Baliqchilik asoslari


 Baliqlarning oziqa hazm qilish ichki organlari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

3.5. Baliqlarning oziqa hazm qilish ichki organlari
va ayirish sistemasi (tartibi)
Òana bo‘shlig‘i. Baliqning tana bo‘shlig‘ida, umurtqa po-
g‘onasining ostida tananing katta bo‘shlig‘i bo‘lib, unda ichki
organlar joylashadi.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Zog‘orabaliq yirtqich baliq
hisoblanadi. U har xil suv hayvonlari, shu jumladan, boshqa tur
2-rasm. Baliqning skelet shakli.
Orqa suzgich
qanoti skeleti
Bosh suyagi
Jabra
qopqog‘i
Yelka
kamari
Ko‘krak
suzgich
qanoti
skeleti
Qovurg‘alar
Anal
suzgich
skeleti
Dum suzgich
qanoti skeleti
Umurtqasi
Ko‘krak umurtqalari


28
baliqlar bilan oziqlanadi. Zog‘orabaliq o‘ljasini ushlab, jag‘lardagi
o‘tkir tishlari bilan tishlab oladi. Ovqat yutilgandan keyin hal-
qum va qizil o‘ngachi orqali oshqozoniga boradi. Zog‘orabaliq
o‘ljasini butunligicha yutadi. Shuning uchun uning oshqozoni
cho‘ziluvchan bo‘ladi. Oshqozoni devoridagi juda mayda bezlar
oshqozon shirasini ajratib chiqaradi. Bu shira ta’sirida ovqat hazm
bo‘la boshlaydi. Qisman o‘zgargan ovqat keyin ingichka ichakka
o‘tadi. Bu yerda unga oshqozonosti bezining ovqat hazm qilish
shirasi va jigardan keladigan o‘t suyuqligi ta’sir etadi. O‘t suyuqligi
zaxirasi o‘t pufagida to‘planadi. Oziq moddalar ichak devorlari
orqali qonga o‘tadi, hazm bo‘lmagan qismi esa orqa ichakka o‘tib,
orqa teshigi orqali chiqarib tashlanadi.
Ayirish sistemasi. Òana bo‘shlig‘ining yuqori qismida qiz-
g‘ish-qo‘ng‘ir rangli lentasimon ikkita buyrak joylashgan. Buy-
raklar kapillarlarida qondagi moddalarning parchalanish mah-
sulotlari filtrlanadi. Ulardan siydik hosil bo‘ladi. Ikkita siydik yo‘li
orqali u anal teshik orasidan tashqariga ochiladigan siydik pufa-
giga o‘tadi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling