Bakalavrlarni tayyorlash sohasidagi vazifalarni qamrab olgan
-rasm. XEK xalqaro tashkilotining tashkiliy tuzilmasi
Download 207.04 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
1.1.2-rasm. XEK xalqaro tashkilotining tashkiliy tuzilmasi
XEKning Oliy rahbar idorasi XEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo’mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo’lib, u har 3 yil muddatda saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g’azinachi, bosh sekretar lavozimlari ham bor. XEK har yili bir marta o’z kengashiga yig’iladi va o’z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. Uning tashkiliy tuzilmasi 1.1.2- rasmda keltirilgan. 1972 yilga qadar XEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faolèÿò ko’rsatar edi. 1972 yili esa XEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi. Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo’yicha Xalqaro konferentsiya - (ILAC) 1977 yil (Kopengagen, Daniya)da birinchi bo’lib tashkil etilgan. Konferentsiyani ish olib borishidan maqsadi savdoda texnik to’siqlarni sinov laboratoriyalarini akkreditlash yo’li bilan xalqaro darajadagi tamoyillar va usullarni, sinov natijalarini o’zaro ishonchliligini o’rnatish asosiy yo’nilishdir. ILAC o’zining faoliyati darajasida xalqaro kelishuvni ikki turini ko’zda tutadi: - akkreditlanmagan laboratoriya sinov sertifikatlari, bayonnomalarni o’zaro tan olish bo’yicha kelishish; - milliy tizim akkreditlagan sinov laboratoriyalarini o’zaro tan olish bo’yicha kelishish (sertifikatlarni va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi). O’tgan asrning 90-yillarining o’rtalarida Yevropa Ittifoqida (EC) ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlar sifati bo’yicha yangi siyosat qabul qilindi. ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalariga asosan laboratoriyalarini akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarini aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO /IES Rukovodstvo 2.86) o’tkazishga huquq berishdan iborat. Akkreditlangan sinovlar tushunchasi mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati bilan chambarchas bog’langandir. ILAC (Internationai Laboratory Accreditation Conference) birinchi marta 1977 yili Kopengagen (Daniya) da chakirilgan. ILAC ning yaratilishidan milliy tizimlarini o’zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinash natijalarini va boshqa mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish. 1980 yilda chakirilgan ILAC ning konferentsiyasida milliy tizimlarining akkreditlangan laboratoriyalarini o’zaro tan olish bo’yicha amaldagi ikki va ko’p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga qaror qabul qilindi. Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo’ldi: Laboratoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat bayonnomalarini o’zaro tan olish bitimi; Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o’zaro tan olish bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan). SHu masalalar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning natijalariga ko’ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi. Laboratoriyalarning akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual bo’lib, ular bilan bog’liq bo’lgan materiallarni sistemali ravishda chop etilish zarurati tugildi. SHu masalalarda har doim ILAC o’z materiallarining chop etilishini «Metrologiya» jurnali tahririyati bilan hamkorlikda amalda oshirilishiga qaror qildi. 1983 yili ILAC tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat bo’yicha qo’llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa bunday tavsiya qabul qilindi. ISO va MEK lar tomonidan qayta ishlangan bu hujjat ISO - IES 49 qo’llanmasi nomi bilan ma’lumdir. ILAC tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni chetga chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi savdo – iqtisodiy siyosatiga katta ta’sir o’tkazmoqda. Bunga misol tariqasida YeES mamlakatlari tomonidan 1989 yili qabul qilingan akkreditlanuvchi laboratoriyalarga talablar asosini belgilovchi akkreditlar va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Yevropa EN – 45000 standartini ko’rsatish mumkin. Nazorat savollari 1. Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti qachon va qaerda tashkil qilingan? 2. Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ISO (International Standards Organization) qachon tashkil etilgan. 3. ISO ning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad nima? 4. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi qachon tashkil etilgan? 5. ISO va MEK faoliyatlari bo’yicha qaysi soxalarda ish olib boradi? Download 207.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling