Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Kadrlar xizmati xodimlarining normativ sonini aniqlash
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
2.4.Kadrlar xizmati xodimlarining normativ sonini aniqlash Kadrlar xizmati bo’linmalarini tashkil etish va komplektlash korxonaning katta-kichikligi, faoliyatining markazlashganligi darajasi, bajarilayotgan ishlar turi, ishga qabul qilinayotgan ishlovchilar tipi, kadrlar xizmatiga ajratilgan rollar hamda shu bo’linma tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar turiga bog’liq. Kadrlar xizmati xodimlari soni va ishlovchilar soni o’rtasida qat’iy belgilangan nisbatlar mavjud emas. Bu nisbat 1:80 dan 1: 1000 va undan qo’proq oraliqda o’zgarishi mumkin. Bu nisbatga yuqorida aytib o’tilgan barcha omillar ta’sir qilishi mumkin, hamda uning qanday bo’lishi kerakligi haqidagi qarorni faqatgina empirik tahlillar orqali yoki kadrlar xizmatida qanday hizmatlarga talab mavjudgi, bu xizmatlarni to’liq ish kunida ishlayotgan malakali xodimlar qanchalik bajara olishlari mumkinligi, bu 26 ishlarni chetdagi agentliklar amalga oshirsalar qanday samara olish mumkinligini hisob-kitob qilish orqali aniqlash mumkin 7 . Namunaviy vaqt normalari kadrlarni jamlash va hisobini yuritish bo’yicha ishlarni bajarishga ketadigan ish vaqti sarflarini aniqlash, normativ vazifalarni belgilash hamda korxona va tashkilotlarda shunday ishlar bilan band zarur xodimlar sonini asoslash uchun mo’ljallangan. Normalar quyidagi ishlar uchun belgilangan: xodimlarni ishga qabul qilish va xizmatchilarni ishdan bo’shatishda hujjatlarni rasmiylashtirish; mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish va hisobini yuritish; shaxsiy tarkib hisobi bo’yicha statistik hisobotlarni tuzish; ma’lumotnomalar tuzish; rejalarni ishlab chiqish; xodimlar soni hisobi va h.z. Namunaviy vaqt normalari bo’yicha hisoblanadigan normalangan ishlarning mehnat sig’imidan tashqari kadrlarni hisobini yuritish va jamlash bilan band bo’lgan xodimlarning normativ sonini aniqlashda normalangan ishlarning 25 %dan ko’p bo’lmagan miqdordagi normalanmagan ishlarga ketadagan mehnat sarflari hisobga olinadi. Kadrlarni jamlash va hisobini yuritish uchun zarur xodimlarning normativ soni quyidagi formula bilan aniqlanadi: S= T 1 x K 1 / F f , Bu yerda: T 1 – yil (kvartal), soatda belgilangan normalar bo’yicha hisoblangan normalangan ishlar mehnat sarfining yig’indisi; 7 M. Armstrong. Human resource management. -p.83 27 K1 – yo’riqnomaning normativ qismida ko’zda tutilmagan ishlarni bajarishga ketadigan vaqt normalarini hisobga oluvchi koeffistient (K1 1,25gacha teng deb hisoblanadi); Fp – yil (kvartal), soatda bitta xodimning foydali ish vaqti jamg’armasi. Bajaruvchilarning lavozim yo’riqnomalariga kiritilmagan kanselyariya, kompyuterda terish ishlarini bajarish vaqt normalarida hisobga olinmaydi. Agar korxona va tashkilotlarda ancha progressivroq vaqt normalari belgilangan bo’lsa hamda namunaviy normalarda ko’zda tutilgandan ko’ra kamroq xodim ishlagani holda ishlar sifati va texnologiyasiga rioya qilinsa haqiqatdagi ishlovchilar soni saqlab qolinadi. Kadrlar bo’yicha inspektorlar sonining hisobi yil davomida bajarilayotgan ishlarning mehnat sarfidan kelib chiqib aniqlanadi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling