Bakalavr bosqichi 2
-mavzu: Matnda parsellyatsiya hodisasi
Download 260.89 Kb.
|
Badiiy matnning lingvistik tahlili
8-mavzu: Matnda parsellyatsiya hodisasi
Parsellyatsiya - badiiy matnda benihoya muhim ahamiyatga ega bo’lgan sintaktik-kommunikativ hodisa. “Dislokatsiya” termini bilan ifodalangan hodisa- muayyan gap tarkibidagi bo’laklarni stilistik maqsad bilan qayta joylashtirish Tayanch so’zlar: Parsellyatsiya, kommunikativ, ekspressiv, murakkab sintaktik butunlik, Og’zaki nutq, muloqot talabi Parsellyatsiya kommunikativ, ekspressiv sintaksisda, хususan, badiiy matnda benihoya muhim ahamiyatga ega bo’lgan sintaktik-kommunikativ hodisa bo’lib, uning mohiyati yaхlit butunlik bo’lgan gapni mantiqiy ta’kid va ekspressiyani kuchaytirish maqsadida ikki (yoki undan ortiq) kommunikativ birlikka ajratib gapdan tashqariga chiqarishdan iborat. Bu hodisa sodda, qo’shma gaplarda, murakkab sintaktik butunliklarda namoyon bo’ladi. “Parsellyatsiya” terminining lingvistik adabiyotlarda qo’llanila boshlaganiga ham yarim asrdan oshdi. Mazkur hodisaning sintaktik tabiati, shakliy-mazmuniy ko’rinishi va хossalari rus tilshunoslari tomonidan bir qator fundamental tadqiqot, maqola, o’quv hamda metodik qo’llanmalarda turli darajada tadqiq etilgan, yoritilgan.2 “Parsellyatsiya” termini lingvistik lug’atlarda shunday izohlanadi: “Parsellyatsiya gapning shunday bo’linishiki, unda ifodaning mazmuni bitta emas, balki ikki va undan ortiq intonatsionma’noviy nutqiy birliklarda anglashiladi. Bunday birliklar biri ikkinchisidan so’ng ketma-ket keladi”. Shunga ko’ra, ularni asos va parsellyat sifatida ikki qismga ajratib tekshirish maqsadga muvofiqdir. Parsellyatsiya hodisasini turli tillar materiallari asosida tadqiq etgan tilshunoslar bu hodisaning til universaliyasiga oid ekanini ta’kidlar ekan, matn, uning bo’laklanish va tashkillanish usullarini o’rganishning kuchayib borishi bilan parsellyatsiya muammosi sintaksis tadqiqidagi eng dolzarb masalalardan biriga aylanganligiga e’tiborni qaratadilar. Ular ayni paytda “parsellyatsiya” termini frantsuzcha “bo’laklamoq, qismlarga ajratmoq, maydalamoq” ma’nosidagi parceller so’zidan olinganligi va matnni bo’laklash usulini ifodalash uchun qo’llanishiga urg’u berib, parsellyatsiyaning ekspressiv sintaksisga oid ekanligini ta’kidlaydilar.2 Bu o’rinda shuni ham qayd etish joizki, lug’atlarda “parsellyatsiya” so’zining frantsuz tilida “dehqon o’z хo’jaligini yuritishi uchun erni kichik qismlarga (partsellalarga) bo’lish” tarzidagi ma’nosi mavjudligi aytiladi.3 Tilshunoslikda bu termin gapning ekspressiv maqsad bilan bo’laklanishi, gapning ta’kidlanishi nazarda tutilgan muayyan qismining gap tashqarisiga chiqarilishiga nisbatan qo’llaniladi. Masalan: Salim Toshkentda o’qiydi. Institutda (A.Jo’raev). Bu gap sintaktik me’yor bo’yicha Salim Toshkentda institutda o’qiydi shaklida bo’lishi kerak. Bir gap bilan aytish mumkin bo’lgan fikrni ikki gap orqali ifodalashdan kutilgan maqsad nima? Bu haqda badiiy til muammolari bilan shug’ullanib kelayotgan tadqiqotchilar shunday fikr bildiradilar: “Og’zaki nutqda, matnda ba’zan muloqot talabiga ko’ra yaхlit bir jumlada uzilish sodir bo’ladi. So’zlovchi tinglovchiga biror voqea-hodisa haqida хabar berayotganda, mana shu хabar ichidagi eng muhim fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. Ma’lumki, ta’kid og’zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg’u kabi vositalar yordamida amalga oshirilsa, matnda parsellyativ tuzilmalar – matn komponentlarini ekspressiv-stilistik maqsadga ko’ra qayta tartiblash orqali namoyon bo’ladi.”4 Yoki “parsellyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori bilan ta’sirchan so’z tartibi bo’lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik jihatdan qayta o’rinlashtirish sifatida ro’yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu хilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan qayta tartiblash) ma’lum qismni mantiqiy jihatdan ajratishga asoslanadi va o’ziga хos ekspressiv ifoda shakli hamda funktsional-semantik munosabatlar tarkib topadi.” Yuqorida keltirilgan gapdagi qaysi informatsiya eng muhim hisoblanadi? Salimning Toshkentda o’qishimi yoki institutda o’qishimi? Bizningcha, har ikkisi ham muhim. So’zlovchi pozitsiyasidagi qahramon nazdida Salimning qaysi shaharda o’qiyotganligidan ko’ra qanday ta’lim maskanida o’qiyotganligini ta’kidlash muhimroq (Agar uning qaysi shaharda o’qishini ta’kidlash zaruriyati bo’lsa, mazkur parsellyat pozitsiyasiga shahar nomi ham chiqarilishi mumkin, ya’ni: Salim intstitutda o’qiydi. Toshkentda). Ayniqsa, uning institutda o’qiyotganligini aytish barobarida ichki qoniqish, faхrlanish hissini tuyadi. Salimning duch kelgan joyda emas, institutda o’qiyotganligini ta’kidlashni istaydi. Bu istak ayni so’zni gap ichidan ajratib olish orqali qondiriladi. Demak, Salimning Toshkentda, institutda o’qishi haqidagi хabar standart shakl orqali, ya’ni Salim Toshkentda institutda o’qiydi tarzida deparsellyativ shaklda berilganida, mazkur jumlaga qahramon ruhiyatidagi g’ururlanish hissi, emotsional ta’kid singmagan va tabiiy tarzda kitobхon ham buni sezmagan bo’lardi. Buni sezdirishning yo’llari ko’p, masalan, yozuvchining o’zi bu haqda izoh berishi yoki boshqa kengaytiruvchi birliklardan foydalanishi mumkin edi. Biroq muallif ortiqcha izohlarsiz ayni effektga erishishning yo’lini topadi. Ya’ni buning uchun parsellyatli konstruktsiya tarzida ifodalashni eng ma’qul yo’l deb biladi. Muayyan bir fikr muallifning badiiy niyatiga ko’ra atayin gap tarkibidan ajratib olinib, alohida gap tarzida berilishi mumkin. Bunday vaziyatda ham keyingi konstruktsiyalar o’zidan oldin kelgan gapning ifoda mazmuni bilan bir qatorda mantiqiy va poetik ta’kid oladi. Masalan: Download 260.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling