Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

3. Hisobot-statistika hujjatlari (xodimlar soni, ish vaqti balansi, ish haqi, 
mehnat unumdorligi, ishdan bo’shatish va hokazolar bo’yicha statistika 
hisobotlari). 
4. Ijtimoiy ta’minot bo’yicha hujjatlar (nafaqalar, imtiyozlar, ijtimoiy 
sug’urta va hokazolarga oid hujjatlar). 
Personalni boshqarish xizmatining har bir bo’linmasi hujjatlarni o’z 
funksiyalariga asosan yaratadi, rasmiylashtiradi va ijrosini ta’minlaydi. Bu 
hujjatlarning aksariyati korxona yoki tashkilot ichkarisida foydalanishga 
mo’ljallanganligi sababli ular bilan ishlash tartibi ichki nizomlar, qoidalar va 
yo’riqnomalarda belgilab qo’yiladi. 
Personal bilan ishlash xizmatining tashkiliy-kadrlar hujjatlari mavjud 
bo’lib, ular korxona va tashkilot tarkibi, shtatlar jadvali, personal to’g’risidagi 
nizom, xizmat yo’riqnomasi, ichki ish tartibi qoidalaridan iboratdir. 
Korxona va tashkilot tarkibi alohida hujjat shaklida rasmiylashtirilib, unda 
barcha tarkibiy bo’linmalar, lavozimlar nomlanishi va har bir lavozim bo’yicha 
shtat birliklari miqdori ko’rsatiladi. 
Shtatga muvofiq shtatlar jadvali ishlab chiqariladi. Shtatlar jadvalida 
personal lavozimlari va miqdori, ish haqi fondi qayd etilgan bo’ladi. Shtatlar 
jadvali korxona yoki tashkilot blankida rasmiylashtirilib, unda quyidagi rekvizitlar: 
korxona yoki tashkilotning nomlanishi, hujjatning nomlanishi, u rasmiylashtirilgan 
sana, tartib raqami, manzil ko’rsatiladi hamda rahbar imzosi va muhr bo’ladi. 
Shtatlar jadvali jadval tarzida bo’lib, unda korxona yoki tashkilot tarkibiy 
bo’linmalari, xizmatlari, lavozimlar, shtat birliklari miqdori, O’zbekiston 
Respublikasi Yagona tarif setkasiga muvofiq mehnatga haq to’lash razryadlari, 
tarif koeffistientlari, ustamalar va qo’shimcha to’lovlar, ish haqi yillik fondi 
ko’rsatiladi. 
Shtatlar jadvali korxona yoki tashkilot tomonidan mustaqil ravishda tuziladi 
va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 


31 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling