Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari


Download 346.82 Kb.
bet16/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari



Rivojlangan mamalakatlarda kompaniyalar emas, balki jamoalar raqobat qilmoqdalar. Jamoa — umumiy maqsad bilan birlashtirilgan, samarali, hamfikr odamlar jamoasidir. Jamoa o‘zining mehnat va emotsional hayoti bilan yashaydi. Har bir jamoani o‘zining nodir ishlash usullari shakllanadi. Jamoada shaxslararo munosabatlar shunday qurilganki, unda mutaxassislar har kuni 24 soatgacha bir-birlari bilan yaqindan, kichik xonada bo‘lsin, ahil, hamkorlikda, muvaffaqiyatli ishlay oladilar. Jamoaga g‘ayrat atmosferasi xos.
Jamoada - katta va murakkab amali muammolarni echish maqsadida maxsus tuzilgan, kichik, doimiy rivojlanadigan yuqori malakali mutaxassislar guruhidir. Amerika menejmenti ushbu tushunchani sportdan olgan. Boshqaruvchilik jamoasini tashkilida va faoliyatida sport jamoasi bilan o‘xshashliklari ko‘p. Masalan, boshqaruvchilik jamoasining har bir a’zosi umumiy muammo yechimida bitta aniq vazifani bajaradi va ushbu vazifa uchun yakka o‘zi javob beradi. Yakka mutaxassis sifatida boshqaruvchilik jamoaning har bir a’zosi ham sport o‘yinchisi kabi o‘z vazifalarini bajarishda barcha zarur huquqlarga, erkinlikka va mustaqillikka egadir.


2.4 Jamoalarning umumiy maqsadi va asosiy printsiplari

Ma’lumki, shaxsning hulq-atvori uning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida vaziyatni o ‘zgartirishga qaratilgan harakatidir. Xulq-atvorning maqsadi vaziyatni o‘zgartirishdir. Maqsadga erishilmasa va vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘linmasa, yangi xatti-harakatlarga olib keluvchi yangi holat boshlanadi. Shunday qilib, o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro yordam jamoa rivojining boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Bu jarayon quyidagilarni izohlab beradi:



  • shaxsining jamooaga mansubligi, jamoaning jozibadorligi va jamoaga a’zolik;

  • norasmiy jamoalarning paydo bo‘lishi;

  • jamoada rollarning vujudga kelishi (ayrim shaxslar guruh ehtiyojlariga boshqalarga nisbatan ko‘proq mos keladilar va guruhda vaziyatning yaxshilanishiga imkon beradilar. Masalan, guruhda xushchaqchaq kishi, jamoaning jonidili, g‘oyalar tashuvchi kishi va h.k.lar bo‘lsa shunday bo‘ladi).


Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling