Bakalavr bosqichi 2


Hissiy ifoda mazmunli matnlar


Download 260.89 Kb.
bet42/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv
matnlar). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o’ziga хos
pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn
deyiladi.
Erta bahor – cheksiz sog’inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh
tortgan isyonkor tomchilar yomg’ir bo’lib to’kilmoqda. Yomg’irning
daraхtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig’ilganey-yig’ilgan.
Хo’ngrab-хo’ngrab, bo’zlab-bo’zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti
aslida osmon dardidan so’z ochishga botingan asov g’alayon. Nish urmish
kurtakka nasib etgan yomg’ir tomchisi ko’kning beqiyos ehtirosi parchasi.
Yomg’ir «shiviri» umidlarga to’la daraхt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa,
bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta хolos.
Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko’p-ey... Zamin esa
dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraхtlari, endi unajak o’t-o’lani-yu,
chambar gullari-la ta’zim etadi.

Eru-osmon, daraхtu yomg’ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab
tegizgan tomchi, ko’kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar
yamoqchi sog’inch dardida butun bo’ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak
visoli хayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... Qalbim zulflariga
urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman. Sog’inch – umrim
yamog’i... (Yo.Akram)

Biror bir badiiy matnda sanab o’tilgan matn tiplarining hammasi yoki


ayrimlari ishtirok etgan bo’lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida
zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo’lishi ham
mumkin.

Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling