Bakteriyasi yordamida insulin ishlab chiqardi


Download 94 Kb.
bet3/8
Sana10.10.2023
Hajmi94 Kb.
#1697035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biotexnologiya 1-lab

Reaktivlar bilan ishlash
Laboratoriya mashg‘ulotlarida turli harakteristikaga ega reaktivlar bilan ishlanadi. Yuqorida ta`kidlanganidek, ular bilan ishlash davomida oq xalat kiygan va qo‘llarga rezinali qo‘lqop kiygan xolatda ishlash zarur.
Barcha kontsentrlangan kislota va ishqorlar shkafda saqlanishi zarur. Shuningdek, zaharli va noxush xidga ega bo‘lgan reaktivlar bilan kamerali shkafda ishlash maqsadga muvofiq.
Og‘zi ochilgan reaktivlar uzoq vaqt davomida qoldirilmasligi lozim.
Agar reaktiv stol ustiga to‘kilsa tezda xo‘llangan material bilan artib olish zarur.
Organik reaktivlar (efir, spirt, atseton va boshqalar) bilan ishlash davomida reaktivni hidlab aniqlashga yo‘l qo‘ymang. Ularni bug‘lari odamni zaharlashi mumkin.
Kislota, ishqor va organik moddalarni pipetkada olish jarayonida og‘iz bilan so‘rishga yo‘l qo‘ymang. Yuqoridagi moddalar bilan ishlash jarayonida moddalarni tananing ochiq joyiga tekkizmang. Agar kontsentrlangan kislota tananing biror qismiga tegsa, tanani tezlik bilan tez oqayotgan suv bilan yoki suyultirilgan soda eritmasi bilan yuvish zarur. Tanaga ishqor eritmasi orqali zarar yetsa, dastlab suyultirilgan kislota va suv bilan yuvish lozim.
Katta hajmdagi va idishdagi kontsentrlangan kislotani laboratoriya bo‘ylab ko‘tarib yurmang. Kerakli miqdordagisini yangi idishga quyib oling va u bilan ishni davom ettiring.
Reaktivni yangi idishga yoki pipetka bilan olish jarayonida ifloslantirishga yo‘l qo‘ymang. Pipetkani va reaktiv quyiladigan idishni tozaligini tekshiring. Agar suyultirilgan bir necha probirkalarga bir xil miqdorda reaktiv quyilishi lozim bo‘lsa, avvalo eng past kontsentratsiyaga ega probirkadan boshlang.
Laboratoriya uskunalari bilan ishlash
Laboratoriya uskunalarini ko‘pchiligi elektr bilan ishlashini inobatga olsak, ular bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligiga jiddiy e`tibor berish lozim. Ishlashda oldin uskunani elektr simlari soz xolatda ekanligini tekshiring va uni ehtiyotkorlik bilan yoqing. Uskuna yordamida tekshirish olib borilayotganda uni ichiga reaktiv to‘kmang va iflos qilmang. Uskuna ishlash printsipidan kelib chiqqan holda asosiy qoidalarga e`tibor bering (masalan, tsentrifugaga teng massali namunani paralell qilib joylashtirish). Ishlatib bo‘lgan uskunani asta-sekinlik bilan o‘chiring va tozaligiga e`tibor bering.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling