshqaboshqa so‘zlar yig‘indisi sinonim hisoblanadi: chiroyli, go‘zal, ko‘rkam, ko‘hlik, xushro‘y, suluv, zebo kabi.
Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi sinonimlardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Ba’zi sinonim so‘zlarning ma’nosini farqlash birmuncha murakkab bo‘ladi.
Bu borada hatto mutaxassislar ham ikkilanib qoladigan jihatlar mavjud: iflos, isqirt, irkit, isliqi, iqna, olqindi, yulqindi kabilar.
Sinonim so‘zlarning ma’no qirralarini to‘g‘ri anglash va o‘z o‘rnida qo‘llash ularning qanday so‘zlar bilan birikib kela olish darajasiga bog‘liq. Masalan, qasamyod qilmoq, qasam ichmoq. qiyoslang: qasamyod ichmoq, ont qilmoq, qasam qilmoq deb bo‘lmaydi.
Til faktlari sinonim so‘zlar bilan evfemizmlar orasida ma’lum darajada munosabat borligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, ochiq aytilishi noqulay, uyat, qo‘pol, noxush hisoblangan so‘z va iboralarning ana shunday taassurot uyg‘otmaydiganlari bilan almashtirilishi evfemizmlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ko‘r o‘rnida, ko‘zi ojiz, a’mo, basir; jinni o‘rnida aqli zaif, aqli qusur, kirdichiqdi (shevada) kabilar.
Ko‘rinadiki, nutqimiz nozik ma’no qirralariga, shuningdek, rangbarang uslubiy buyoqqa ega evfemiksinonimlarga ham ega.
Demak, sinonimlar nutqni ravon va ta’sirchan bo‘lishida, uslubning rang-barangligini ta’minlashda, uslubiy takrorlardan qochish ahamiyatli ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |