Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


Shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

 
4.3.Shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar 
Shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar guruxiga shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar, 
shaxsiy hujjatlar yig’majildi va varaqchalari, boshqa ishga o’tkazilganligi 
to’g’risidagi yozuvlar, tavsifnomalar va boshqalar kiradi. 
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar asosiy faoliyat bo’yicha buyruqlardan 
alohida rasmiylashtiriladi va ayrim o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Bunday 
buyruq matnning sarlavhasiga ishga qabul qilish to’g’risida, boshqa ishga o’tkazish 
to’g’risida, ishdan bo’shatish to’g’risida, mehnat ta’tili berish to’g’risida, 
ragbatlantirish to’g’risida, qoidabuzarlik to’g’risida, intizomiy jazo va boshqalar 
to’g’risida so’zlar yoziladi. 
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq u imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, 
lekin uning ayrim bandlari o’zlarining amal qilish muddatlariga ega bo’lishlari 
mumkin. Agar bunday muddati belgilanmagan bo’lsa, unda ular buyruq 
imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi. 
Shaxsiy 
tarkib 
bo’yicha 
buyruqda 
kirish 
qismi 
bo’lmasligi 
mumkin. Boshqaruv qismi albatta, bandlarga bo’linadi, 
Buyruqning har bir bandi ishlarni ifodalaydigan fe’l bilan boshlanadi: 
tayinlash, o’tkazish, ozod etish, tashakkur bildirish va boshqalar. Keyin 
xatboshidan bosh harfdan buyruq chiqarilayotgan shaxsning ismi, otasining ismi, 


63 
familiyasi yozilib uning lavozimi, tayinlanayotgan tarkibiy bo’linma ko’rsatiladi. 
Bunday buyruqlar mazmunini bayon etilishi bir-biriga aynan o’xshash bo’lishi 
kerak. 
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar imzolangan va ro’yhatga olingandan keyin 
ular bilan bu buyruqlar bevosita taalluqli bo’lgan xodimlar tanishib chiqishlari 
kerak. Tanishib chiqqanligi to’g’risidagi yozuv «Buyruq bilan tanishib chiqdim 
(chiqdik)» so’zlarini (agar buyruq bilan ikkita va undan ortiq xodimlar tanishib 
chiqishsa, unda ushbu so’zlardan keyin ikki nuqta qo’yiladi), xodimning shaxsiy 
imzosi (bir satrda) va pastroqda tanishib chiqqan sanasini o’z ichiga oladi. 
Buyruqni tayyorlashda xodim hujjat bilan tanishib chiqqandan keyin buyruqqa 
imzo qo’yishi va sanani yozib qo’yishi uchun hujjat loyihasida ushbu yozuvlarni 
yozish tavsiya etiladi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq bilan tanishib chiqqanligi 
to’g’risidagi yozuvlarni rasmiylashtirish xususiyati bo’lib, xodim lavozimining 
nomi kabi elementlarning mavjud emasligi hisoblanadi, chunki u buyruq matnida 
ko’rsatiladi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq bilan tanishib chiqqanligi to’g’risidagi 
yozuv imzo tagida yoki hujjat oxirgi varag’ining orqa tomonida yoziladi. 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling