Ilmiy tadqiqot tiplarining tasnifi. Xalqaro jamg`armalarning loyixalari va ularda ishtirok etishning ahamiyati


Download 19.44 Kb.
bet1/5
Sana28.09.2023
Hajmi19.44 Kb.
#1688891
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu.tadqiqot tiplari


6-Mavzu: Ilmiy tadqiqot tiplari.
Reja:
1.Ilmiy tadqiqot tiplarining tasnifi. Xalqaro jamg`armalarning loyixalari va ularda ishtirok etishning ahamiyati.
2. Fundamental, amaliy, innavatsion tadqiqot ishlanmalarining o`zaro aloqasi va farqi.
3.Ilmiy bilishning o`sish qonuniyatlari. Ilmiy tadqiqotda vorislik va novatorlik.


Ilmiy tadqiqotlarning tiplari. Ilmiy tadqiqotning tiplari: fundamental tadqiqotlarning amaliy tadqiqotlardan farqli jihatlari. Tadqiqotchilik loyiha konstruktorlik ishlanmalari: Maxfiy tadqiqotlarning ijtimoiy siyosiy ahamiyati. Innovatsion tadqiqotlar. Yoshlarning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalari. Xalqaro jamg`armalarning ilmiy loyihalari va ularda ishtirok etishning ahamiyati. Nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy loyihalari. Fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqot ishlanmalarining o`zaro aloqasi va farqi. Fan va ishlab chiqarish aloqadorligi, vorisiylik va novatorlik.
Ilmiy ratsionallikning shakllanish tarixi va mazmuni. Ratsionallikning modellari: induktivistik, deduktivistik, evolyutsionistik, to`rsimon, realistik, paradigmal modellar, fanni tematik tahlil qilish va ilmiy tadqiqotga asoslanuvchi modellar. Ilmiy oqilonalikning klassik va noklassik qiyofasi. Ochiq va yopiq oqilonalik. Ilmiy bilim qoida va xulosalarining ratsionalligi.
Inson bilimida hissiy va ratsional faoliyatning uyg`unligi. Ratsionallik fikr shakllari bilan aniq belgilangan andozaga muvofiq ish ko`rish shakli. Irratsionallik aql bilan bilish mumkin bo`lmagan, mantiqiy fikrlashga muvofiq kelmaydigan narsa va hodisalar majmui. Simvollik interaksionizm konsepsiyasi. Kundalik amaliyotning takroriyligi va davomiyligi. Yo`l tanlashning oqilonaligi. Xabitus – amaliyotni boshqaruvchi alohida stixiya. Ijtimoiy harakatning maqsadi.
F.Bekon fanda o‘z-o‘zicha foyda keltirmaydigan, lekin “sabablar va aksiomalar”ni bilishga ko‘makIashadigan tajribalar hamda foydali kashfiyotiar va ixtirolarga eltadigan tajribalar borligini ta’kidlagan edi1. Yangi davrdan boshlab, fan o‘ziningbirinchi toifadagi tajribalari ikkinchitoifadagi tajribalarga yo’l ochishigaqarab tobora ko‘proq moijal oladi. Hozirgi zamon fanining amaliyotga qarab m oijal olishi mazkur fanga xos bo’lgan xususiyat va shu bilan birvaqtda jamiyat fanga qo'yuvchi muhim talablardan biridir. O`znavbatida, amaliyot ham fanga tobora ko‘proq tayanmoqda. Fanning amaliyot sari harakatining turli bosqichlariga ilmiy tadqiqotlarning birbiri bilan boglangan, lekin shunga qaramay turli tiplari muvofiq keladi:
1) fundamental tadqiqotlar;
2) amaliy tadqiqotlar;
3) tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalar;
4) innovatsion tadqiqotlar;
5) Yoshlarning amaliy va fundamental tadqiqotlari.
1.Fundamental tadqiqotlar. Fundamental tadqiqotlar voqelik hodisalari va qonunlari haqida yangi bilim olishga qaratiladi. Ular bironbir amaliy maqsadlargaerishishni bevosita ko‘zlamaydi. Bu erdatadqiqotchini haqiqat o‘zo‘zicha qiziqtirmaydi, u mazkur haqiqatningtagiga etish qanday foyda keltirishi mumkinligini bilmasdan uni izlaydi.Fundamental tadqiqotlar ikki xil: erkin va aniq maqsadga qaratilganbo‘ladi.
Erkin tadqiqot (izlanish) odatda individual xususiyat kasb etadi yoki ish maqsadini mustaqil belgilash va unga zarur bo‘Igan mablag ‘larni o’z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘Igan olimtomonidan boshqariladi. Erkin izlanish rejimida ish olib borayotgan olim o‘z faoliyati metodlari va yo'nalishlarini tanlashda erkin bo‘ladi.Uning aqlida kutilmagan g‘oyalarning paydo bo‘lishi, agar ular olimga qiziqarli bo‘lib tuyulsa yoki tabiat qonunlarini yanada teranroq tushunishni va’da qilsa yoinki tadqiqotning yangi sohalarini ochish imkoniyatini bersa, ilmiy izlanish yo‘nalishini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Aniq maqsadga qaratilgan fundamental tadqiqotda ilmiy izlanish yo'nalishi aniq belgilangan bo'ladi va tadqiqotchilardan qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'lidan og'maslik talab etiladi Odatda, bundaytadqiqot muayyan tashkilot tarkibida, jamoa bo'lib amalga oshiriladi.Unda jamoa ishiga ma’muriy rahbarlik qilish tizimi ulkan rol o‘ynaydi.Ixtisoslashtirilgan ilmiy guruhlar, laboratoriyalar, bo‘limlar tashkiletiladi, ularning faoliyati muvofiqlashtiriladi. Agar tadqiqot yo‘li lozimdarajada aniq bo‘lsa, uni rejalashtirish, har bir bosqichda olinishi kerakbo‘lgan natijalarni hamda buning uchun zarur texnika va moddiyvositalarni nazarda tutish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Download 19.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling