Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
6.4. Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinishida mehnat daftarchasini to‘ldirish tartibi Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi yozuvlar mehnat daftarchasiga quyidagi tartibda yoziladi: 1-ustunda yozuvning tartib soni; 2-ustunda mehnat shartnomasining bekor qilinish sanasi; 124 3-ustunda mehnat shartnomasini bekor qilinishi; 4-ustunda esa ushbu yozuvning nimaga asoslanib kiritilgani, buyruq sanasi va son raqami ko’rsatiladi. Masalan: xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda va 1997 yilning 10 iyuni oxirgi ish kuni hisoblangan vaqtda xodimning mehnat daftarchasiga quyidagi yozuvlar kiritilishi lozim: ishi to’g’risidagi ma’lumotlar bo’limining ustunida yozuvning tartib soni qo’yiladi, 2-ustunda bo’shatilish sanasi (1997 yil. 06. 10.). 3-ustunda «mehnat shartnomasi bekor qilindi» deb yoziladi. 4-ustunda buyruqning sanasi va son raqami ko’rsatiladi. Mahalliy mehnat organlari tomonidan fuqarolarning mehnat daftarchalariga: a) jamoat ishlari hamda kasbga o’rgatish, malakasini oshirish, qayta kasbga tayyorlashga jalb qilingan muddatlarini qayd qiladilar. Ishsiz shaxs deb e’tirof etilgan fuqarolar mahalliy mehnat organiga belgilangan muddatda ro’yhatdan o’tish uchun kelganlarida mehnat daftarchalarini mahalliy mehnat organi xodimiga ko’rsatishlari shart. Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini bekor bo’lganligi to’g’risidagi yozuv amaldagi qonun talablariga mos bo’lishi, ya’ni, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) to’g’risidagi yozuv kiritilmasligi shart. Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxs bo’lmagan fuqarolar hamda dehqon xo’jaliklarida ishlovchilar mazkur faoliyatni to’xtatganlarida ularning mehnat daftarchalariga tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan quyidagicha yozuvlar kiritiladi: 1-ustunda — tartib raqami ko’rsatiladi; 2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi yoki dehqon xo’jalikda ishlovchi) o’z faoliyatini to’xtatganligi to’g’risidagi sana yoziladi; 3-ustunga — «Mazkur faoliyat to’xtatildi» deb, ko’rsatiladi; 4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd qilinadi. 125 Yoshga doir pensiyalar tayinlanganda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlari tomonidan mehnat daftarchasining 3-ustunida «Pensiya tayinlandi» degan yozuv kiritiladi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling