Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


 Ish to’g’risidagi ma’lumotlarni yozish tartibi


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

 
6.3. Ish to’g’risidagi ma’lumotlarni yozish tartibi 
Mehnat daftarchasidagi «Ishi to’g’risidagi ma’lumotlar» nomli bo’limining 3-
ustuniga korxonaning to’liq nomi sarlavha kabi yoziladi. 
Sarlavha tagidagi 1-ustunda tartib raqami ko’rsatiladi; 
2-ustunda — ishga qabul qilingan sana yoziladi
3-ustunga «Falon stex, bo’lim, bo’linma, qism va x.k. falonchi lavozimga 
(kasbga, mutaxassislikka) qabul qilindi (tayinlandi yoki saylandi)» deb yozib, 
berilgan malaka darajasi (agar shunday daraja berilsa) aniq ko’rsatiladi. 
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining nomlari O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi 181-son qarori 


120 
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 34-son, 291-modda) 
bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari 
klassifikatoriga asosan ko’rsatiladi;
4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd 
qilinadi. 
Belgilangan tartibda yagona tarif-malaka ma’lumotnomasida va xizmat 
mansablarining yagona ro’yhati, yoxud lavozimlar jadvalida ro’y bergan o’zgarish 
yoki qo’shimchalar to’g’risidagi ma’lumotlar xodimlar e’tiborlariga yetkazilib
so’ng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug’i asosida tegishli 
o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritiladi. 
Bordi-yu, xodimga ishlab turgan davrida yangi malaka darajasi berilgan 
bo’lsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim 
ikkinchi va undan keyingi kasblarni o’rgangan taqdirda, bu to’g’rida mehnat 
daftarchasiga ushbu kasblarning malaka darajalari ko’rsatilib qayd qilinadi. 
Masalan: ta’mirlash chilangari 3-darajadagi elektr-gaz payvandchisi kasbi bo’yicha 
qo’shimcha ixtisoslangan bo’lsa, unda mehnat daftarchasidagi «Ishi to’g’risidagi 
ma’lumotlar» nomli bo’limining 1-ustuniga yozuvning tartib soni, 2-ustuniga 
ikkinchi kasb berilgan sana, 3-ustunga esa «3-darajadagi elektr-gaz payvandchisi 
nomli ikkinchi kasb berildi» deb yoziladi va 4-ustunda tegishli guvohnoma, uning 
son raqami va berilgan sana ko’rsatiladi. 
Xodim yangi o’rgangan kasbi bo’yicha ish bajargan taqdirda mehnat 
daftarchasiga bu to’g’rida tegishli yozuv kiritiladi. Masalan: ta’mirlovchi 
chilangarga 3-darajali elektr-gaz payvandchilik ishlarini bajarish bo’yicha vazifa 
yuklatilishi bilan ikkinchi kasb o’rgatildi va «3-darajali elektr-gaz payvandchisi 
kasbi berildi», deb shu yozuvning qarshisiga 4-ustundan ikkinchi kasb berilganligi 
to’g’risidagi tegishli guvohnomaning son raqami va sanasi, chiqarilgan buyruqning 
son raqami va sanasiga havola qilib yoziladi. 
Mehnat daftarchasiga xodimning yozma arizasiga binoan, o’rindoshlik ishi 
to’g’risidagi ma’lumot xodimni o’rindoshlik asosida ishga qabul qilgan ish 
beruvchi tomonidan chiqargan buyrug’iga muvofiq asosiy ish joyidagi ish beruvchi 


121 
tomonidan yoziladi. Uning ishdan bo’shaganligi to’g’risidagi ma’lumot ham xuddi 
shu tarzda yozib qo’yiladi. 
Xodim mazkur korxonaning o’zida boshqa ishga o’tkazilsa, uning mehnat 
daftarchasiga quyidagicha yozuv kiritiladi: 1-ustunda – tartib raqami, 2-ustunda – 
sana, 3-ustunda «Falon lavozimga (kasbga, mutaxassislikka) o’tkazildi» deb yozib, 
4-ustunda – tegishli buyruqning soni va sanasi ko’rsatiladi.
Xodim ishlab turgan davrda korxonaning nomi o’zgartirilsa, unda bu to’g’rida 
mehnat daftarchasining 3-ustunida alohida satr bilan «Falon korxona, falon sanada, 
falonchi nom bilan atala boshladi» deb yoziladi. 4-ustunda esa, qayta atalishini 
(nomlanishini) asoslab buyruq sanasi va son raqami qo’yiladi. 
Mehnat daftarchasi bor bo’lgan talabalarga, o’quvchilarga, doktorantlarga va 
tibbiyot ordinatorlariga o’quv yurtlari (ilmiy muassasalar) tomonidan oliy va o’rta 
maxsus o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida o’qigan vaqtlari to’g’risida 
yozuv kiritiladi. Bunday yozuvlarga asos bo’lib talabalar, o’quvchilar, katta ilmiy 
xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlar safiga qabul qilinganligi yoki safidan 
chiqarish to’g’risidagi o’quv yurtlari (ilmiy muassasalar)ning chiqargan buyruqlari 
hisoblanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan o’quvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik 
ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarishda va xo’jalik 
shartnomalari bo’yicha ilmiy tadqiqot mavzularda qatnashgan davrlari, ixtisosi, 
malakasi, mansabi (lavozimi) va ish muddati ko’rsatilgan holda tegishli 
ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Ushbu ma’lumotnomalar asosida o’quv 
yurtlari (ilmiy muassasalar) talabalar, o’quvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar 
va klinik ordinatorlarining mehnat daftarchalariga ishi to’g’risidagi olingan 
ma’lumotlarni kiritilishini ta’minlaydi va ularni qat’iy hisobot hujjatlari tarzida 
saqlaydi. 
Ilgari ishlamagan va shu munosabat bilan mehnat daftarchalariga ega 
bo’lmagan talaba, o’quvchi, doktorant (tayanch doktorant) va klinik 
ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarish amaliyotida va xo’jalik 
shartnomalari bo’yicha ilmiy tadqiqot mavzularida olib borgan ishlari to’g’risidagi 


122 
yozuvlar mehnat daftarchalariga ular kelgusida ishlaydigan ish beruvchilar 
tomonidan tegishli ma’lumotnomalarga asoslanib kiritiladi. 
Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi 
yuridik shaxs bo’lmagan fuqarolarning hamda dehqon xo’jaliklarida 
ishlovchilarning mehnat daftarchalariga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari 
tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
1-ustunda — tartib raqami ko’rsatiladi: 
2-ustunda — Xususiy tadbirkor (yakka tartibda mehnat faoliyati bilan 
shug’ullanuvchi yoki shaxsiy yordamchi xo’jalikda ishlovchi) sifatida qayd etilgan 
sana yoziladi; 
3-ustunga — «Xususiy tadbirkor sifatida (yakka tartibda mehnat faoliyati 
bilan shug’ullanayapti yoki dehqon xo’jalikda) ishlayapti» deb, ko’rsatiladi;
4-ustunga — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (sanasi, tartib raqami) qayd 
qilinadi. 
Mehnat daftarchalariga ish beruvchilar tomonidan tegishli hujjatlarning 
sanasi, son raqami va nomiga havola qilingan tarzda alohida satr qilib quyidagi 
yozuvlar kiritiladi: 
a) mehnat va davlat ijtimoiy sug’urtaga oid qonunchilik tadbiq etilmaydigan 
Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmatida, Ichki ishlar organlarida, 
shuningdek, barcha turdagi qo’riqlash idoralarida xizmatda bo’lgan vaqti 
to’g’risidagi ma’lumotlar, xizmatga chaqirilgan sanasi va bo’shatilgan sanasi 
ko’rsatilgan holda; 
b) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo’yicha hunar-
texnika va boshqa bilim yurtlarida, kurslarda hamda maktablarda o’qigan davri 
to’g’risida: 
v) oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida bo’lgan davrlari to’g’risida. 
Ushbu bandda ko’zda tutilgan yozuvlar mehnat daftarchasiga xodimning 
mazkur ish beruvchidagi ishi to’g’risidagi ma’lumotlardan oldin kiritiladi. 


123 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat daftarchalariga chet elda 
(shartnoma asosida) ishlagan ish davri haqidagi yozuvlar, O’zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg’armasiga belgilangan sug’urta badallari to’langan taqdirda, agar davlatlararo 
bitimlarda o’zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat 
migrastiyasi masalalari agentligi tomonidan tegishli ma’lumotnomalarga asoslanib 
kiritiladi.
Fuqarolarning chet elda (shartnoma asosida) ishlagan ish davri umumiy ish 
staji jamlanib, ya’ni qaysi korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan 
yillari, oylari va kunlari umumiy tarzda yoziladi.
Hujjat bilan tasdiqlangan (shartnoma, ish beruvchi tomonidan berilgan 
mehnat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotnoma, O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining sug’urta badali 
to’langanligi to’g’risida ma’lumotnoma) va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
umumiy ish staji mehnat faoliyatining davrlari bo’yicha quyidagicha yoziladi:
1-ustunda — tartib raqami ko’rsatiladi;
2-ustunda — dastlab chet elda ishga qabul qilingan sana.
3-ustunda — xodim ishlagan xorijiy mamlakat, korxona nomi va lavozimi 
yoziladi.
4-ustunda — qaysi hujjatga asosan yozilganligi (shartnoma yoki ish beruvchi 
tomonidan berilgan mehnat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotnomaning sanasi, tartib 
raqami) qayd qilinadi. 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling