14-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish Reja: Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
14-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Likvidlik va kassa rejasini bajarish 1. Moliyaviy rejalashtirish
14-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish Reja: 1. Moliyaviy rejalashtirish 2. Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish 3. O‘sib kelayotgan biznes: tashqi moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj 4. Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti 5. Aylanma kapitalni boshqarish 6. Likvidlik va kassa rejasini bajarish 1. Moliyaviy rejalashtirish Moliyaviy rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: reja tuzish, uni amalga oshirish va erishilgan natijalarni inobatga olgan holda tuzatish kiritish. Moliyaviy rejani ishlab chiqishda firmaning strategik rejasi asosiy tayanch hisoblanadi. Aynan shu reja moliyaviy rejalash-tirishning asosiy yo‘nalishini, biznesni rivojlantirish bo‘yicha umumiy vazifalarni va kompaniya o‘sishi ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, firma o‘z biznesining qaysi yo‘nalishini kengaytirishni, qaysilarini qisqartirishni istashi strategik rejaga muvofiq hal etiladi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari tayinlanadi. Moliyaviy rejalashtirishning yana bir muhim elementi rejalashtirish davrining davomiyligidir. Odatda, bu davr qanchalik uzoq bo‘lsa, moliyaviy reja shunchalik batafsil bo‘lmaydi. Besh yillik moliyaviy rejalar, odatda, faqat asosiy bashorat qilinadigan aktivlar va majburiyatlar, tafsilot-larni o‘z ichiga olmagan moliyaviy natija to‘g‘risida hisobotlar va balans shakllarini o‘z ichiga oladi. Boshqa tarafdan, bir oyga tuzilgan moliyaviy rejaga, odatda, muayyan mahsulot liniyalari bo‘yicha daromadlar va xarajat-lar bashorati va bo‘lajak pul tushumlari hamda to‘lovlarning batafsil istiqbolli baholanishi kiritiladi. Aksariyat hollarda, ko‘p yillik rejalar har yili, bir yilga tuzilgan reja esa har chorakda qayta ko‘rib chiqiladi. Moliyaviy rejalashtirish sikli (jarayoni) bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Boshqaruv xodimlari firma mahsulotiga talab darajasini va uning bo‘lajak ishlab chiqarish xarajatlari darajasini belgilovchi asosiy tashqi omillar dinamikasi prognozini tuzadi. Tashqi iqtisodiy omillarga kompaniya o‘z mahsulotlarini sotadigan bozorlardagi ishbilarmonlik faolligi darajasi, inflyatsiya darajasi, valyuta kurslari, foiz stavkalari darajasi, shuningdek asosiy raqib firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va tovarlarining bahosi kiradi. 2. Ushbu tashqi omillar va bo‘lajak investitsiya xarajatlari, ishlab chiqarish hajmi, marketing va ilmiy tadqiqotlar hamda dividend to‘lash bo‘yicha xarajatlar borasidagi o‘zlarining dastlabki qarorlari asosida menejerlar firmaning daromadlari va xarajatlari hamda pul mablag‘lari oqimlari bo‘yicha prognozini tuzadilar. Shuningdek, ular kompaniyaning tashqi moliyalashtirish manbalaridan mablag‘ olishga bo‘lgan ehtimoldagi ehtiyojini ham belgilaydilar. Ular firma faoliyatining bo‘lajak moliyaviy ko‘rsatkichlari aksiyadorlar daromad olishini nazarda tutib tuzilgan dastlabki strategik rejaga nechog‘lik mosligini, firmada ushbu rejani amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘ olish imkoniyatini bor yoki yo‘qligini tekshiradilar. Agar shu ish jarayonida biror bir nomutanosiblik aniqlansa, menejerlar qabul qilingan qarorni u haqiqiy amalga oshiri-layotgan rejaga mos kelmaguncha qayta ko‘rib chiqadilar va shu oxirgi reja yil davomida firmaning joriy qarorlari uchun dasturga aylanadi. Bundan tashqari, amaliyotda biror prognoz noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkinligini oldindan o‘ylab, qo‘shimcha rejalar tuzib qo‘yish tartibi ham keng tarqalgan. 3. Tuzilgan umumiy reja asosida oliy bo‘g‘in rahbarlari o‘zlari va o‘z qo‘l ostidagilari uchun kelajakda firma samaradorligining muayyan ko‘rsat-kichlarini belgilab qo‘yadilar. 4. Amalda erishilgan firma samaradorligi darajasi muntazam baholab boriladi (har oyda yoki har chorakda), rejada belgilab qo‘yilgan maqsadlar bilan solishtiriladi va zarur bo‘lsa to‘g‘rilash choralari ko‘riladi. Yil davomida amaldagi ko‘rsatkichlar rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan ancha og‘ishsa (farq qilsa), boshqaruv xodimlari rejaning o‘zini ham butunlay o‘zgartirish (to‘g‘rilash)lari mumkin. 5. Yil oxirida xodimlar rag‘batlantiriladi (mukofot yoki ish haqi oshirilishi) va rejalashtirish sikli (jarayoni) boshidan qayta boshlanadi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling