Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomuayyan muddatga ishga qabul qilish
4.6. Ariza va uni yozish tartibi Ariza – bu muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy xayotda eng ko’p qo’llaniladigan va keng tarqalgan ish hujjatdir. Maktab o’quvchisi va talaba, ishchi va yuqori mansabdor shaxs - jamiyatning barcha ongli a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo’llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog’cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o’quv yurti rektoriga, savdo shaxobchasi mudiriga, rayon rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko’rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday rahbar nomiga yozilishi mumkin. Xajmi uslubi va turidan kat’iy nazar ariza o’zining umumiy zaruriy qismlarga ega va ushbu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. 67 Arizaning asosiy qismlari: -Ariza yo’llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi -Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi -Hujjatning nomi (Ariza); -Asosiy matn (Taklif, iltimos, shikoyat); -Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa); -Ariza yozuvchining imzosi, Ismi va Ota ismining bosh harfi, familiyasi; -Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). Shuni eslatib o’tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o’zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo’lmaydi. Bunday hollarda xodim o’zi ishlaydigan bo’lim (qism, brigada va xokazo) va lavozimini ko’rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko’pchilik arizalar uchun ilovalarning ham xojati bo’lmaydi. Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va shikoyatlarini o’z vaqtida va diqqat e’tibor bilan ko’rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, qonunchilikning mustahkam garovidir. Ariza asosan qo’lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko’ra arizalar bir xil emas, ya’ni bir necha so’zdan iborat bo’lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikning o’ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo’lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo’lish bilan birga unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo’ladi. Xizmat arizalari – fuqarolar yoki tashkilotlarning o’z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Davo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat 68 mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo arizalarga nisbatan ko’p qo’llaniladi. Ishga qabul qilishda ariza yozish va uni rasmiylashtirish tartibi. Yuqorida sanab o’tilgan zaruriy qismlardan kelib chiqqan holda tashkilot xodimlari tomonidan yoziladigan arizalarni odatdagi joylashuvi quyidagicha ko’rinishga ega. Tashkilot yoki mansabdor shaxs nomiga yozilgan hujjat – ariza, unda ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’til berish kabi va boshqa iltimoslar bayon etilgan bo’ladi. Xodim arizani qoida tariqasida, qo’lda erkin shaklda yoki mazkur tashkilotda ishlab chiqilgan muayyan namunadagi blankda yozadi. Ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ko’zda tutilgan bir qator hollarda (ishga qabul qilish jarayonidan tashqari) xodimning arizasi majburiy hisoblanadi. Ariza aksariyat hollarda tanlov asosida xodimni ishga qabul qilishda yoki ishga olinayotgan nomzod bir qator lavozim egalari (bo’lim boshlig’i, bosh buxgalter, yurist-konsultant va h.) bilan kelishish zaruriyatiga ko’ra rasmiylashtiriladi. Ishga qabul qilish to’g’risidagi arizaga tarkibiy bo’linma rahbari yoki yetakchi mutaxassisning kelishuv to’g’risidagi vizasi qo’yilib, oklad yoki mehnatga haq to’lashning boshqa usuli ko’rsatiladi. Xodimlarni ishga qabul qilish huquqi berilgan tashkilot rahbari xodimni ishga qabul qilish to’g’risida o’z rezolyustiyasini qo’yadi. Shundan keyin ariza ishga qabul qilish bilan bog’liq tegishli hujjatlarni tayyorlash uchun kadrlar xizmatiga kelib tushadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling