14-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish Reja: Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish
“A” kompaniyasining 20x1–20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
14-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balans 20x0 y. 20x1 y. 20x2 y. 20x3 y.
- Pul mablag‘lari aylanishi sikli
“A” kompaniyasining 20x1–20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti
(mln. so‘mda) Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 20x1 y. 20x2 y. 20x3 y. Sotuvlar hajmi 1000000 1120000 1254400 Sof foyda 200000 224000 250880 Dividendlar 80000 89600 100352 Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi 120000 134400 150528 Balans 20x0 y. 20x1 y. 20x2 y. 20x3 y. Aktivlar 2000000 2240000 2508800 2809856 Majburiyatlar 1000000 1120000 1254400 1404928 Kapital 1000000 1120000 1254400 1404928 1-nazorat uchun savol Firma o‘sishi sur’ati uning barqaror o‘sishi koeffitsiyentidan past bo‘lgandagi vaziyat tashqi moliyalashtirish summasiga qanday ta’sir qiladi? 5.Aylanma kapitalni boshqarish Aksariyat kompaniyalarning ishlab chiqarilgan mahsulot yoki tovarlarni sotishdan biror-bir daromad (foyda) olishlridan oldin amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lari sarflashlariga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida firma aktivlarining ma’lum qismlari, masalan, tovar-moddiy zahiralar va olinishi kerak bo‘lgan hisoblar (debitorlik qarzlari), odatda, uning majburiyatlaridan, ya’ni to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar (kreditorlik qarzlari) va to‘planib qolgan qarzlardan oshadi. Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari o‘rtasidagi farq aylanma kapital (working capital) deb ataladi. Agar kompaniyaning aylanma kapitalga ehtiyoji mavsumiy emas, balki doimiy xususiyatga ega bo‘lsa, odatda, kompaniya uzoq muddatli moliyalashtirishni olishga harakat qiladi. Mavsumiy ehtiyojlar qisqa muddatli qarzlar, masalan, bank kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi. Firma aylanma kapitalini boshqarishning asosiy prinsipi daromadsiz aktivlar, masalan debitorlik qarzlari va tovar-moddiy zahiralariga sarflangan mablag‘larni imkon qadar kamaytirishdan, va “foizsiz” kreditlardan, ya’ni a) mijozlar oldindan to‘lagan mablag‘, b) hisoblangan, ammo to‘lanmagan mehnat haqi va v) kreditorlik qarzlaridan maksimal darajada foydalanishdan iborat. Pul mablag‘larining bu uchta manbai firma uchun bepul hisoblanadi. Chunki, odatda, ularga aniq (ochiq) foiz stavkasi hisoblanmaydi 79 . Ma’lum chora-tadbirlar va tartiblar kompaniya o‘z mahsulotini sotgan payt 79 Agarda firma to‘lovlarni bo‘nak (avans) tarzida amalga oshiruvchi xaridorlarga chegirmalarni taklif etsa, u holda bunday chegirmalar miqdori noaniq foizli to‘lov hisoblanadi. Agar firma mahsulot (mol) yetkazib beruvchi tomonidan taklif etilgan chegirmadan voz kechib, bu orqali hisoblar bo‘yicha to‘lovlari muddatini uzaytirsa, bunday chegirma ham noaniq foizni namoyon etadi. bilan pul hisob raqamiga kelib tushgan payt oralig‘idagi vaqtni qisqartirish imkonini beradi. Aynan shu tadbirlarni amalga oshirish orqali firmaning aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish mumkin. Ideal holatda, har bir firma yetkazib beriladigan tovar uchun mijozlardan avans olishga intilishi kerak. Bundan tashqari, o‘ziga zarur resursni sotib olish va haqini to‘lash o‘rtasidagi vaqtni uzaytirish orqali aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirishi mumkin. To‘lov vaqti va amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilab tushunish uchun 2-rasmni diqqat bilan o‘rganing. 14.2-rasm. Pul mablag‘lari aylanishi sikli Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling