14-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish Reja: Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish
Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
14-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi moliyalashtirishning sotish hajmining o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqligi
- Barqaror o‘sish tenglamasini keltirib chiqarish
4. Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti
14.1-rasm mo‘ljallangan sotish hajmiga erishish uchun tashqi moliyalashtirish summasi qanchalik ko‘payishi kerakligini yaqqol ifoda etadi. Biroq bizda qarama- qarshi savol ham vujudga kelishi mumkin: tashqi manbalardan faqatgina chegaralangan summani olishi mumkin bo‘lgan sharoitda firmaning sotish hajmi qanchalik tez o‘sishi mumkin? 14.1-rasm. Tashqi moliyalashtirishning sotish hajmining o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqligi Ushbu savolga javob berish uchun kompaniyaning tashqi moliyalashtirish imkoniyatlari quyidagilar bilan cheklanadi, deb faraz qilamiz: Firma yangi aksiyalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmayapti. Demak, firmaning aksiyadorlik kapitali taqsimlanmagan daromadni ko‘paytirish natijasidagina oshishi mumkin; Firma o‘z kapitali va qarz olingan kapital nisbati koeffitsiyentini oshirishni istamaydi. Demak, taqsimlanmagan daromad o‘sishi natijasida kompaniyaning o‘z kapitali qanday sur’atda oshsa, tashqi qarz summasi ham xuddi shu sur’atda oshadi. Bunday sharoitda firmaning o‘z kapitali qancha tez ko‘paysa, firmaning o‘zi 78 Qarang: www.prenhall.com/bodie ham shuncha tezlikda rivojlanadi. Firmaning rivojlanishi undan-da tezroq bo‘laolmaydi. O‘z kapitali o‘sishi koeffitsiyenti barqaror o‘sish koeffitsiyenti deb ataladi (sustainable growth rate). Barqaror o‘sish koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Barqaror o‘sish koeffitsiyenti = Foydani ushlab turish koeffitsiyenti × Kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) Barqaror o‘sish tenglamasini keltirib chiqarish Barqaror o‘sish koeffitsiyenti = Aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari Agar firma yangi aksiyalar chiqarmasa, uning aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari yil boshidagi aksiyadorlik kapitali miqdoriga bo‘lingan taqsimlanmagan daromad o‘sishi sur’atlariga teng bo‘ladi: Aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari = Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi Yil boshidagi aksiyadorlik kapitali Lekin: Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi = Foydani ushlab turish koeffitsiyenti X Sof foyda Foydani ushlab turish koeffitsiyenti – bu firma sof foydasining aksiyadorlarga dividend sifatida to‘lanmagan yoki kompaniyaning muoma-ladagi aksiyalarini sotib olishga sarflangan qismi. Ta’rifga ko‘ra bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi: Daromadni ushlab turish koeffitsiyenti = 1 – Dividendlarni to‘lash koeffitsiyenti – Aksiyalarni qayta sotib olish koeffitsiyenti Binobarin, o‘rniga qo‘yish usulidan foydalanib quyidagini olamiz: Aksiyadorlik kapitalining o‘sishi sur’ati = Foydani ushlab turish koeffitsiyenti X Sof foyda Aksiyadorlik kapitali yoki boshqacha qilib aytganda: Aksiyadorlik kapitalining o‘sishi sur’ati = Foydani ushlab turish koeffitsiyenti X ROE Va, shu tariqa, biz yana barqaror o‘sish koeffitsiyentiga ega bo‘lamiz: Barqaror o‘sish koeffitsiyenti = Foydani ushlab turish koeffitsiyenti X ROE Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling