Barqaror o‘sish tenglamasi qiymati ahamiyati
Firmaning barqaror o‘sish maksimal koeffitsiyenti uning kapitali
daromadliligi koeffitsiyentiga (ROE) teng, va faqat dividendlar to‘lash
koeffitsiyenti “0”ga teng bo‘lganda, ya’ni kompaniyaning sof foydasi to‘liqligicha
ushlab qolinib, biznesga reinvestitsiya qilingandagina bunday ko‘rsatkichga
erishish mumkin. Agar firma o‘z o‘sish sur’ati o‘zining barqaror o‘sish
koeffitsiyentidan yuqori bo‘lishini istasa, yangi aksiyalarni emissiya qilishi yoki
kreditorlar oldidagi qarz koeffitsiyentini oshirishi kerak bo‘ladi.
Barqaror o‘sishga misol:
“A” kompaniyasi quyidagi belgilangan koeffitsiyentlarga ega deylik:
Aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti = bir yilda 0,5 marta;
Qarz olingan kapitalning o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti =1,0;
Dividendlar to‘lash koeffitsiyenti = 0,4;
Kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) = 20%.
So‘nggi yilda kompaniyaning sotuvlari hajmi 1,0 mln. so‘mni tashkil etdi.
Demak, aktivlar summasi 2,0 mln. so‘mga, qarz olingan va aksiyadorlik kapitali
qiymatlarining har biri esa 1,0 mln. so‘mga teng. Kapital daromadliligi (ROE)
20,0%ni tashkil etgan, shunga muvofiq ravishda sof foyda 200 000 so‘m bo‘lishi
kerak. Shundan 80 000 so‘m dividend sifatida to‘langan, 120 000 so‘m esa yangi
aksiyadorlik kapitali sifatida reinvestitsiya qilingan. Kompaniya qarz kapitalining
o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti 1,0 ga teng bo‘lganligi uchun “A” o‘z
aktivlarini 240 000 so‘mga va sotuv hajmini esa 120 000 so‘mga oshirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, sotuvlar hajmi barqaror o‘sishi koeffitsiyenti quyidagicha
bo‘ladi:
%
12
12
,
0
1000000
120000
g
Agar hisob-kitob uchun quyidagi formuladan foydalansak, xuddi shu natijani
olamiz:
g = ROE × (1 – Dividendlarni to‘lash koeffitsiyenti) =
= 20% × (1 – 0,4) = 12%
“A” kompaniyasining uch yillik barqaror o‘sish davridagi moliyaviy
hisobotlari 14.4-jadvalda aks ettirilgan:
14.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |