14-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish Reja: Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish


“XYZ”  kompaniyasining 20x1–20x3 yillarda moliyaviy hisobot moddalari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana06.02.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1169482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
14-Mavzu

“XYZ”  kompaniyasining 20x1–20x3 yillarda moliyaviy hisobot moddalari
(sotuvlar hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan)
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 
20x1y. 
20x2y. 
20x3y. 
Sotuvlar hajmi (yalpi tushum) 
100% 
100% 
100% 
Sotilgan mahsulot tannarxi 
55,0 
55,0 
55,0 
Yalpi foyda 
45,0 
45,0 
45,0 
Umumiy xarajatlar, mahsulot sotish xarajatlari, va 
ma’muriy xarajatlar (davr xarajatlari) 
15,0 
15,0 
15,0 
Foizlar va soliqlar to‘lashdan oldingi foyda (EBIT) 
(asosiy faoliyatdan olingan foyda) 
30,0 
30,0 
43,0 
Foiz to‘lovlari (shaklidagi) xarajatlar(i) 
15,0 
18,8 
22,2 
Soliqlar 
6,0 
4,5 
3,1 
Sof foyda 
9,0 
6,7 
4,7 
Dividendlar 
2,7 
2,0 
1,4 
Aksiyadorlik kapitali (xususiy kapital) o‘zgarishi
6,3 
4,7 
3,3 
Balans 
20x1y. 
20x2y. 
20x3y. 
Aktivlar 
360% 
360% 
360% 
sh.j., pul va pul ekvivalentlari 
6,0 
6,0 
6,0 
Olinadigan hisob varaqlari (debitorlik qarzlari) 
24,0 
24,0 
24,0 
Tovar-moddiy zahiralar 
30,0 
30,0 
30,0 
Asosiy vositalar 
300,0 
300,0 
300,0 
Majburiyatlar
203,7 
225,1 
244,3 
sh.j., to‘lovlar uchun hisob varaqlari (kreditorlik 
qarzlari) 
18,0 
18,0 
18,0 
Qisqa muddatli majburiyatlar 
110,7 
144,6 
174,2 
Uzoq muddatli majburiyatlar 
75,0 
62,5 
52,1 
Aksiyadorlik kapitali (xususiy kapital) 
156,3 
134,9 
115,7 


Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy hisobotlar va balansning sotuv hajmiga 
nisbatni foiz hisobida o‘zgarmaydigan qismlari bo‘yicha prognoz tuzamiz. So‘nggi 
bir necha yil davomida tayyor mahsulot tannarxi sotuv hajmining 55,0% ini tashkil 
etgan. Shunday ekan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 20x4 yilda tayyor mahsulot 
tannarxi 190,8 mln. so‘mni (0,55 × 345 mln. so‘m) tashkil etadi. Yil oxiriga jami 
aktivlar so‘nggi uch yil mobaynida o‘rtacha yillik sotuv hajmi ko‘rsatkichlaridan 
uch barobar yuqori bo‘lgan. Shunday ekan, 20x4 yil oxiriga prognoz qilingan jami 
aktivlar qiymati 1224,16 mln. so‘mni tashkil etadi. 
Nihoyat, moliyaviy rejalashtirishning so‘nggi bosqichida qolgan ko‘rsat-
kichlarni (ya’ni, moliyaviy hisobotning sotuv hajmiga nisbatan foiz hisobida 
o‘zgaradigan qismlari bo‘yicha ma’lumotlar) aniqlaymiz. Uzoq muddatli 
majburiyatlar bo‘yicha yillik foiz stavkasi 8,0%ni, qisqa muddatli majburiyatlar 
bo‘yicha 15,0%ni tashkil etadi, deb faraz qilaylik. Demak, foiz to‘lovlari bo‘yicha 
xarajatlarning dastlabki umumiy summasi uzoq muddatli majburiyatlar 
summasining 8,0% ini va, shunga qo‘shimcha, yil boshiga (ya’ni 20x3 yil oxiriga) 
to‘lanmagan qisqa muddatli majburiyatlar summasining 15,0%ini tashkil etadi. 
20x4 yilda prognoz qilingan foizlarni to‘lash bo‘yicha umumiy xarajat 87,26 mln. 
so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, taxmin qilamizki, soliq summasi foizlar 
to‘langandan keyingi daromadning 40,0%ini, yoki 6,57 mln. so‘mni tashkil etadi. 
Shunday qilib, soliqlar to‘langandan keyingi sof foyda 9,85 mln. so‘mga teng 
bo‘ladi. Ushbu hisob-kitoblar natijasida biz 20x4 yilga moliyaviy natijalar 
bo‘yicha prognozga ega bo‘lamiz. Ushbu prognoz 14.3-jadvalning oxirgi ustunida 
aks ettirilgan. 
14.3-jadval 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling