Bakteriologik (Biologik) qurol. Bakteriologik qurolga ta’rif. Qo‘llanish tarixi. Bakteriologik qurolning jangovor jihatlari va tavsifi. Bakterial retsepturalar, ularni guruhlash, qo‘llash usullari va etkazish vositalari


Biologik quroldan zaharlangan hudud


Download 43.96 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi43.96 Kb.
#1369578
1   2
Bog'liq
Nozim M2

Biologik quroldan zaharlangan hudud (o ‘choq) - bu shaxsiy tarkib, aholi, qishloq xo‘jalik mollari va o‘simliklar, shuningdek, tashqi muhitlarga zarar yetkazish uchun bakteriologik vositalar tarqatilgan joydir.
Biologik zararlanish o‘chog‘i — dushman bakteriologik qurolining ta’sir etishi natijasida shaxsiy tarkib, aholi, qishloq xo‘jalik mollari va o ‘simliklarining om m aviy zararlanishi yuz beradigan hududdir. Texnik vositalar yordamida aerozol bulutlami hosil qilishda quyidagilardan foydalanish mumkin: raketalar, bombalar, snaryadlar, m inalar va h.k. Bulardan tashqari. texnik vositalarga yana samolyot, kemalar, mashinalarga o ‘rnatilgan turli m exanik generatorlar va sepuvchi qurilmalar hamda zararlantirilgan kemiruvchilar va bo‘g ‘imoyoqlilar joylashtirilgan konteynerlami ham kiritish mumkin. Alohida kasalliklar qo‘zg ‘atuvchilarini o‘rganish bilan bir qatorda, amerikalik mutaxassislar tomonidan kombinatsiyalashtirilgan, ya’ni, tarkibida bir necha qo‘zg‘atuvchilami tutgan bakterial retsepturalami yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Bu sohada gripp qo‘zg‘atuvchisining kuydirgi yoki o‘lat qo‘zg‘atuvchilari bilan kombinatsiyasi, psittakoz qo‘zg ‘atuvchisi va Venesuella ensefalomieliti qo‘zg ‘atuvchilarining kombinatsiyasi eng samarali hisoblanadi. Dushman tomonidan bakteriologik qurol qo‘llanilgan joylarda o ‘qdori portlashi yoki bakterial retsepturalaming boshqa yo‘llar bilan tarqatilishi natijasida o‘sha joylarda zararlangan o ‘choq hosil bo’ladi. Birlamchi aerozollardan biologik retsepturalami o ‘zida tutgan qismlar yerga ch o‘kadi. Bir qator holatlarda bu qism (chastitsa)lar yer yuzasiga o ‘tirganlaridan keyin ham zararlovchi ta’sirini yo‘qotm aydilar va aerozol bulutining tarqalish y o ‘li b o ‘ylab joylashgan tuproq, suv manbalari, jangovor texnika, kiyim - kechaklar va boshqalarni zararlaydilar.
Zararlangan joylarning (uchastkalaming) xavflilik darajasi biologik agentning chidam liligi, m eteorologik sharoit va joyning xarakteri (relef, tuproq, o ‘simliklar) bilan bog‘liq. Shunday qilib, bakteriologik zararlanish o ‘chog‘i bo‘lib zararli aerozolni o ‘zida tutgan havo qatlami va aerozol bulut uchib o‘tgan hudud (unda joylashgan odamlar, hayvonlar, jangovor texnika, transportlar, inshootlar va boshqa predmetlari bilan) hisoblanadi. Zararlanish o‘chog‘idagi shaxsiy qism tarkibi potensial zararlanganlar hisoblanadilar. Organizmga biologik aerozol kirishi natijasida kasal b o ‘lganlar ham zararlangan shaxslar hisoblanadi. Kishilarning zararlanish manbalarini hisobga oigan holda, sanitar y o ‘qotishlam iikki toifaga bo‘lish mumkin: birlamchi va ikkilamchi. Bakteriologik qurol o‘chog‘ida birlamchi sanitar y o ‘qotishlar bo’lib , birlamchi zararli aerozollarni havo orqali yuqtirish tufayli zararlanganlar hisoblanadi. Ikkilamchisi esa - ikkilamchi aerozol yuqtirishlar tufayli zararlanganlar, zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari yoki suvni iste’mol qilganlar, zararlangan obyektlar bilan muloqotda bo‘lganlar yoki kontagioz infeksiyali bemorlardan infeksiya yuqtirganlar hisoblanadi.

Download 43.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling