Bakalavriat – koʻp mamlakatlarda oliy taʼlimning dastlabki bosqichi. Oʻzbekistonda B. mutaxassisliklar yoʻnalishi boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan tayanch oliy taʼlimdir


Download 235.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.04.2023
Hajmi235.32 Kb.
#1339425
  1   2   3   4   5
Bog'liq
\'Ochiq dars materiali



5-Amaliy mavzu: Ikki pog‘onali oliy ta‘lim tizimi. 
Bakalavriat – koʻp mamlakatlarda oliy taʼlimning dastlabki bosqichi. 
Oʻzbekistonda B. mutaxassisliklar yoʻnalishi boʻyicha fundamental va amaliy 
bilim beradigan tayanch oliy taʼlimdir. Oʻqish muddati kamida 4 yil Bakalavrlik 
dasturi tugallangandan soʻng, bitiruvchilarga bakalavr darajasi berilib davlat 
attestatsiyasi yakunlariga koʻra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy 
maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom topshiriladi. 
Magistratura (lot. magistratus — boshliq) — 1) Qad. Rimda davlat lavozimi; 2) 
ayrim davlatlarda sud mahkamalari tizimi; 3) koʻp davlatlarda oliy taʼlim bosqichi; 
4) Oʻzbekistonda aniq mutaxassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim 
beradigan, bakalavriat negizida taʼlim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy 
taʼlim. Magistrlik dasturini tugallab, ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi 
magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng , bitiruvchilarga davlat malaka 
attestatsiyasi yakunlariga koʻra magistr darajasi berilib, ularga davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi, kasbhunar va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini 
beradigan diplom topshiriladi. OʻzRda M.ni birinchi marta 2001-yil 1828 kishi 
bitirib chiqdi.
Klassifikator — oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlash yo‗nalishlari va 
mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‗yxatidir. Unda quyidagi o‗nta bilim 
sohasi nazarda tutilgan: 
1. Ta‘lim. 
2. San‘at va gumanitar fanlar. 
3. Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot. 
4. Biznes, boshqaruv va huquq. 
5. Tabiiy fanlar, matematika va statistika. 
6. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. 
7. Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari. 


8. Qishloq, o‗rmon, baliqchilik xo‗jaligi va veterinariya. 
9. Sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot. 
10. Xizmatlar. 

Download 235.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling